2-mavzu: qadimgi va milliy dinlarning tasnifi reja


Antik davrda ko’pxudolik dinlari



Yüklə 87,05 Kb.
səhifə4/15
tarix14.04.2022
ölçüsü87,05 Kb.
#55416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-mavzu

Antik davrda ko’pxudolik dinlari.
Qadimgi yunon dinlari. Qadimgi yunon dinlari haqida ma’lumot beruvchi manbalar qadimgi yunon dostonlari, yunon faylasuf mutafakkirlarining bizga etib kelgan asarlaridir.

Qadimgi yunonlar hayvonlar timsollarini ilohiylashtirganlar. Ho‘kiz timsoli birinchi o‘rinda bo‘lib, ilon timsolida esa ilohiy kuch egasini tasavvur qilib, bir qator hayvon va qushlarni ilohiylashtirganlar. Bu yunonlarda totemizm tushunchalari keng yoyilganligidan darak beradi.

Qadimgi yunonlarda odam shaklidagi xudo timsollari ko‘p uchraydi. Xudolar ko‘pincha ayol suratida bo‘lgan. Quyosh va oyni ham ilohiylashtirganlar. Toshlar va ba’zi daraxtlarda ilohiy kuch mavjud deb hisoblaganlar. /orlar va unsurlarga ham diniy tus berganlar.

Totemizm kabi diniy tasavvurlarning ba’zi belgilari mirmadanlarning chumolidan tarqalganligi yoki ilonoyoq Kekropning Afina asoschisi ekanligi haqidagi afsonalarda bayon etilgan.

Qadimgi ovchilikka oid marosimlar, sehrgarlik urf-odatlari ob-havo bilan bog‘liq bo‘lgan. YOmg‘ir chaqiriq marosimlari ham o‘tkazilgan. YUnonlar tabiatni o‘rab turgan turli mayda ruhlar: suv ruhlari, o‘rmon ilohlari-nayad, driad, tog‘ ruhlari kabilarga ishonganlar. YUnonlarda qadim o‘tmishda yomonlik keltiruvchi sehrga ishonch mavjud bo‘lgan. U er osti qora kuchlari haqidagi tasavvurlar bilan bog‘liq. Qahrli Gekata xudosining nomi bilan kimni yo‘q qilmoqchi bo‘lsalar la’natlab, la’nat va duoi bad qilish yovuzlik marosimlari tarzida bajarilgan. YOvuz sehrgarlik katta ahamiyatga ega bo‘lmagan.

Davolash va muolaja qilish ishlarida yunonlar sehrdan foydalanib, u tabobat bilan bog‘liq urf-odatlar uzoq saqlangan.

Qadimiy yunon e’tiqodlaridan biri-o‘lim va undan keyingi holat haqidagi tasavvurlardir. O‘lgan kishi tanasi yunonlarda erga ko‘milgan yoki sag‘anada saqlangan. YUnonlar tasavvurida o‘lganlar ruhlari er osti makoni Aidada to‘planadi. Barcha marhumlar kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Aidada ruhlari to‘planib, unda mashaqqatli va g‘amgin taqdirga yo‘liqadilar. SHu sababli yunonlar marhumni so‘nggi kuzatish marosimini oxirgi burch deb bilib, uni katta e’tibor bilan amalga oshirib, marhumlarni oziq bilan ta’minlashga uringanlar.

YUnonlar aslzoda qahramonlarni ilohiylashtirganlar, bunga xudolarga bo‘lgan ishonchning pasayishi sabab bo‘lgan. Aslzoda xonadonlarning alohida ajratilishi bilan ularning ilk ajdodlari ham ulug‘lana boshlandi. Ularning nomlari yuqori qo‘yilib, uni ulug‘lovchi va unga sig‘inuvchilar soni ortib borib, Gerakl, Iffokal, Ivrinom, Borsa, Erota kabi qahramon xudolar panteoni vujudga keldi.

Gerakl-quyosh xudosi, tadqiqotchilar uni doriy qabilasiga mansub Geraklidlar sulolasining bobokaloni hisoblab, xalq qahramoni shaxsining afsonaviy-lashtirilib yuborilgan ko‘rinishidir. Mil. avv. XII-XI asrlarda doriylar tomonidan Peloponnessaning katta qismi bosib olinishiga sabab bo‘lgan «Geraklidlar yurishi» tarixiy voqeasi bo‘lib Geraklning bu yurishdagi qahramonliklari butun YUnoniston bo‘ylab mashhur bo‘lib, u haqda afsonalar to‘qilishiga sabab bo‘ldi. Geraklni osmonga ko‘tarilib ketgani va Ellada xudolaridan biriga aylanganligi haqidagi afsona tarqaldi. Geraklning o‘g‘li Fest Sikionliklarni o‘z otasini qahramon sifatida emas, xudo sifatida ulug‘lashga majbur qildi.

Afinada Erextey, Buta kabi qahramonlar kulti zodagon Butadlar xonadoni qo‘lida bo‘lgan. Qadimgi yunon xudolari mahalliy va umumiy xudolarga bo‘lingan. Mahalliy xudolar o‘zaro urushlarda yordam beradi, deb e’tiqod qilingan, umumiy xudolar esa tashqi dushmanga qarshi kurashlarda yordam beradi deb ishonilgan. SHaharlarning o‘z xudolari bo‘lib, bu YUnonistonning siyosiy tarqoqligidan xabar beradi. Gomer davrida yunonlarning ko‘plab jamoasi Olimpiya xudolariga ibodat qilganlar. Olimpiya ulug‘ xudolari panteonining kelib chiqish masalasi juda murakkabdir.

Xudolarning eng ulug‘i Zevsning xotini «SHahloko‘z» Gera hisoblangan. U sigir xudo ko‘rinishidadir. Ikkinchisi Poseydon Peloponnessada qadimiy dengiz xudosi bo‘lib, unga baliqchilar sig‘inishgan.

Afina shaharlar va qo‘rg‘onlar homiysi hisoblangan. Uni «Afina xudosi», «Afinalik ayol», «Pallada», «Poliada» kabi ellikka yaqin sifatlari bo‘lgan. «Ellada tavsifi» kitobida unga atab etmish uchta turli ibodatxona, ziyoratgohlar qurilgani yozib qoldirilgan. Afina Artimeddan keyingi o‘rinda bo‘lib, afsonalarda u jangovar xudo sifatida to‘la qurollangan holda tasvirlangan. U boyqush, ilon, zaytun daraxti timsollarida tasavvur qilinib, Afinaning obrazida totemistik jihatlar saqlanib qolganligi belgisidir.

Artemida yunon xudosi-ovchi qiz shaklida tasvirlangan. Unga atab ibodatxona va muqaddas qadamjolar bunyod etilgan.

Appolon yunon afsonalarida Zevs va Letoning o‘g‘li, Artemidaning akasi hisoblanadi. Appolon so‘zining ma’nosi ba’zida «halok qiluvchi», goho «chorva rahnamosi» sifatida talqin qilingan.

Zevs olimpiya xudolarining ulug‘laridan bo‘lib, «xudolar va odamlar» otasi hisoblangan. Unda ellikka yaqin mahalliy xudolarning sifatlari jamlangan. U haqdagi afsonalar Krit va Fessaliyada tarqalgan. Zves nomi «yog‘duli osmon» ma’nosini bildiradi. YUnonlar yana Asklepiy, Pan, Afrodita, Ares, Gefest, Gestiya, Germes kabi xudolarga sig‘inganlar.


Yüklə 87,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin