2. Bilishda ob’ekt va sub’ektning o’zaro aloqasi. Hissiy, empiric, nazariy, mantiqiy va intuitive bilish darajalarining o’zaro aloqasi va farqi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/21
tarix26.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#62319
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bilish nazariyasi (2)

Ob'ektiv haqiqatbilimlarimizning inson insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan mazmuni. 
Bizning bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy guruhga bog‘liq bo‘lgan 
unsur mavjud bo‘ladi. Binobarin, o‘z bilimlarimizda sub'ektiv unsurlarga bog‘liq bo‘lmagan va 
shu sababli ob'ektiv hisoblanadigan mazmunni qayd etishimiz lozim. Ob'ektiv haqiqat rivojlanib, 
ikki shakl: nisbiy va mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi.
Mutlaq haqiqatpredmetni kelajakda to‘ldirilishi yoki unga aniqlik kiritilishi mumkin 
bo‘lmagan tarzda to‘la, mukammal bilishdir. Olam vaqt va makonda cheksizligi tufayli bunday 
bilimga amalda erishish mumkin emas. Haqiqat tushunchasini mutlaq haqiqat tushunchasi bilan 
tenglashtirib, biz unga erishib bo‘lmasligi, demak, umuman bilish mumkin emasligi haqida 
gapiramiz. Biroq fanning haqiqiy tarixi buning teskarisidan dalolat beradi: fan rivojlanadi, chunki 
u nisbiy va mutlaq bilimning birligi sifatida tushuniladigan haqiqatni bilishga qodir. Boshqacha 
aytganda, ob'ektiv haqiqat to‘la va mukammal ko‘rinishdagi mutlaq haqiqatdir. Ayrim hollarda, 
agar haqiqat vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, ya'ni vqat shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘lmasa, u boqiy 
haqiqat deb ataladi.
Nisbiy haqiqat – borliqni asosan to‘g‘ri aks ettirsa-da, obraz ob'ektga uncha mos emasligi 
bilan ajralib turadigan bilim. Nisbiy haqiqat to‘g‘ri, biroq noto‘liq, taxminiy, vaqt va joyning 
muayyan tarixiy shart-sharoitlari bilan cheklangan haqiqatdir.
Nisbiy va mutlaq haqiqat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Nisbiy haqiqatlar bilish 
taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o‘z chegarasi bo‘lgan mutlaq haqiqatga yaqinlashadi. 
Biroq bilishning tarixiy rivojlanish jarayoni nafaqat nisbiy haqiqatlarning mutlaq haqiqatga 
aylanish jarayoni, balki ayrim mutlaq haqiqatlarning yuzaga kelish jarayoni hamdir. Bu fikrni 
fizikada atom va uning tuzilishi haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi misolida ko‘rish mumkin. 
Yuz yil muqaddam fiziklar va ximiklar atomlar amalda mavjud va ajralmas sharchalar 
ko‘rinishida, deb taxmin qilar edilar. Bu tasavvur zamirida mutlaq haqiqat unsurlari mavjud edi. 
Bundan: «Kimyoviy elementlarning atomlari amalda mavjud», degan xulosa kelib chiqadi. Fizika 


va kimyoning keyingi rivojlanishi mutlaq haqiqatning bu elementini bekor qilmadi. Biroq bu 
tasavvurlarda xatolar mavjudligi (taranglik, ajralmaslik va h.k.) aniqlandi.
XIX asr oxirida elektronlar kashf etilishi natijasida atom tuzilishining yangi manzarasi 
yaratildi. Tomson musbat zarralar va manfiy zaryadli elektronlardan tashkil topgan atom modelini 
yaratdi. Atomning bu nisbatan haqiqiy manzarasida mutlaq haqiqatning yangi unsurlari paydo 
bo‘ldi: Darhaqiqat atom musbat zaryadli zarralardan iborat.
Atom haqidagi tasavvur rivojlanishining uchinchi bosqichi Rezerford-Bor modeli bilan 
bog‘liq. Bu modelda atom yadro va uning atrofida aylanuvchi elektronlardan tashkil topadi. 
Umuman olganda, avvalgi modellardan aniqroq bo‘lgan bu modelda mutlaq haqiqat unsurlari 
mavjud. Hozirgi zamonda atom tuzilishi haqidagi tasavvurlar zamirida kvant mexanikasi va atom 
yadrosini o‘rganish natijalari yotadi. Hozirda elektronlarning atom yadrosi atrofidagi harakatini 
zichligi notekis bo‘lgan bulut harakatiga o‘xshatish mumkinligi, chunki elektronlar korpuskulyar 
va to‘lqin xossalariga ega ekanligi, yadro esa protonlar va neytronlardan iborat tizim hisoblanishi 
va hokazolar ma'lum. Hozirgi zamon fizikasida atom manzarasi N. Bor nazariyasidagiga 
qaraganda to‘liqroq va aniqroq, unda mutlaq haqiqat unsurlari ko‘proq. Biroq atomning hozirgi 
manzarasi kelajakda o‘zgarishi, unga aniqlik kiritilishi, unda yangi haqiqat va xatolar aniqlanishi 
shubhasiz. Haqiqatda nisbiy va mutlaq jihatlar uzviy, o‘zaro bog‘langan: bir tomondan, nisbiy 
haqiqatda doim mutlaq haqiqat unsurlari mavjud bo‘lsa, boshqa tomondan, inson bilimlarining 
rivojlanishi jarayonida nisbiy haqiqatlardan mutlaq haqiqat yuzaga keladi.
Nisbiy va mutlaq haqiqat dialektikasi bizning bilimimiz atrofimizdagi olamni har 
tomonlama va aniq qamrab olishga intilib, qarama-qarshiliklarni yechib, ob'ektiv borliqni yanada 
teranroq va mukammalroq aks ettirishini ko‘rsatadi. 
Haqiqat bilishning mezonidir. Inson amaliy faoliyati haqiqatni aniqlashga yo‘naltirilgan. 
Biroq haqiqat yolg‘on bilan yonma-yon turadi. Yolg‘on inson hayotining tarkibiy qismi sifatida 
amal qiladi.
Amaliyot va bilishning rivojlanishi u yoki bu yanglishishlar ertami, kechmi bartaraf 
etilishi: yo sahnadan tushishi (masalan, «abadiy dvigatel» haqidagi ta'limot kabi), yo haqiqiy 
bilimga aylanishi (alximiyaning kimyoga aylanishi)ni ko‘rsatadi. Yanglishishlarni yuzaga 
keltirgan ijtimoiy sharoitlarni o‘zgartirish va takomillashtirish, ijtimoiy-tarixiy amaliyotning 
yetukligi, bilimning rivojlanishi va teranlashuvi yanglishishlarni bartaraf etishning muhim 
omillaridir. Bu esa borliqqa nisbatan apologetik (himoyalovchi-oqlovchi) yondashuvni emas, balki 
konstruktiv-tanqidiy yondashuvni, «sinovlar va xatolar» metodini amalga oshirishni (Popper) 
taqozo etadi. 
Nazorat ishi: 
1.Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari. 
2.Gnoseologiya (epistemologiya)ning mazmuni va mohiyati. 
3.Bilishning asosiy turlari va shakllari.
4.Bilishda subyekt va obyektning o‘zaro aloqasi. 
5.Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari, ularning o‘ziga xosligi va 
aloqadorligi. 
 
 



Document Outline

  • BILISHNING MAVMUNI VA MOHIYATI (Gnoseologiya)

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin