26. Temir yo‘l stansiyalarida harakat xavfsizligini ta’minlash Tayanch iboralar



Yüklə 199,4 Kb.
səhifə11/11
tarix27.12.2023
ölçüsü199,4 Kb.
#199396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
26-MA\'RUZA (3-semestr, TF)

Poyezd tuzuvchisi (PT yoki DSD) (4.6-rasm) – turli tarkiblar bilan manyovr ishlarini bajarishda xavfsizlik, poyezdlarni tuzish va tarqatish uchun javobgar shaxs hisoblanadi.







4.6-rasm. Poyezd tuzuvchisining ish jarayoni


Navbatchilik vaqtida DSDda quyidagilar bo‘lishi shart: sariq bayroq (kunduzi); shaffof oq nurli qo‘l signal fonari (kechasi); signal hushtagi; radioaloqa qurilmasi (ratsiya); ish guvoxnomasi.
DSDning lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • texnikaviy foydalanish qoidalari talablariga muvofiq poyezdlarni tuzish;

  • manyovrlarda qatnashuvchi stansiya xodimlarining harakatlarini to‘g‘ri joylashtirish va muvofiqlashtirishni ta’minlash (ularni bo‘lajak manyovr ishlarini bajarish rejasi va usullari bilan tanishtirish asosida);

  • manyovr ishlarida topshiriqlarni aniq va o‘z vaqtida bajarish;

  • poyezdlar harakat xavfsizligini, yuklar va harakat tarkibi butligini va xodimlarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlashning majburiy sharti bilan manyovr ishlarini tashkil etish;

  • stansiyaning TBDga muvofiq nogabarit yuklar va portlovchi moddalar (VM) ortilgan hamda odamlar band etgan vagonlar bilan manyovr ishlarini o‘ta ehtiyotkorlik bilan bajarish;

  • TBDga muvofiq manyovr ishlarini bajarishda markazlashtirilmagan va nazorat qulflari bilan jihozlangan strelkalarni o‘tkazish va qulflash;

  • SMB qurilmalarining nosozligida strelkali o‘tkazgichning harakat tarkibidan bo‘shligini tekshirish va kurbelь yordamida bir holatdan ikkinchi holatga o‘tkazish hamda markazlashtirilgan strelkalarni osma qulflar bilan qulflash;

  • manyovr ishlarini bajarib bo‘lgandan so‘ng stansiya yo‘llarida poyezdlar tarkiblarini va harakat tarkibini mahkamlash;

  • tormoz uskunalarini ularning ekspluatatsiya ko‘rsatmalariga muvofiq o‘rnatish va olib tashlash;

  • mahalliy sharoitdan kelib chiqib stansiyaning TBDga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish.



Yüklə 199,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin