2-mavzu: qadimgi va milliy dinlarning tasnifi reja


Tavrot. Tovrot qadimgi yahuiylarning ibriy tilida yuborilgan. “Tora” –“qonun, shariat”-deganidir



Yüklə 87,05 Kb.
səhifə7/15
tarix14.04.2022
ölçüsü87,05 Kb.
#55416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
2-mavzu

Tavrot. Tovrot qadimgi yahuiylarning ibriy tilida yuborilgan. “Tora” –“qonun, shariat”-deganidir.

Musoga tegishli besh kitob “Tavrot” deb ataladi va quyidagi kitoblarga bo‘linadi: 1) Borliq yoki Ibtido; 2) CHiqish; 3) Levit; 4) Sonlar; 5) Ikkinchi qonun.

Qadimiy Ahdning ichidagi diniy ta’limot va aqidaga bag‘ishlangan eng asosiy va obro‘li qismi Tavrotdir. U xristianlik an’anasiga ko‘ra Besh kitob, yahudiylar an’anasiga ko‘ra Tora (ta’limot) xisoblanadi.

Qadimiy Ahddagi “ahd” so‘zi xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini bildiradi. Qadimiy Ahd matni ibriy (eski yahudiy) va oromiy tillarida yozilgan. U qadimgi payg‘ambarlarning kitoblari, Sulaymon payg‘ambarning matallari kitoblardan iborat.

Ibtido mil.av.1400 yillarda Xudoning buyrug‘iga ko‘ra Muso payg‘ambar tomonidan yozib olingan. Unda Xudo olamni qay yo‘sinda yaratgani, odamzodning gunohga botgani, buning natijasida olamga azob va o‘lim kelishi haqida xabar beriladi. SHuningdek, unda dunyodagi xalqlarning vujudga kelishi va jahonga tarqalishi tarixi bayon qilingan. Odam ato va Momo Havvo, Hobil va qobil, Nuh. Lut, Ibrohim, ishoq, ismoil, YA’qub, YUsuf, Fir’avn va boshqa shaxslar, To‘fon, Bobil minorasi va tillar chatishuvikabi eng qadimiy hodisalar Ibtidodan o‘rin olgan.

“CHiqish” kitobida Muso payg‘ambarning tug‘ilishi, hayoti. Misr Fir’avn tomonidan qattiq zulmga tortilgan yahudiylarni YAhve amri bilan xalos qilgani, unga Tur tog‘ida YAhve tomonidan o‘nta vasiyat (zaprved”)ning berilishi haqidagi rivoyatlar keladi. Bundan tashqari yaxudiylikning ibodatlari, rasm rusmlariga taaluqli ko‘rsatmalar berilgan.

“Levit” kitobi turli tuman urf odat va diniy marosimlarga oid ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Unda, asosan, qurbonlik haqida so‘z yuritilib, Xudo yo‘liga qanday hayvonni qurbonlik qilish yohud qay tarzda amalga oshirish lozimligi bayon etilgan. YAxudiylarga qaysi go‘shtni eyish emaslik haqida ko‘rsatmalar berilgan.

“Sonlar” kitobiga ko‘ra, yahudiy xalqining Muso payg‘ambar boshchiligidagi Misrdan chiqishining ikkinchi kuni ularga yaroqli barcha erkaklarning hisobini olishga buyurdi. Bu kitobda muso payg‘ambar rahbarligida yahudiylarning qabila, urug‘, avlodlar bo‘yicha asosiy namoyondalarining nomlari sanab o‘tiladi. YAna unda misrdan chiqqan Banu isroil qavmining Muso payg‘ambar bilan kechirgan hayotlari va tortgan qiyinchiliklari va olib borgan janglari haqida so‘z boradi. YAhve Musoga janglarda qo‘lga kiritilgan o‘lja va asirlarning hisobini olish va ularni qanday taqsimlash borasida ko‘rsatmalar beradi.

“Ikkinchi qonun” kitobi 34 bobdan iborat. Bibliyadagi rivoyatga ko‘ra, mil.av. 621 yilda Quddus ibodatxonasidan avliyo Xilkiya nomli shaxs Qonun kitobini topgan. Bu kitobning asosi ana shu qonun hisoblanadi.

Tarixdan ma’lumki, Bobil podshohi Buxtunnasr (meloddan oldin 605-562 yillardan yashagan) xkumronligi davrida Isroil avlodlarining muqaddas diniy markazi bo‘lgan Evrushalim (Quddus shahri) vayron etilib, yahudiylar asir olingan va barcha diniy kitoblar yoqib yuborilgan, yo‘q qilingan. Tavrotning asl nusxasi ham o‘sha paytda yo‘qolgan.Uni yod olgan oz sonli tavrotxonlar olamdan o‘tganlar. Tavrotni yod olgan birigina Uzayr edi. Alloh uni (a.s.) yuz yildan ortiq uxlatib qo‘ygan edi. So‘ng uni uyg‘otib yo‘qolib ketgan Tavrotni Uzayrning qo‘llari bilan asl xoliga keltirib yozdirdi. Unutilib ketgan Tarotni U qayta tikladi. Tavrotning matni Alloh Taolo nozil qilganidek sof xolda saqlangan emas.

Demak, Iso payg‘ambardan 450 yil avval yashagan Uzayr davrlarida Tavrot boshqa kitoblar bilan aralash quralash bo‘lib ketgan. O‘sha paytdayoq bu kitobning ishonchli nusxasi yo‘q edi. Demak, Tavrot o‘zgartirilgan edi.

Talmud. Talmud (qad.yahud.”lameyd”-“o‘rganish”) mil.av.4 asrlarda vujudga kelgan va yozma Tradan farqli o‘laroq, avloddan-avlodga og‘zaki ravishda o‘tib borgan. SHuning uchun Tora yozma qonun, Talmud esa og‘zaki qonun deb yuritiladi. Talmudning falastin va vavilion nusxalari mavjud.




Yüklə 87,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin