2-mavzu: qadimgi va milliy dinlarning tasnifi reja



Yüklə 87,05 Kb.
səhifə3/15
tarix14.04.2022
ölçüsü87,05 Kb.
#55416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-mavzu

SHomoniylik-(tunguscha shamon-o‘ta hayajonlangan, jazavali kishi degan ma’noni bildiradi). Sibirdagi turkiy halqlarda “shamon” so‘zi “qam” deb yuritilgan. SHomon qabila ruhoniysi bo‘lib, ruhoniylar ilohiy kuchga ega deb tushunganlar. SHomonlar urf odatlarini bajarishni tomoshaga aylantirganlar. Odatda shomon o‘yinlarini kechqurun amalga oshirilgan. O‘yin oxirida bexush yiqiladi. Ularga ko‘ra shomonlar ruhlar bilan gaplashadi. SHomon urug‘ qabila qo‘riqchisi, homiysi, ruhi hisoblangan. Turli kasallarni davolashga xarakat qilganlar.

Magiya (“shomon” so‘zining tungus tilidagi ma’nosi-sehrgarlik) –real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga t’sir etish maqsadida bajariladigan rtual urf odatlar majmuasi. M. Totemizm va animizm bilan bir vaqtda paydo bo‘lib, u orqali kishilar o‘z totemlari ota bobolarining ruhlar bilan hayolan bog‘lanishini amalga oshirib kelganlar. M.o‘tmishda paydo bo‘lib, asrlar davomida rivojlanib kelgan. Odatda afsungarlik urf odatlari bilan maxsus odamlar-shomonlar shug‘ullanganlar. Odamlar shamanlar va afsungarlarning ruhlar bilan muloqotda bo‘lishi, ularga jamoaning niyatlarini etkazishiga ishonganlar. SHamanlar odatda ma’lum ritual xaraktlar orqali ovoz chiqarish , ashula aytish, raqsga tushish, sakrash yo‘li bilan nog‘oralar qo‘ng‘iroqlar ovozlvri ostida jazavali afsungarlik qilishgan. Odatda shaman marosim oxirida o‘zidan ketib xech narsani sezmay qolgan. Afsungarlik quyidagilarga bo‘linadi: 1) zarar keltiruvchi yovuz afsungarlik. Maqsadi kimgadir zarar etkazishdan ibort; 2) harbiy afsungarlik. Dushmanga qarshi mas. Qurol aslahalarni suhrlash; 3) sevgi afsungarligi; 4) tibbiy afsungarlik. Undan davolanish maqsadida foydalanish; 5) ob havo afsungarligi.

Kishilar olam bilan munosabatlari davomida eng umumiy tarzda 3 –xil: diniy, ilmiy va falsafiy yondoshishlarni ishlab chiqqanlar.

Kishilik dunyosini diniy nuqtai nazardan izohlashda jamiyat xudo tomonidan yaratilgan deb xisoblanadi. Kishilar turmushining barcha jihatlari ilohiy kuchlar ta’sirida deb olinishi va kishilarning bu kuchlarga e’tiqod qilishlari lozimligi masalasi muhim o‘in tutadi.

SHunga ko‘ra, kishilar o‘zaro munosabatlaridagi barcha tamoyillar yaratuvchining ihtiyoridadir degan diniy qoida ilgari suriladi.

Jamiyatni diniy tushunish rivojlanishning barcha bosqichlarida ilmiy qarashning rivojlanish darajasi bilan bog‘liq. Masalan; fan oldida turgan masalalar xamma vaqtlarda xam to‘g‘ri izohini topmaganligi uchun diniy qarashlar ta’siri kuchli bo‘lgan. Sxolastikaga asslangan falsafa esa formal mantiq qoidalarini mutlaqlashtirib diniy ta’limotlarni isbotlashga xizmat qilgan. SHunga ko‘ra, diniy ta’limotlarda o‘ziga xos ravishda insoniyatning ma’naviy rivojlanishi darajasi aks etgan bo‘ladi.

Jamiyat taraqqiyoti inson faoliyati bilan rivojlanib borib dunyoqarashning yangi-yangi tarixiy shakllari paydo bo‘ldi. Bu oddiy kundalik ongdan tortib, mifologik, diniy va falsafiy dunyoqarashlarning tarixiy shakllarini tashkil qilib, ular bir-biridan farq qiladi.

Diniy e’tiqod dindorlarning majburiy xisoblangan, muxokama qilmasdan, haqiqatligini amalda tekshirmasdan ishonish lozim bo‘lgan talablari mavjud bo‘ladi. Xuddlas, diniy dunyoqarash borliqni insonni, uning tafakkurini ilohiy kuchlarga bog‘lab tushuntiradi, dunyoning ilohiy manzarasini yaratadi.

Ilohiy kuchlarga, ilohiy shaxslarga ishonish, sig‘inish kishilar tasavvurida asta sekin xudo haqidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Barcha diniy ta’limotlar butun borliqni yaratganligi, idora qilishi aytiladi. Xudoni o‘ta takomil topgan, mukammal, ilohiy kuch sifatida qaraladi. Xudo tushunchasi ilohiyotda barcha narsalarning ijodkori, adolat va haqiqatning oliy timsoli sifatida talqin etiladi.

Diniy dunyoqarashning takomillashishi natijasida dunyoviy muammolar ham ilohiy tus ola boshlaydi.

Nihoyat diniy dunyoqarashga ko‘ra, butun borliq, tabiat, jamiyat, insonning o‘zi ham xudo tomonidan yaratilgan, uning ijodi mahsuli, xamma joyda, xamma narsada xudoning irodasi xukmrondir. Diniy dunyoqarashga kshra, dunyo “bu dunyo” va “u dunyodan” iborat. Bu dunyo vaqtincha yashaydigan, o‘tkinchi dunyodir. U dunyo esa kishilar vafotidan keyin ruhi yashaydigan xaqiqiy, abadiy dunyodir. SHuning uchun inson bu o‘tkinchi dunyo deb o‘zining “u dunyosini” unutmasligi kerak, oxiratini o‘ylashi kerak deyiladi.

Diniy dunyoqarashda xudo g‘azabidan saqlanish muhim o‘rin tutadi. Xudodan qo‘rqish diniy aqidalarni buzganligi uchun Xudoning gunohkorligi uchun jazolanishi bilan bog‘liq xis tuyg‘u. Diniy ta’limotlarda aytilishicha, diniy aqidalarga shak keltirish insonga oxiratda do‘zax azobini beradi. Bu ham dunyoviy muammolarga o‘ziga xos yondashishning bir usulidir.


Yüklə 87,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin