2. Bilishda ob’ekt va sub’ektning o’zaro aloqasi. Hissiy, empiric, nazariy, mantiqiy va intuitive bilish darajalarining o’zaro aloqasi va farqi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/21
tarix26.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#62319
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bilish nazariyasi (2)

Mulohaza – fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog‘lash yo‘li bilan biror 
narsa haqidagi biron-bir fikr tasdiqlanadiyoki rad etiladi. Masalan, «Terak – o‘simlik» degan 
shunday bir mulohazaki, unda terak haqida uning o‘simlik ekanligi xususida fikr bildiriladi. 
Tasdiqlash yoki rad etish, soxtalik yoki haqiqiylik, shuningdek ehtimol tutilgan narsalar bor joyda 
biz mulohazalarga duch kelamiz.
Agar bizning ongimizda faqat tasavvurlar, o‘z holicha tushunchalar mavjud bo‘lgan va ular 
bir-biri bilan mantiqan bog‘lanmaganida, tafakkur jarayoni ham bo‘lmas edi. Ma'lumki, so‘zning 
hayoti faqat nutqda, gapdagina haqiqiydir. Xuddi shuningdek, tushunchalar ham faqat kontekstda 
«yashaydi». Ayrim tushuncha sun'iy «preparat», masalan, organizmdan ajratib olingan hujayra 
bilan barobar. Tafakkur – biror narsa haqida xulosa chiqarish demak. Bunda biz mulohaza 
ko‘rinishida ifodalay olmaydigan tushuncha biz uchun mantiqiy ma'noga ega bo‘lmaydi.
Mulohaza (yoki mulohazalar) – keng ma'noda ifodalangan tushuncha, tushunchaning o‘zi 
esa – toraytirilgan mulohaza (yoki mulohazalar), deb aytish mumkin. Nima yuksakroq - 
tushunchami yoki mulohaza, degan masala atrofidagi bahslar sxolastik, shuning uchun ham 
besamardir. 
Fikrning bevosita, moddiylashtirilgan ifodasi bo‘lgan gap mulohazani ifodalashning 
og‘zaki shaklidir. Har qanday mulohaza sub'ektning predikat, ya'ni tavsiflanayotgan narsa yoki 
hodisa bilan birikuvidir. Shu sababli mulohazalarning mantiqda ko‘rilmaydigan turlari sub'ekt, 
predikat va ular o‘rtasidagi aloqaning ehtimol tutilgan modifikatsiyalari bilan bog‘liq. Biz: «Olov 
kuydiradi», deymiz. Bu – mantiqan sub'ekt predikat bilan bog‘langan hukm. Olovni ham, kuyishni 
ham sezish mumkin, biroq ular o‘rtasidagi aloqani fikrimiz anglaydi.
Sub'ektning o‘zgarishiga qarab mulohazalar, masalan, shaxssiz bo‘lishi mumkin: «Tong 
otyapti», «Kayfiyat yo‘q». Yakka, ayrim va umumiy mulohazalar farqlanadi: «Nyuton tortilish 
qonunini kashf etgan», «Ayrim odamlar yovuz niyatli bo‘ladi», «Suyak – faol to‘qimalardan biri». 
Mulohazalar tasdiqlovchi va inkor etuvchi bo‘ladi: «Tana kuchni o‘simlik sharbatlaridan oladi», 
«Sayyoralar yulduzlar emas».
Inson u yoki bu mulohazaga biron-bir dalilni bevosita kuzatish orqali yoki bilvosita yo‘l 
bilan – xulosa chiqarish yordamida kelishi mumkin.


Tafakkur faqat mulohaza yuritish emas. Tafakkur jarayonida amalda tushunchalar va 
mulohazalar alohida o‘rin to‘tmaydi. Ular aqlning yanada murakkabroq harakatlari zanjiri – 
mushohadaning bo‘g‘inlari hisoblanadi.
Xulosa – mushohadaning nisbatan tugallangan birligi. Mushohada yuritish jarayonida 
mavjud mulohazalardan yangi mulohaza – xulosa chiqariladi. Xulosa chiqarish tafakkurning 
shunday bir amaliki, unda ayrim fikrlarni taqqoslash yo‘li bilan yangi mulohaza yaratiladi.
Inson narsalarning, xossalari va munosabatlarini teran bilish orqali vaqti vaqti bilan hozirgi 
zamon chegaralaridan o‘tib, sirli kelajakka nazar tashlashi, hali ma'lum bo‘lmagan narsalarni 
oldindan ko‘rishi, yuz berishi ehtimol tutilgan va muqarrar bo‘lgan voqyealarni bashorat qilishi 
mumkin.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin