22 -sonli umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-onasi (qonuniy vakili) o‘rtasidagi Shartnoma


DMTT qonun hujjatlariga muvofiq boshka huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin



Yüklə 54,08 Kb.
səhifə3/9
tarix24.12.2023
ölçüsü54,08 Kb.
#192746
1   2   3   4   5   6   7   8   9
22-сонли МТТ

DMTT qonun hujjatlariga muvofiq boshka huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
4. DMTTning majburiyatlari:
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish buyicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Ma’muriy reglamentiga muvofiq berilgan yullanmalar asosida tarbiyalanuvchini DMTTga kabul kilish;
bolaning DMTTda bo‘lishi vaqtida uning sog‘lig‘i va hayotini asrash hamda har tomonlama rivojlanishi, tarbiyalanishi va ta’lim olish bilan bog‘lik zarur va xavfsiz sharoitlarni yaratish;
bolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish;
tarbiyalanuvchining jismoniy, ruhiy va aqliy rivojlanishini ta’minlash, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
har bir bolaga uning o‘z qobiliyatlariga qarab individual yondoshishni ta’minlash, bola huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
nizolarni hal qilishda avvalambor bolaning manfaatlariga asoslanish;
bolaning qonuniy vakiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
DMTT Kuzatuv kengashining to‘lik faoliyat olib borilishini ta’minlash;
o‘quvta’lim-tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga quyiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va sog‘lig‘iga doir xususiyatlarni hisobga olib, maktabgacha ta’limning tegishli sifat, daraja va hajmga muvofiqligini ta’minlash;
DMTT pedagog kadrlari tomonidan odob-ahlok koidalariga qat’iy rioya qilinishi hamda bolaning va uning qonuniy vakilining huquq va sha’ni, qadr-qimmatini hurmat qilinishini ta’minlash;
bolaga ta’lim berish va uni tarbiyalash masalalari buyicha uning qonuniy vakillariga maslaxatlar berish;
maktabgacha ta’lim sifati ta’minlanishini nazorat kilishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashish;
tarbiyalanuvchiga birinchi tez tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, davolovchi-profilaktik tadbirlarni o‘tkazish (reja asosida profilaktik emlash, yillik tibbiy ko‘rik o‘tkazilishini tashkil qilish va boshqalar);

Yüklə 54,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin