2022 №1 908 termodinamika qonunlarini o‘qitish metodikasi takomillashtirish karimova O. A



Yüklə 73,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix26.12.2023
ölçüsü73,52 Kb.
#197430
1   2   3   4   5   6   7
termodinamika-qonunlarini-o-qitish-metodikasi-takomillashtirish

2022 
№ 1
911 
Ichki energiyani o‘zgarishi bilan bir qatorda sistema A miqdorda mexanik ish 
bajarishi mumkin.
Buni qizdirilayotgan choynak misolini ko‘raylik.
Choynak olayotgan issiqlik miqdori Q ichidagi suvning qizishiga, ya’ni 
suvning ichki energiyasi ΔU ni ortishiga va suv bug‘lari choynak qopqog‘ini 
ko‘tarishda tashqi kuch (qopqoqning og‘irlik kuchi) larga qarshi bajariladigan A
mexanik ishga sarflanadi. U holda termodinamikaning I-(bosh) qonuning 
matematik ifodasini qo‘yidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
Q = ΔU + A (1) 
Demak, sistemaga berilgan issiqlik miqdori Q ning bir qismi uning ichki 
energiyasi ΔU ni o‘zgarishiga va sistema tashqi kuchlarga qarshi A ish bajarishi 
uchun sarflanadi.
Termodinamikaning bu qonuning fizik mohiyatini yanada chuqurroq yoritib 
beradigan, ya’ni abadiy dvigatel (lotincha «perpetuum mobile») ni yaratish 
mumkin emasligini tasdiqlovchi shunday ta’rif ham qabul qilingan: - tashqaridan 
energiya olmasdan turib, ish bajaradigan davriy harakatga keluvchi qurilma 
mavjud bo‘lishi mumkin emas. (1) formuladan ko‘rinib turibdiki, agar tashqaridan 
olingan issiqlik miqdori Q = 0 bo‘lsa, A = - ΔU bo‘ladi. Ifodadagi minus 
ishorasi sistema ichki energiyasining kamayishi hisobiga ish bajarishini anglatadi. 
Sistemada ichki energiyaning miqdori chegaralanganligini hisobga olsak, u 
tugagandan keyin dvigatel to‘xtab qoladi.
Ma’ruzaning yakuniy qismida o‘qituvchi o‘quvchilarga muammoli topshiriq 
beradi. O‘quvchilar esa ma’ruzada berilgan asosiy ma’lumotlar to‘g‘risida ijodiy 
fikrlaydilar.
Topshiriq.
Tangani bir bo‘lak taxta ustiga qo‘ying. So‘ngra tangani taxtaga 
bosing va uni ikki tomonga tez - tez harakatlantirib, ishqalang. Tanga isiguncha, 
qattiq qiziguncha uni necha marta harakatlantirish kerakligini aniqlang. Bajarilgan 
ish bilan jismning ichki energiyasi ortishi orasidagi bog‘lanish haqida xulosa 
chiqaring.


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Yüklə 73,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin