3-Labarotoriya ishi. Gips bog‘lovchi moddalar


- ish. Gips xamirining quyuqlanish (tishlashish) davrlarini aniqlash



Yüklə 153,62 Kb.
səhifə2/3
tarix01.12.2022
ölçüsü153,62 Kb.
#71647
1   2   3
3-lab

2- ish. Gips xamirining quyuqlanish (tishlashish) davrlarini aniqlash
qotish muddatiga karab texnikaviy talablari (jadvalni to‘ldiring)
3.3-jadval

Gips turi

qotish muddati indeksi

qotish muddati, min

Boshlanishi, kam emas

Tugashi, ko‘p emas

Tez qotuvchan

A

2

15

O‘rtacha qotuvchan

B

6

30

Sekin qotuvchan

V

20

44



Ta’rif: Suvga gips solib aralashtirgandan vika ninasini to gips xamiri yuzasiga 1 mm botgan paytgacha bo‘lgan vaqt, gips xamirining quyuqlanish davri deyiladi.
Asbob va uskunalar: Vika asbobi, tarozi, qorishtirgich, suv, vaqt o‘lchagich.
Ishlash tartibi: Gips xamirining qotish muddati Vika asbobi yordamida aniqlanadi. Bu asbob (rasmda) stanina 1, suriladigan metall sterjen 2, uning qo‘shimcha yuk qo‘yiladigan maydonchasi 3, uchi kesik konussimon jez xalqa 8, shisha plastinka 9 dan tashkil topgan. Qisuvchi vint 6 sterjenni zarur balandlikda o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Sterjenning mili 4 uning staninaga biriktirilgan va darajalarga (0 dan 40 mm gacha) bo‘lingan shkala 5 bo‘yichi surilishini ko‘rsatib turadi. Qo‘zg‘aluvchan sterjeining pastki qismiga diametri 1 mm va uzunligi 50 mm bo‘lgan nina o‘rnatiladi.
Sinov oldidan metall sterjenning bemalol tushishi ninaning tozaligi, o‘zak milining vaziyati, ya’ni uning shisha plastinkaga taqalganida nol vaziyatni egallashi tekshiriladi. Sterjeining nina bilan birgalikdagi massasi 120 g ga teng. Sinash oldidan xalqa 8 bilan plastinka 9 ni mashina moyi bilan yupqa qilib moylash kerak.
Gips xamirining qotish muddatini aniqlash uchun tarozida 200 g gips tortib olinib, yetarli miqdorda suv quyilgan kosaga solinadida, chilcho‘p bilan 30 sekund qorishtiriladi. Tayyor xamir darxol shisha plastinka ustidagi xalqaga solinadi. Xamir ichidan xavo pufakchalarini chiqarib yuborish uchun xalqa bilan plastinka 4 - 5 marta silkitiladi: plastinkaning bir tomoni taxminan 10 mm ga ko‘tarib tushiriladi; ortiqcha xamir pichoq bilan sidirib tashlanadi. Xalqa asbob ninasi tagiga joylanadi, nina xalqaning qoq; o‘rtasida gips xamiriga tegib turadigan qilib pastga tushiriladi va sterjen siquvchi vint yordamida maxkamlab quyiladi; so‘ngra nina xar 30 sekundda pastga tushirilib xamirga botirilaveradi (xar gal xamirning yangi joyini teshish lozim); ninani xar safar xamirdan sug‘urib olgandan keyin yaxshilab artish kerak. Ninaning xamirga botish chuqurligini sterjen mili ko‘rsatib turadi, shu qiymatlar laboratoriya ishlari daftariga yozib boriladi.
Gips xamirining qota boshlagan va qotib bo‘lgan vaqti daftardagi ma’lumotlardan olinadi. Xamir qorilgan (gips kukuni suvga solingan) paytdan to nina xamir tubiga, ya’ni plastinkaga 0,5 mm yetmay tuxtagan paytgacha o‘tgan muddat xamir qota boshlagan vaqt xisoblanadi. Xamir qorilgan paytdan to nina xamirga 0,5 mm dan chuqur botolmaydigan bo‘lguncha o‘tgan muddat gips xamirining qotishi tugagan vaqtni bildiradi.
Sinalayotgan gips xamirining qotish muddati laboratoriya ishlari daftariga yoziladi va standartdagi talablarga tasdiqlanadi.


Gips miqdori –
Suv miqdori –
Qorishtirish boshlangan vaqt .... soat.....min.
3.4- jadval



Vaqt, sekund

Asbobni ko‘rsatishi, mm



Vaqt, sekund

Asbobni ko‘rsatishi, mm







































































Quyuqlanish davrini boshlanishi ..... min .... sek.
Quyuqlanish davrini tugashi ..... min .... sek







2-rasm. Quyuqlanish davrlarini aniqlovchi asbob




Yüklə 153,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin