3-mavzu: bakteriyalarning morfologiyasi va tuzilishi reja



Yüklə 240,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix27.03.2023
ölçüsü240,95 Kb.
#90273
  1   2   3
3-mavzu bakteriyalarning morfologiyasi va tuzilishi reja



3-MAVZU: BAKTERIYALARNING MORFOLOGIYASI VA TUZILISHI 
 
REJA: 
1. Bakteriyalarning o’lchami va morfologik tuzilishi. 
2. Prokariotlarning hujayra tuzilishi. 
3. Prokariotlarning hu’jayra devorining tuzilishi 
4. Gram musbat va gram manfiy bo’yaluvchi bakteriyalarning hujayra devorining 
tuzilishi va farqi. 
TAYANCH IBORALAR: MKM, NM, A, IM, kichik, o’rta, yirik, kokk, 
tayoqcha, stafilokokk, sarsina, basilla, ipsimon, polimorf, grammanfiy, 
grammusbat, peptidoglikan. 
O’rganish obyektiga qarab mikroorganizmlar ham juda kichikligi bilan ajralib 
turadi, ya’ni oddiy ko’z bilan qurib bo’lmaydigan (70-80 mgkl) organizmlar bo’lib 
quyidagi o’lchov birligi bilan o’lchanadi. 
– mm yoki mm ning mingdan bir bo’lagi, mikrometr yoki mikron 
– 10 –3 mikrometr MKM yoki 10-3 mm 
– 10-6 nanometr – nm 
– 10-7 angstrem – A 
– 10-9 pikometr - pm
Umuman mikroorganizmlar ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan eukariotlar (diatom , 
suv o’simliklari, yashil suv o’simligidan – Chlorella va achitqilar bo’lib, 
prokariotlardan bular shakliga qarab 3 gruppaga, ya’ni 
1. Yirik (5-125 mkm), 2. Urtacha. 3. Kichik guruxlarga bulinadi.. 
Shunday kilib kichik diatom suv o’simligi, bir xo’jayrali suv o’simliklari va 
achitqilar kiradi, undan kichiklari bakteriyalarga kiradi. Bakteriyalarning o’rtacha 
kattalikdagilari 0.5-3 mkm ni tashkil etadi. Ammo bakteriyalar orasida yirik 
gigantlari ham bo’lib, masalan, xujayrasi ipsimon-oltingugurt bakteriyasi – 
Beggiatica gigantca ning diametri 55 mkmgacha yetadi. Achromatium oxalifcrum 
bakteriyalarning ichidagi eng yiriklaridan hisoblanib uzunligi 15-125mkm,eni5-33 
mkm.Spiroxeta xo’jayrasining uzunligi to 500 mkm gacha. Bakteriyalar 
xo’jayrasining eng kichiklari bu mikoplazmalardir. Mikoplazmaning xujayrasining 
diametri 0.1-0.15 mkm. Bularning tanasi juda kichik bo’lishi bilan u umumiy fizik 
tuzulishga ega bo’lib, 1200 aminokislota molekulalaridan va 100 ga yakin 


fermentativ reaksiyalardan iborat, ya’ni bu kichik bir organizmda ma’lum bir 
modda almashinuv mavjud. Mikoplazmalar oraliq organizm, ya’ni xujayraviy
zinda xujayrasiz organ bo’lib, teoretik jihatdan katta ahamiyatga ega ularning 
viruslarga teng keladigan turlari ham bor. Bakteriyalarning kattaligini yorug’lik 
mikroskoplari bilan ko’ra olsak, viruslarning kattaligi 16-200 nm oralig’ida bo’lib, 
bular faqat elektron mikroskoplar yordamida qurila boshlandi. Viruslar o’zining 
kattaligiga ko’ra eng kichik bakteriyalar va eng yirik organik molekulalarning
oralig’ini egallaydi. Demak, jonsiz molekulalar bilan tirik organizmlar o’rtasidagi 
oraliq ko’prik bo’lib hisoblanadi. 
PROKARIOTLARNING ShAKLI – yaqin vaqtlargacha turli tekshirishlar 
natijasida barcha prokariotli organizmlarning tuzilishi bir xil tuzilishga ega, ya’ni 
ayrimlari sferik, silindrik va spiralsimon shaklda deyilgan. Bular ko’pincha 
koloniyani hosil qiladi. Prokariotlarni sferik tuzilishini ko’pincha koklar deb 
asosan ular bo’linganda bir-biridan ajralib ketmaydi. Agarda xo’jayra bo’linib bitta 
uqda joylashib qolsa juft bo’lsa unga diplokok deb ataladi. Diplokokning ba’zilari 
loviyaga o’xshash, masalan, gonokok va minigokokklar ba’zi bir diplokokklar 
ko’pincha ipak qurtlarining pillasiga o’xshaydi – Diplococcus lanccolatus yoki 
pnevmakokk deyiladi. Diplokoklar orasida kasallik tarqatuvchi turlari ham 
uchraydi, ya’ni bulardan o’pka pnevmoniya kasalligini ko’zg’aydi. Gonokokklar 
jinsiy organlar va siydik yo’llarining shilliq pardasini shikastlaydi. Bular shu 
yullarda yiring paydo qilib gonoreya-so’zak kasalligini keltirib chiqaradi. Bundan 
tashqari diplokokk shilliq pardasini smirot leyningit kasalini qo’zg’atadi. 
Streptokokklar (Streptococceus – bitta uram). Mikroskopda tekshirilganda 
bir-biriga ketma-ket tizilib zanjir shaklida ko’rinadigan kokklarga streptokokklar 
deyiladi. Zanjir hosil qiluvchi kokklar bir biri bilan protoplazmatik ko’prikcha 
yordamida bog’langan bo’ladi. Bunday ko’prikchalar elektron mikroskoplarda 
quriladi. Masalan, qonga o’tsa sepsis bo’lishi mumkin. 
Stafilokokklar – bular g’ujum-g’ujum bo’lib joylashib, uzum shingiliga 
o’xshaydi. Bular angina, mastit, chipqonni keltirib chiqaradi. 
Tetrakokklar – Geteacoccus – bularni mikroskopda ko’rganda koklar 4 tadan 
joylashganligini ko’rish mumkin, ya’ni kvadrat shaklida joylashadi. Bularga misol 
kilib Micrococcus tetragencs ni olish mumkin. 
Sarsina. Ko’pgina mikroblar bo’linib-bo’linib eniga va bo’yiga bo’linib bir-
biridan ajralib ketmay sferik shaklda joy oladi, bularga sarsina deyiladi. Masalan, 
stafilokokk, streptokokk. 


Tayoqchasimon. Ko’pchilik prokariotlar sferik shaklidagilar enidan sal bo’yi 
chuziqroq bo’lib, bular tayoqchasimon deb yuritilib bular ham turlicha kuplarini 
koklardan ajratib bo’lmaydi. Masalan, bakteriya, basilla. 
Tayoqcha shaklidagi mikroblar orasida tashqi ko’rinishi jihatidan bir-biriga 
o’xshashlari ko’p. Bularni tekshirganda o’lcham hisobida olinadi. Tayoqcha 
shaklidagi mikroblarni ba’zilari "uzun" va "yug’on" bo’lishi mumkin. Masalan, 
kuydirgi kasalligini kuzg’atuvchisi Bacillus onthracis ning bo’yi 4-8 mkm, eni 1.5 
m ga yetadi.Bundan tashqari ayrimlari juda kichik, masalan, brusellyoz 
bakteriyalari. Tayoqcha shaklidagi prokariotlarni bir-biridan ajratish uchun ularni 
ikki uchi qanday tuzilganligi ham hisobga olinadi. Ayrimlarining ikkala uchi cho’rt 
kesilgandek bo’ladi, ba’zi hillarining uchi tumtoqroq bo’ladi. 
Diplobakteriya – tayoqcha shaklidagi bakteriyalar bo’linib bir-biridan 
ajralmaydi va qo’shaloq bo’lib joylashadi. 
Streptobasillalar- ayrim hollarda tayoqcha shaklidagi mikrob spora hosil 
qiluvchi bo’lib, zanjirga o’xshash tuzilgan bo’ladi, aksincha sporasiz bo’lmasa 
streptobakteriya deyiladi. Ularga hos xarakterli belgi uning turini aniqlashga 
yordam beradi, masalan . Bac. anthracis – streptobasill ko’rinishida bo’ladi. 
Egilgan yoki spiral shaklidagi prokariotlar. 
Ba’zi bakteriyalarning shakli tayoqchaga o’xshasa ham, lekin tanasi birmuncha
egilgan bo’lishi mumkin. Bunday egilgan tayoqchaga vibrion (vibrio) deyiladi. 
Ba’zi vibrionlar shu qadar egilgan bo’ladiki, mikroskopda ular xuddi vergulga 
o’xshash bo’lib ko’rinadi. Vibrionlar orasida patogen xillari ham bor: masalan, 
vabo vibrioni patogendir. Bundan tashqari ariq va suvlarda zararsiz vibrionlar bor, 
agar mikrobning tanasi spiralga o’xshab 1-2 buralgan bo’lsa, bunday shakldagi 
mikrobga spiral- Spirillum – deyiladi. Ohirgi vaqtlarda prokariotlar ichida 
yuqorida qayd qilinganlardan tashqari xalqali va yarim xalqali xillari ham 
uchraydi. Ba’zi bir xillarida shohlangan bo’ladi. Prokariotlarning shakl tuzilishini 
asosan uning hujayra po’stining qattiq tuzilishidir. Xo’jayra po’sti yo’q
mikroorganizmlar mikoplazmalar deyiladi Mikoplazmalar odam va hayvonlarda 
parazitlik qilib yashaydi. Ular o’zidan mahsus moddalar ishlab chiqarib, bularni 
faqat himiyaviy eritmalarda ajratib olingan (bular turli shaklda bo’ladi). Yana 
ipsimon shakllari ham bor. Bularga oltingugurt va temir bakteriyalari ipsimon 
tuzilishga ega. Bularning patogenlik vakillari yo’q. Yuqorida ko’rib o’tilgan 
turlardan tashqari yana bakteriyalardan uchburchakli va yulduzsimon shakllari bor. 
Mikroorganizmlar kolimorfizm xususiyatiga ega bo’lib, maxsus o’zgara oladi, 
ularning yoshi va rivojlanish stadiyasidan qat’iy nazar tashqi faktorlar ta’sirida: 


