12–Ma’ruza. Timsollarni o’rganuvchi va tanuvchi tizimlar



Yüklə 379,77 Kb.
səhifə7/14
tarix21.12.2023
ölçüsü379,77 Kb.
#187634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
12-ma\'ruza (Tanuvchi tizim)



Qaror qabul qilish.


12.6 - rasm.
Bu yerda:
- W-noma’lum timsollar;
- TQ-texnik qurilmalar;
- SHQA-sinflarni hosil qiluvchi algoritm;
- AM – sinflar haqida aprior ma’lumotlar
- TABT- tanishni avtomatik boshqaruvchi tizim;
- SA-sinflashtirish algoritmi;
- OʻOʻTT-oʻzini-oʻzi tanuvchi tizimlar;
- SQ-sinflashtirish qoidasi.
4. TTTlarni sinflashtirishning toʻrtinchi tamoyili - timsollarni tanishda belgilar haqidagi ma’lumotlarning tiplarini oʻrganishdan iborat.
TTT belgilar haqidagi ma’lumotlar tipiga qarab determinalli, ehtimolli, mantiqiy, strukturali (lingvistikali) va kombinatsiyalashgan tizimlarga boʻlinadi.
TTTni sinflashtirish 12.7-rasmda keltirilgan.



12.7-rasm


Bu tizimlarni birma-bir qarab chiqamiz.
Determinallashgan tizimlarda timsollarni tanish masalalarini yechishda geometrik oʻxshashlik oʻlchovlaridan foydalaniladi. Sinflarni tavsiflash usuli sifatida sinflarda joylashgan barcha timsollarning koordinatalari ishlatiladi.
Ehtimolli tizimlarda timsollarni tanish masalalarini yechishda ehtimolli oʻxshashlik oʻlchovlaridan foydalaniladi va belgilar bilan sinflar orasidagi bogʻliqlik e’tiborga olinadi.
Mantiqiy tizimlarda belgilar sifatida mantiqiy qiymatlar qaraladi va bu belgilar asosida mulohazalar tuziladi. Bu mulohazalar Bul tenglamalar tizimi koʻrinishida ifodalangan boʻlib, oʻzgaruvchilar sifatida belgilar va noma’lum qiymatlar sinflar deb qaraladi.
Strukturali tizimlarda tanish masalasining yechish usuli sifatida timsollarni tavsiflovchi soʻzlarning grammatik tahlili qaraladi. Sinflar sifatida timsollarni tavsiflovchi soʻzlarning toʻplami qaraladi.
Kombinatsiyalashgan tizimlarda tanish masalasining yechish usuli sifatida maxsus baholarni hisoblash usullari nazarda tutiladi. Sinflarni tashkil etuvchi timsollar aralash belgilardan, ya’ni determinalli, strukturali, ehtimolli va mantiqiy belgilardan iborat boʻladi.
OTT va MTTlar O’liTT yoki O’sizTTlarga boʻlinadi [36].
O’liTTlarda TT va ularning belgilari hamda bu belgilarning qanday sinfga qarashli ekanligi, ya’ni sinflarning nomi berilgan boʻladi.
O’sizTTlarda faqat TT va ularning BT berilgan boʻlib, timsollarning qaysi sinfga qarashli ekanligi berilmaydi. Bunday tizimlar koʻp hollarda taksonomik tizimlar deyiladi, ya’ni taksonlarga qarab, timsollar sun’iy ravishda sinflarga ajratiladi.
tanish jarayoni asosan uchta qadamdan iborat:
- boshlangʻich ma’lumotlarni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash;
- BTni hosil qilish;
- HQQni qurish.
Birinchi qadam eng muhim boʻlib, bunda timsollarni tavsivlovchi belgilar tajriba yoʻli bilan aniqlanadi va tanish jarayoni ana shu aniqlangan belgilarga asoslanib olib boriladi. Agar belgilarning boshlangʻich qiymatlari yaxshi aniqlangan boʻlsa, u holda timsollarni tanish masalasi yaxshi yechiladi. Agar boshlangʻich qiymatlar yaxshi aniqlanmasa, u holda bunday belgilarni qayta ishlash kerak boʻladi.
Ikkinchi qadamda bajariladigan masala – bu timsollarni tavsivlovchi belgilardan biror sinfga xos boʻlgan alohida BTni hosil qilishdan iborat. Hosil qilingan belgilar yoki BTning samaraligini belgilovchi qat’iy ta’rif mavjud emas. Lekin ularning samaraliligi, ya’ni timsollarni tanishda talab etilgan ishonchlilikni qanoatlantirishiga qarab belgilanadi.
Hozirgi davrda BTning samaraliligini aniqlaydigan algoritmlar [1-4,8-10, 13,14,15,18,19,24] mavjud.
Uchinchi qadamda timsollarni oʻrganish jarayonida boshlangʻich belgilardan ma’lum bir sinfga xos boʻlgan BT hosil qilinadi va ushbu belgilar asosida timsollarni ma’lum bir sinfga taalluqli yoki ta’luqsizligini tanuvchi HQQ quriladi. HQQlarni qurish determinallashtirilgan va statistik usullarga boʻlinadi. Determinallashgan usullar yordamida quriladigan HQQlar bir-biri bilan toʻliq kesishmaydigan sinflar, ya’ni Ǿ ga asoslanadi. Statistik usullar yordamida quriladigan HQQlar bir-biri bilan kesishadigan sinflar, ya’ni Ǿ ga asoslanadi.

Yüklə 379,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin