2- ma’ruza: Atom emissiya spektrometriyasi. Atomlanish va qo'zg'alish manbalari. Sifat va miqdoriy tahlil



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə5/10
tarix15.02.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#84460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-маъруза АОУ.

Induktiv bog’langan plazma. Induktiv bog’langan plazmali atomizator bir-birining ichiga joylashgan uchta konsentrik kvars nayidan hosil bo’lgan plazma gorelkasidan iboratdir. Naylar orqali juda toza argon gazining oqimi katta tezlikda yuboriladi. Eng ichki gaz oqimi namuna eritilgan eritmani purkaydi, o’rtadagisi plazmani hosil qiladi, tashqi oqim esa shu plazmani sovutadi. Tashqi oqim uchun eng ko’p argon (10 - 20 l/min) ishlatiladi. Argon plazmasi uchqun razryadi orqali yoqiladi, keyin esa gorelkaning yuqori qismiga o’ralgan yuqori chastotali induktiv g’altak yordamida uning bir tekis yonishi ta’minlanadi. Bu holda, plazmadagi zaryadlangan zarrachalarning kuchli halqali toki paydo bo’ladi (erkin elektronlar va Ar+ ionlarining). Argon plazmasining temperaturasi gorelkaning balandligi bo’ylab 6000 0S dan 10000 0S gacha o’zgaradi.
Qo’zg’atishning bu usuli o’zining har yoqlamaliligi (bunday yuqori temperaturalarda ko’pchilik elementlar qo’zg’aladi), yuqori sezgirligi ( % mass., har xil elementlar uchun), yaxshi takrorlanishi ( ), va keng oraliqdagi konsentrasiyalarni aniqlashi bilan xarakterlanadi. Bu atomizatorni amalda ishlatishga to’siq bo’lib turgan asosiy narsa uning va unga sarf bo’ladigan gazning o’ta qimmatligidir. Shunga qaramasdan hozirgi vaqtda AES da atomlash va qo’zg’atish manbai sifatida induktiv bog’langan plazma eng ko’p ishlatiladi.


ChIZIQLI SPEKTRLARNING HOSIL BO’LISh JARAYoNI
Emission spektr olish uchun ishlatiladigan yuqorida ko’rib o’tilgan hamma atomlash va qo’zg’atish manbalari yuqori temperaturaga ega. Bunday temperaturalarda hamma moddalar bug’lanadi va ularning molekulalari alohida atomlarga ajraladi. Bunday sharoitda ular katta tezlikka, katta kinetik energiyaga ega bo’ladi. Bunday energiyaga ega bo’lgan atomlar bir-biri bilan to’qnashganda ularning ichki energiyasi ortib qo’zg’algan holatga o’tishi mumkin. Qo’zg’algan atom ma’lum vaqtdan so’ng o’z o’zidan odatdagi holatiga qaytib o’zining ortiqcha energiyasini yorug’lik fotoni ko’rinishida chiqaradi. Fotonning energiyasi, atomning qo’zg’algan va odatdagi energiyalarining farqiga teng bo’ladi. . Bu ifoda yordamida nurlanishning chastotasini va to’lqin uzunligini topish mumkin.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin