2021 elektron ta’lim metodikasining ahamiyati


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 58,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü58,4 Kb.
#201709
1   2   3   4   5   6
elektron-ta-lim-metodikasining-ahamiyati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1024 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
an’anaviy ta’lim shakllari bilan raqobatlashadigan elektron ta’lim tamoyili asosida 
ishlaydi. Elektron ta’lim ta’lim shakli va muhitini talaba va o’qituvchining hoxishiga 
ko’ra o’zgartiradi. Elektron ta’lim talabalarga qulay tashkillashtirilgan muhitda bilim 
olish imkonini beradi.
Umuman olganda, metodika - bu o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish 
bo’yicha tavsiyalar majmuasi hisoblanadi. Bundan esa, elektron ta’lim metodikasini – 
elektron ta’limning barcha jabhalarini o’z ichiga olgan holda uni tashkiliy, tarkibiy 
tuzilmasini ishlab chiqish hamda elektron ta’limning pedagogik boshqaruvini tashkil 
etish deb ta’riflashimiz mumkin. Elektron ta’lim metodikasi bo’yicha hozirgi kunda 
ko’plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda, xususan Buus L., Georgsen M., Olitayo P., 
Sergeyev S.F., Nabi Y.A., Ibraymov A.E. kabi olimlar bu sohada ko’plab izlanishlar 
qilishgan. 
S.F.Sergeyev o’z ishlarida elektron ta’lim metodikasini ye-didaktika sifatida 
ko’radi. Uning nazarida, “samarali elektron ta’limni yaratish uchun texnologiya 
yordamida pedagogning ish sohasini, vazifalarini va maqsadini modellashtirish 
yetarli va bu texnika asrining yangi pedagogik voqelikdagi o’qitish metodikasi 
to’g’risida murakkab fan - elektron didaktikaning asosini tashkil etadi” deb 
hisoblaydi. Bundan esa elektron ta’limda faoliyat yurituvchi pedagog to’g’risida 
quyidagi fikrlarni keltirib o’tadi, “hozirgi paytda kompyuterlashtirilgan ta’limga 
o’tish axborot olamidagi ommaviy ta’limning o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq. 
Tegishli bilimlarning paydo bo’lish darajasi ularni o’zlashtirish uchun ta’lim 
tizimlarining imkoniyatlaridan ustun. Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari orasida 
malakali pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda muammolar yuzaga 
keladi. Bunda ilk ko’riladigan mantiqiy yechim kompyuter vositasida ta’lim berish” 
hisoblanadi. Bu bilan S.F.Sergeyev pedagoglar oliy ta’lim muassasasini bitirgandan 
so’ng, avvalambor, ular o’z sohasi bo’yicha mutaxassis sifatida yetishib chiqishlarini, 
elektron ta’lim sohasida esa yetarlicha bilimga ega bo’lmasliklarini, shuni nazarga 
tutgan holda elektron ta’lim sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni 
yo’lga qo’yish lozimligini aytib o’tadi. [85] (Sergeyev S.F., 2015). 
Didaktika borasida A.E.Ibraymov quyidagicha ta’rif bergan: “Didaktika 
o’qitishning umumiy qonun va qonuniyatlarini aniqlab berish bilan birga har bir 
o’quv fanining o’qitish usullari uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Didaktika butun 
pedagogik faoliyat uchun, ya’ni ta’lim-tarbiya bilan shug’ullanuvchilarning nazariy 
va amaliy harakatlari uchun metodologik asos vazifasini bajaradi”. Bundan kelib 



Yüklə 58,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin