Sinfdan tashqari ishlar bosqichlari:
1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi. Unga darsning bir qismi 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun ,,STI mashg'uloti" deb yuritiladi.
2. Boshlang'ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to'g'ri
keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi.
3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to'g'ri keladi. Bu davrda o'quvchilaming o'qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o'quvchilarning sinfdan tashqari o'qiganlari baholanadi.
Sinfdan tashqari ishlar darslarining xususiyatlari, birinchidan, sinfdan tashqari ishlar tizimining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o'quv vazifalari va dastur bilan, uchinchidan, oldinga qo'yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to'rtinchidan, o'quvchilaming qiziqishlari bilan belgilanadi.
Boshlang’ich sinfda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish turlari
Ona tilidan sinfdan tashqari olib boiladigan ishlar ham ta`limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni ko`zlaydi. Uning ta`limiy ahamiyati shundaki, o`quvchi bu jarayonda qo`shimcha bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`ladi. Tarbiyaviy ahamiyati esa nutq odobini tarbiyalash, zukkolik, tezkorlik va hozirjavoblik singari fazilatlarni shakllantirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat ko`rsatish, nutq odobini tarbiyalash singarilarda o`z ifodasini topadi.
Doimiy tadbirlarga to`garak mashg`ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqt-vaqti bilan o`tkaziladigan tadbirlarga kiradi.
Sinfdan tashqari ishlar ayniqsa boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ularga nutqini o’stirish, olingan bilim va malakalarni mustahkamlash uchun yordam beradi. Yangi qo’shimcha ma’lumotlar manbai hisoblanadi.
Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati – o’quvchilarga qo’shimcha bilim, malaka va ko’nikmalar berish.
Tarbiyaviy ahamiyati – o’quvchilarning ijodiy faoliyat ko’rsatishiga, nutq odobiga, mustaqil fikrlashiga zamin hozirlash
Adabiy kechalar
Adabiy kechalarga misollar “Navoiyxonlik”, “Boburning tavallud kuniga bag’ishlangan kecha” va h.k
Eskursiya ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi va ekskursiyadan oldin o’quvchilarga topshiriqlar beriladi
Muzeylarga ekskursiyaga borish; Metro bekatlari bo’ylab sayohat;
Davlat kutubxonalariga tashrif; Teatr va kino va h.k
Bunga mavsumiy bayramlarni kiritishimiz mumkin
Bayram va tabrirlar ssenary asosida tashkil etiladi
Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar
Uchrashuv jonli muloqot tarzida tashkil etiladi.
Uchrashuvga o’quvchilar yaxshi biladigan shoir va yozuvchilarni taklif etish maqsadga muvofiq
Mehmon bolalar adabiyotio vakili bo’lishi lozim.
Ko’rik tanlovlar
Bu ko’rik tanlovlar sinflar ichida yoki sinflar aro bo’lishi mumkin
Masalan: “Yilning eng bilimdon o’quvchisi”,
To’garaklar
To’garaklar ma’lum bir fan asosida tashkil etiladi
To’garak uchun yillik ish reja tuziladi
Masalan: “Yosh xattot”, “Ona tilim – jon-u dilim”
Dostları ilə paylaş: |