ya’ni temperatura, oziqa muhit, turli konsentrasiyali tuzlar, turli hil ximiyaviy 
moddalar va boshqalar. Mikrobiologlarda ko’p yillik tekshirish shuni ko’rsatdiki, 
agar hosil bo’lgan yangi individning rivojlanishi uchun muhit qulay bo’lsa, u to’liq 
shaklini o’zgartirib o’tgan ajdodlariga o’xshamaydi. Masalan, tayoqchasimonlar – 
oval, sharsimon va boshqa shaklga aylanishi mumkin. 
Prokariotlar hujayra po’stining tuzilishi.
Bakteriyalarning tashqi po’stini himiyaviy tarkibi bir hil bo’lmaydi va yuqori 
o’simliklar po’stidan keskin farq qiladi. Agar o’simliklar po’stida sellyuloza asosiy 
qurilish materiali bo’lib hisoblansa, bakteriyalar po’stida bu moddalar yo’q. Ular 
azotsiz granulyoza va glikogen va azotli valyutin moddalardan tuzilgan. Eng 
asosan hosil qiluvchi modda peptidoglikan. 
Mikroorganizmlarning hujayra tuzilishi. 
Prokariotlar va eukariotlarning hujayra tuzilishi va farqlari 
Prokariotlar hujayrasining himiyaviy tarkibi 
Hujayra po’stining tuzilishi va tarkibi 
Sitoplazma va organoidlari. 
Mikroorganizmlarning harakati va hivchinlarining joylashishi. 
Prokariotlar bilan eukariotlarning hujayraviy tuzilishdagi farq. 
Prokariotlar Eukariotlar 
Yadro membranasi yo’q, mitozy yuli 
bilan bo’linadi 
Takomillashgan yadro membrana bilan 
o’ralgan.Mitoz yo’li bilan bo’linadi. 
DNK gistonlar bilan bog’lanmagan 
alohida molekulalar 
DNK gistonlar bilan bog’langan 
xromosomada joylashgan. 
Nafas 
olishda 
membranalar 
yoki 
mezosomalar 
ishtirok 
etib, 
mitoxondriya yo’q
Mitoxondriya mavjud 
Goldji apparati yo’q 
Goldji apparati mavjud 
Vakuolasi kam uchraydi 
Doimo uchraydi 
Turli hil faktorlarga chidamli 
Chidamsiz 
Fotosintez prosessi. Bakterioxlorofill 
pigmenti, qaytaruvchisi H 

Xlorofill a,v,s,d yoki kislorod ajraladi 
qaytaruvchi H 
2

Jinsiy prosessda meyoz uchramaydi 
Meyoz sistemasi uchraydi 
Xromosomalar soni bitta, gaploid 
Birdan ortiq, diploid 


2. Bakteriyalar hujayrasining kimyoviy tarkibi: 
Bakteriyalar hujayrasining asosini – azot, uglerod, kislorod va vodorod 
tashkil etib, bakteriya hujayrasining quruq og’irligiga nisbatan N – 8-15 %, S- 45-
55 %, 0 2 – 30 %, va N 2 – 6-8 % ni tashkil etadi. Ana shu elementlarning 
sintezlanishi natijasida mikroorganizmlar tanasida oqsil, nukleoproteidlar, 
uglevodlar, lipidlar, nuklein kislotalar, ferment, vitaminlar va boshqa ko’plab 
organik moddalar yig’iladi. Suv. Ko’pchilik bakteriyalarning sitoplazmasining 75 
% - ( E – coli) dan 85 % (difteriya, sil kasal bakteriyasi va vabo vibrionlari)ga 
yetadi. Sporada uning miqdori kam 40-50 %, suv hujayraning asosiy moddasidan 
biri bo’lib, u hujayralarda 2 xil ko’rinishda: 
1. Erkin holda, 
2. Bog’langan -turli xil qismlar bilan bog’langan bo’ladi 

Yüklə 240,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin