2021 elektron ta’lim metodikasining ahamiyati


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 58,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü58,4 Kb.
#201709
1   2   3   4   5   6
elektron-ta-lim-metodikasining-ahamiyati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1023 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
qiladi. Shularni e’tiborga holda elektron ta’lim talabalarga qulay tashkillashtirilgan 
muhitda bilim olish imkonini beradi deb hisoblash mumkin. Elektron ta’lim 
metodikasini ishlab chiqish elektron ta’limning masofali kurslari o’quv dasturlariga 
muvofiq holda tizimli yondashgan holda yaratilishi, innovasion ta’lim 
texnologiyalarini qo’llagan holda zamonaviy bilimlar va qarashlarga ega bo’lishini 
talab etadi. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
An’anaviy ta’limga zamonaviy texnologiyalar qaysidir jihatlarini yangilagan 
hamda saqlagan holda kirib keldi va natijada ta’lim sohasida elektron ta’lim 
tushunchasi paydo bo’ldi. Elektron ta’lim talabalarga bir marta yaratilgan 
multimediya ta’lim kontentini interaktiv rejimda ko’p bora ishlatish imkoniyatini 
beradi. Bunda talabalar nafaqat kontentni yaratish jarayonini kuzatishi, balki yaratishi 
ham mumkin bo’ladi. Elektron ta’lim ta’lim kontentida ijtimoiy tarmoqlar, forumlar, 
chatlarni shakllantiradi. Bundan tashqari, ular sayt kontentini mukammalashtirishning 
dinamik modelini ishlab chiqish imkonini beradi.
An’anaviy ta’lim tizimida darsliklar uch-to’rt yilda bir marta yangilanadi, lekin 
elektron ta’limda elektron darsliklar har kuni yangilanadi hamda an’anaviy ta’lim 
xususiyatlarini o’zida saqlagan holda, ixtiyoriy elektron ta’lim resursidagi 
giperhavolalar orqali boshqa resursga o’tish imkonini beradi. 
Elektron ta’limda o’qituvchi masofadan turib muloqot qilish usullarini 
o’zlashtirishi kerak. Bu esa o’qituvchiga o’quv materiallarini yaratish, to’ldirish, 
tahrirlash va nashr etish kabi ishlarni ham bajarish imkonini beradi. Buning natijasida 
ma’ruzalar tashkil qilishning shakli o’zgaradi. An’anaviy ta’limdagi ma’ruzada 
talabaga oldindan ma’lum bo’lmagan axborotlar beriladi, elektron ta’limda esa 
barcha o’quv materiallari axborotni uzatishning turli formatlari ko’rinishida 
tartiblangan holda talabalarga taqdim etiladi. Shuning uchun endi o’qituvchi 
ma’ruzaga ijodiy yondashgan holda, talabalarga tayyorlanish uchun axborot 
manbalarini berishi yoki talabalarning o’zlari qo’shimcha axborot manbalarini izlab 
topishlari mumkin bo’ladi. Keyin ma’ruza yuzasidan muhokama o’tkaziladi. 
Muhokama jarayonida talabalarning ma’ruza yuzasidan fikrlari ko’rib chiqiladi va 
umumiy xulosaga kelinadi. O’qituvchi talabalarga mustaqil ish mavzularini ham 
beradi [53] (Anarbayeva F.U. va b., 2020). 
Elektron ta’lim o’zida ta’limning innovasion yondashuvini qo’llagan holda 
ta’lim sifati va imkoniyatlarini oshirish uchun multimediya va internet-
texnologiyalarni qo’llashga asoslanadi. Ko’plab xorijiy ochiq va virtual universitetlar 



Yüklə 58,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin