2-ma’ruza Mavzu: Algoritm tushunchasi, xossalari va berilish usullari. Blok-sxema Algoritmlarning turlari: chiziqli va tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun algoritmlar tuzish. Takrorlanuvchi va murakkab jarayonlar uchun algoritmlar tuzish



Yüklə 225,5 Kb.
səhifə3/10
tarix26.01.2023
ölçüsü225,5 Kb.
#80971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-ma\'ruza

Algoritmning asosiy xossalari
Algoritmning asosiy xossalari haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
1-xossa. Diskretlilik, ya’ni algoritmni chekli sondagi oddiy ko’rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Tugallanlangan amallar ketma-ketligi qadam deyiladi. Demak, algoritm chekli qadamlardan iborat bo’lishi kerak.
2-xossa. Tushunarlilik, ya’ni ijrochiga tavsiya etilayotgan ko’rsatmalar uning uchun tushunarli bo’lishi shart, aks holda ijrochi oddiy amalni ham bajara olmay qolishi mumkin. Har bir ijrochining bajara olishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalar tizimi mavjud.
3-xossa. Aniqlik, ya’ni ijrochiga berilayotgan ko’rsatmalar aniq mazmunda bo’lishi lozim hamda faqat algoritmda ko’rsatilgan tartibda bajarilishi shart. Algoritmning har bir qoidasi aniq va bir qiy­matli bo’lishi zarurki, bunda vaqtning biror daqiqasida olin­gan miqdorlar qiymati vaqtning shundan oldingi daqiqasida olingan miqdorlar qiymati bilan bir qiymatli aniqlangan bo’ladi.
4-xossa. Ommaviylik, ya’ni har bir algoritm mazmuniga ko’ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo’lishi lozim. Algoritm.bitta masalani yechish uchun emas balki shunga o’xshash turdosh masalalar sinfini hal etish uchun xizmat qiladi
Masalan, ikki oddiy kasr umumiy maxrajini topish algoritmi har qanday kasrlar umumiy maxrajini topish uchun ishlatiladi.
5-xossa. Natijaviylik, ya’ni har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so’ng albatta natija berishi lozim. Algoritm masalaning еchimiga chеkli sondagi qadamlar ichida olib kеlishi yoki masalani "еchib bo’lmaydi" dе­gan xabar bilan tugashi kеrak.
Bu xossalar mohiyatini o’rganish va konkret algoritmlar uchun qarab chiqish talabalarning xossalar mazmunini bilib olishlariga yordam beradi.
Algoritmning tasvirlash usullari
Algoritmning tasvirlash usullari haqida gapirganda algoritmning berilish usullari xilma-xilligi va ular orasida eng ko’p uchraydiganlari quyidagilar ekanligini ko’rsatib o’tish joiz:

Yüklə 225,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin