Hisoblash amali yoki hisob-lash amallari ketma-ketligi
shartli blok (romb)
Shartlarni tekshirish
siklik jarayon
(oltiburchak)
Siklning boshlanishi
qism dastur
qism dastur bo’yicha hisoblash, standart qism dasturi
birlashtirish (aylana)
Yo’nalish chizig’ini o’zgarti-rish
Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish parallelogramm)
Ma’lumotlarni kiritish va natijalarni chiqarish
Algoritmning boshi va oxiri (oval)
Boshlash, tamom, to’xtash
Chiqarish bloki
Ma’lumotlarni qog’ozga chiqarish
Blok-chizmalarning asosiy afzalligini, algoritmni tasvirlashning
yaqqolligi bilan izohlash hisoblanadi.
Masalani yechishning algoritmlarini blok-chizmalar asosida ifoda etib ularning yaqqolligini ta’minlash borasida quyidagi texnik qoidalarni inobatga olish kerak bo’ladi:
a) bloklarni gorizontal va vertikal holatda joylashtirish kerak;
b) bloklar orasidagi masofani shunday olish kerakki, ularni ulab turuvchi chizig’lar yetarli darajada kalta bo’lsin;
с) bloklarning geometrik o’lchami hisoblash jarayonini tavsiflashning hajmiga to’g’ri kelishi kerak. Shu bilan birgalikda blokning uzunligi uning balandligiga nisbatan v=1,5*a ko’rinishda bo’lishi kerak;
d) blok-chizmalarda bloklarning joylashishi va guruhlarga ajratilishi shun-day bo’lishi kerakki, ularni ko’rib axborotlarni yaxshi qabul qilish ta’minlanishi lozim