2-mavzu: Axborot tushunchasi. Axborot va uning turlari. Axborot o‘lchov birliklari. Sanoq sistemasi tushunchasi va ularning turlari



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə2/4
tarix17.10.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#156796
1   2   3   4
2-mavzu

Axborotning reprezentativligi – ob’ekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadida axborotni to‘g‘ri tanlash va shakllantirish bilan bog‘liqdir.
Axborotning mazmundorligi – semantiq hajmini ifoda etadi. Axborotning mazmundorligi ortishi bilan axborot tizimining semantiq o‘tkazish quvvati ortadi, chunki bir xildagi ma’lumotlarni olish uchun kamroq hajmda ma’lumotlarni o‘zgartirish talab etiladi.
Axborotning yetarliligi (to‘laligi) – qaror qabul qilish uchun minimal, lekin yetarli tarkibga ega ekanligini bildiradi. Axborotning to‘laligi tushunchasi uning ma’nosi mazmuni (semantikasi) va pragmatikasi bilan bog‘liqdir. To‘g‘ri qabul qilish uchun yetarli bo‘lmagan, xuddi shuningdek ortiqcha bo‘lgan axborot ham foydalanuvchining qaror qabul qilish samradorligini kamaytiradi.
Axborotning dolzarbligi – axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o‘zgarish dinamikasiga hamda ushbu axborot paydo bo‘lgan vaqtdan buyon o‘tgan davr oralig‘iga bog‘liq bo‘ladi.
.
Axborotning o‘z vaqtidaligi – axborotning avvaldan belgilab qo‘yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi.
Axborotning aniqligi – olinayotgan axborotning obekt, jarayon, hodisa va hokazolarning aniq holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi
Axborotning ochiqligi – foydalanuvchi axborotni idroklashi uchun uni olish va o‘zgartirish jarayonlarini bajarish yo‘llari bilan amalga oshiradi. Masalan, axborot tizimida axborot foydalanuvchini o‘zgartirishi uchun ochiq va shaklga aylantirib beriladi. Bu axborotning semantiq shakli va foydalanuv-chining tezaurusini moslashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Axborotning ishonarliligi – axborotning obektlarini kerakli aniqlikda aks ettirish xususiyati bilan belgilanadi. Axborot ishonarliligi zarur aniqlikda ehtimollar nazariyasi bilan o‘lchanadi, ya’ni axborot aks ettirgan ko‘rsatkich uning haqiqiqiy qiymatidan kerakli aniqlikda bo‘lish ehtimolini bildiradi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin