2-mavzu: Axborot tushunchasi. Axborot va uning turlari. Axborot o‘lchov birliklari. Sanoq sistemasi tushunchasi va ularning turlari



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə3/4
tarix17.10.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#156796
1   2   3   4
2-mavzu

Axborotning barqarorliligi – axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar aniqligini buzmasdan o‘zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks ettiradi. Axborotning barqarorligi aynan reprezentativlik axborotni tanlash va shakllantirishning tanlab olingan uslubiyotiga bog‘liqdir.

Axborot o‘lchov birliklari

Axborot o‘lchov birliklari

Uzunlik, massa, vaqt va boshqalarni oʽlchash uchun asbob va oʽlchash usullari oʽylab topilgan. Ma’lumotdagi axborot miqdorini qanday bilish mumkin?

Ikkilik ma’lumotlar uchun bunday sonli o‘lchov sifatida ma’lumotdagi bitlar sonidan foydalaniladi. Ushbu miqdor ma’lumotning axborot hajmi deb ataladi.

Ikkilik ma’lumotlarda axborotning miqdorini ulchash uchun bit va baytlardan tashqari quyidagi kattaroq birliklardan ham foydalaniladi:

1 k bit = 1024 bit.

1 M bit =1024 Kbit

1 G bit = 1024 Mbit

1 K bayt =1024 bayt

1 M bayt =1024 Kbayt

1 G bayt =1024M bayt

1 T bayt = 1024 Gbayt


Sanoq sistemasi tushunchasi va ularning turlari
Sonlarni tasvirlashda ishlatiladigan belgilar va qoidalar to‘plamiga sanoq tizimi deb ataladi. Amaliyotda ikki xil, yani pozitsion va nopozitsion sanoq tizimlari qo‘llaniladi. Sonlarning qiymati undagi raqamlarining sonda joylashgan o‘rniga qarab belgilanadigan sanoq tizimi pozitsion sanoq tizimi deb ataladi. Masalan, o‘nlik sanoq tizimida o‘nta 0,1,2,...9 raqamlaridan foydalaniladi va 323,233,332 sonlarini tasvirlanishida 2 va 3 raqamlaridan foydalanilsada bu sonlarning qiymati turlichadir. Raqamlarning qiymati ularni sonda joylashgan o‘rniga bog‘liq bo‘lmasa, bunday sanoq tizimi nopozitsion sanoq tizimi deyiladi. Masalan, Rim sanoq tizimi nopozitsion sanoq tizimiga misol bo‘la oladi. Misol uchun, 88 soni bu tizimda quyidagicha yoziladi XXXVIII, ya’ni tegishli belgi sonni qanday pozitsiyasi (o‘rni) da turishidan qat’iy nazar har doim bir xil qiymatni ifoda etadi. Ushbu sanoq tizimi hozirgi paytda turli tarixiy sanalarni yozishda, kitob boblarini, soat raqamlarini belgilashda qo‘llaniladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin