26. Temir yo‘l stansiyalarida harakat xavfsizligini ta’minlash Tayanch iboralar


Stansiya, saralash tepaligi va park navbatchilari ishida harakat xavfsizligi



Yüklə 199,4 Kb.
səhifə4/11
tarix27.12.2023
ölçüsü199,4 Kb.
#199396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
26-MA\'RUZA (3-semestr, TF)

3. Stansiya, saralash tepaligi va park navbatchilari ishida harakat xavfsizligi
Stansiya navbatchisi (4.1-rasm) – temir yo‘l stansiyasi boshlig‘ining smena bo‘yicha yordamchisi bo‘lib, pozdlarni qabul qilish, jo‘natish, o‘tkazib yuborish, stansiyaga tutash peregonlarda poyezdlar harakatini nazorat qilish, shuningdek temir yo‘l tarmog‘ining alohida punkitida manyovr harakatlarini boshqarish kabi ishlarga bevosita rahbarlik qiladi.



4.1-rasm. Stansiya navbatchisining ish jarayoni


DSP stansiya boshqaruvchisi bo‘lib, u navbatchilik davrida poyezdlar harakat grafigini bajarilishi va xavfsizligi uchun yuqori darajada javobgardir. DSPdan tashqari hech kimga stansiyaga poyezdlarni qabul qilish, ularni o‘tkazib yuborish va jo‘natish bo‘yicha buyruqlar berishga ruxsat etilmaydi.
DSPning lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish;

  • harakat xavfsizligini ta’minlash;

  • belgilangan qoida va yo‘riqnoma talablariga muvofiq manyovr ishlari va poyezdlar harakat grafigini bajarilishini ta’minlash;

  • marshrutlar tayyorlash (strelkalarni o‘tkazish, signallarni ochish va h.k.) yoki post xodimlariga marshrutlar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berish;

  • mavjud vaziyatni hisobga olgan holda poyezd harakati va manyovr ishlarini tashkil etish bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilish;

  • o‘zi tomonidan berilgan ko‘rsatma va buyruqlarning to‘g‘ri bajarilishini nazorat qilish;

  • vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi va ularni tijorat ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha mas’ul xodimlar bilan o‘zaro hamkorlik;

  • poyezddan lokomotivni ajratgandan keyin tarkibni mahkamlashni nazorat qilish;

  • stansiyaning smena ish rejasi, temir yo‘l transporti boshqarmasining poyezdlar harakati va manyovr ishlarini tashkil etish bo‘yicha buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalari, texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha qoidalari bajarilishini ta’minlash;

  • poyezd dispetcherining poyezdlar harakatini tashkil etishga doir buyruqlarini bajarish;

  • poyezdlar harakati to‘g‘risida qo‘shni stansiya navbatchilari va poyezd mashinistlari bilan muloqotlar olib borish;

  • tashish jarayonida ishtirok etuvchi (DSP bo‘ysinuvida bo‘lgan) xodimlarni boshqarish;

  • xodimlarning mehnat va texnologik intizomga rioya qilishini nazorat qilish.

Shuningdek, DSP doimiy ravishda turli hujjatlarni yuritadi va ish jurnallariga poyezdlar harakati bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni kiritib boradi.

Yüklə 199,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin