12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə8/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

5.Dunyoqаrаshning tаriхiy tiplаri.

Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili. Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu ma’noda, har qanday dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega bolib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga ta’siri va mehnati jarayonida vujudga keladi. Har bir davrda ijtimoiy guruh, jamiyat va avlodning o‘z dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u m a’lum bir jarayonda takomillashib boradi. Uning shakllari o‘zgaradi, tarixiy ko‘rinishlari muttasil yangilanib turadi. M a’lumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyoqarash nihoyatda oddiy bolgan. Agar shunday bolm aganida, har qanday jism o‘z hajmiga teng suyuqlik miqdorini siqib chiqarish xossasiga ega ekanini kashf etgan qadimgi zamonning buyuk olimi Arximed hammomdan yalang'och holda chiqib, «Evrika!», ya’ni «Topdim!», deya qichqirmagan bo‘lar edi. Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin takomillashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qilingan kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, uning bilimlar doirasi kengayib ketganini ko‘rsatadi. Bunda vorislik an’anasi yaqqol ko‘zga tashlanadi: har bir davrning dunyoqarashi, g'oyasi o‘tmishda yaratilgan m a’naviy qadriyatlarning eng yaxshilarini, ilg‘or va ijobiylarini o‘zida saqlab qoladi. Shu asosda yangi tamoyillarga ega bolgan dunyoqarash ham takomillashib boradi. Oddiy bug‘ mashinasidan kosmik raketalargacha bolgan fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol b o la oladi. Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Inson ongli ijtimoiy mavjudot bolgani bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asoslanadi. Demak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki tabaqaning o‘z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan holda borliqqa munosabatini ifodalovchi g‘oyalar, nazariyalar, bilimlar majmuasi, ruhiy holat va e’tiqod mujassami hamda ularning namoyon bolishidir. Falsafiy dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga kola, ma’naviy faoliyat bolgani bois, u borliqqa bolgan ongli, insoniy munosabatning muayyan yo‘nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlari — axloqiy dunyoqarashlarida, huquqiy munosabatlari — huquqiy, siyosiy munosabatlari — siyosiy, diniy munosabatlari — diniy, ekologik munosabatlari — ekologik dunyoqarash shakllarida o‘z ifodasini topgan. Buni tizim tarzida izohlaydigan bolsak, quyidagicha kolinish kasb etadi:

1. Axloqiy.

2. Diniy. 3. Huquqiy. 4. Siyosiy. 5. Ekologik. 6. Estetik.

Bu tizim ni tashkil qilgan nisbatan mustaqil dunyoqarash shakllari o‘zaro bogliqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi.

Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bolib, jamiyat rivojlanishining ma’naviy mezoni sifatida namoyon bolgan. Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida kishilarning tabiatga, o‘zlarining ijtimoiy hayotiga bolgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o‘z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. Yovuzlik va ezgulik o’rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmunidan dalolat beradi. Xususan, o‘zbek xalqi sivilizatsiyasi jarayonida yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og‘zaki ijod namunalari millatimiz tarixda qanday n a’naviy qiyofaga ega bolganini hanuz kolsatib turadi. Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o‘zlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash g‘oyalarining ifodasi bo‘lgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan. Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bo‘lgan e’tiqodi bilan bogliq bolib, vujudga kelishiga kola, boshqa dunyoqarash shakllari kabi, muayyan asoslarga ega. Jamiyat hayotida har qanday, shu jumladan, diniy dunyoqarashning o‘rni va ahamiyatini ham sun’iy ravishda mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu hoi ayniqsa, diniy fundamentalizm va ekstremizm insoniyat uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda yaqqol namoyon bolm oqda. Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan olganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va o lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan boglab tahlil qiladi hamda o‘ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan bogliq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda. Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan birga psixologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar ham ajralib chiqdi. Keyinchalik madaniyat, qadriyatlar va huquq kabi sohalarni olganadigan alohida yo'nalishlar ham paydo boldi. Ular olamni o‘z predmeti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy qonuniyatlarini olganishga yordam beradi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin