3– amaliy mashg‘ulot optik tolalarning sonli aperturasini tajriba yo‘li bilan aniqlash



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə1/20
tarix20.11.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#166484
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

3– amaliy mashg‘ulot


OPTIK TOLALARNING SONLI APERTURASINI TAJRIBA YO‘LI BILAN ANIQLASH


3.1. Mashg‘ulotning maqsadi

Optik tolalarning sonli aperturalarini tajriba yo‘li bilan aniqlashni o’zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.




3.2. Topshiriq

3.2.1. Mashg‘ulotga tayyorlanishda quyidagi o‘quv materiallarini o‘rganish va 3.3 paragrafda keltirilgan nazorat savollari (NS) ga javob tayyorlash zarur (ulardan 4 ta savolga javob yozma ravishda bayon etilishi kerak): [3.1] ning 44 – 79 sahifalari, [3.2] ning 6 – 9, 21 – 45 sahifalari, [3.3] ning 37 – 40 sahifalari, [3.4] ning 51 – 52 sahifalaridan foydalaning.


3.2.2. Optik tola va uning geometrik parametrlarini o‘rganish.
Hisobot uchun nazariy qismning qisqacha mazmuni, qurilmaning tuzilishi va olingan natijalarni qayd etish uchun jadval chizilgan sahifani tayyorlash.


3.3. Nazorat savollari:

3.3.1. Optik tolaning optik aloqa tizimidagi o‘rniga tavsif bering.


3.3.2. Tolali optik aloqa tizimida qo‘llaniladigan optik tolalarning qanday turlari mavjud? Ularga tavsif bering.
3.3.3. Bir modali va ko‘p modali optik tolalarning farqi nimada?
3.3.4. Apertura burchagi va sonli apertura tushunchalariga ta’rif bering.
3.3.5. Pog‘onali va gradientli sindirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan optik tolalar uchun apertura sonlari qanday miqdoriy munosabatlar bilan aniqlanadi?
3.3.6. Optik tola turlari uchun sonli aperturaning norma qiymatlari nechaga tetg?
3.3.7. Sonli apertura optik tolaning qaysi parametrlatiga bog‘liq?


3.4. Amaliy mashg‘ulotga yakun yasash

Optik aloqa tizimlarining uzatish muxiti - optik tolalarning tuzilishi, bir modali va ko‘p modali optik tolalarga oid o‘quv materiallari o‘rganildi. Optik tolaning sonli aperturalarini tajriba yo‘li bilan aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar egallandi.





Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin