2022 №1 908 termodinamika qonunlarini o‘qitish metodikasi takomillashtirish karimova O. A



Yüklə 73,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix26.12.2023
ölçüsü73,52 Kb.
#197430
1   2   3   4   5   6   7
termodinamika-qonunlarini-o-qitish-metodikasi-takomillashtirish

2022 
№ 1
909 
takomillashtirish tendentsiyasining o‘ziga xos, muhim yo‘nalishi hisoblanadi. 
Darhaqiqat, bugungi kunda fakt - dalillarning nihoyatda ko‘payib ketayotganligi, 
izlanishlarning yangi metodikasi va yo‘llarining paydo bo‘lishi bilim miqdorining 
uzluksiz oshishiga olib kelmoqda. Bundan esa ta’lim berayotgan har bir o‘qituvchi 
“o‘quvchilarni qanday qilib, qaysi usullar bilan bilim olish jarayonida faollashtirish 
mumkin?” degan savolni hal qilish zaruriyati kelib chiqadi. Bu esa ta’lim - tarbiya 
tizimida yangicha metodik yondashuvlarni taqozo etadi. Shuning uchun, bugungi 
kunda ta’lim jarayonida an’anaviy dars shaklini saqlagan holda o’quvchilarning 
ta’lim olish faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman zamonaviy ta’lim 
texnologiyalar keng qo’llanilmoqda. Bunday zamonaviy ta’lim texnologiyalari 
asosida o‘quvchilarga fizikaviy hodisalar ko‘rgazmali tarzda tushintirilsa, albatta, 
ularning egallaydigan bilim, kunikma va malakalari yig’indisi mujassamlashadi. 
Shu maqsadda ushbu maqolada zamonaviy ta’lim texnologiyalarning qo‘laylik va 
imkoniyatlaridan foydalanib, termodinamika qonunlari mavzusini o‘qitishda 
nazariy va amaliy bilimlarning mantiqiy, o‘zaro bog‘likligining metodik dars 
ishlanmasi bayon etiladi. Bunda o‘quvchilarga ma’lum bo‘lgan energiyaning har 
xil turlari o‘zaro bir-biriga aylanishi haqidagi ma’lumotlarni takrorlab, jismning 
ichki energiyasi bir vaqtda ham issiqlik uzatish hisobiga, ham ish bajarish hisobiga 
o‘zgaradigan murakkab jarayonlar aniq misollar bilan tahlil qilinadi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishcha, o‘quvchilar darsning dastlabki 15 minuti 
davomida 41%, keyingi 30 minutida 25% hajmdagi materialni o‘zlashtirar ekan. 
Shu sababli ma’ruzani ham zamonaviy faol usulida o‘tish maqsadga muvofiqdiq. 
Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining faollik davri hisoblangan dastlabki 10-15 
minut davomida ma’ruzadagi ma’lumotlarni tushintiradi.
O’quvchilarga termodinamikaning I-qonunini o’rgatishdan avval, ularga 
energiyaning saqlanish qonuni haqidagi bilimlarni, ya’ni mexanik energiyaning 
saqlanish va aylanish qonunini; mexanik energiyaning issiqlik energiyasi (ichki 
energiyasi) ga aylanishini va aksincha aylanish jaroyonini; jismlarning ichki 
energiyasini o’zgartirish usullari (issiqlik yzatish, ish bajarish) ni; issiqlik uzatish 


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Yüklə 73,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin