12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə5/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

2.O’rtа аsrlаr G’аrb fаlsаfаsi.

O’rta asrlar Yevropasida falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari. G’arb va Sharq falsafiy tafakkuri XVI asrgacha har biri o’z yo’lida rivojlangan: arab musulmon Sharqida va Ispaniyaning arablar istilo qilgan qismida falsafaga dinning ta’siri Yevropa va Sharqiy Osiyodagidan kamroq bo’lgan. Bu davrda arab musulmon fani rivojlanishda Yevropa fanidan ancha ildamlab ketgan. Xitoyda ham fan, garchi din ta’siri ancha kuchli bo’lsa-da, Yevropadagidan ilg’orroq bo’lgan. Ayrim Sharq faylasuflari o’z asarlarini antik davr mutafakkiri Demokritning atomlar haqidagi ta’limoti, Empedokl elementlari, Pifagor matematikasi, Platon g’oyalari, Aristotelning falsafiy va tabiiy-ilmiy merosi, ayniqsa uning mantiq tizimi ta’sirida vujudga kelgan ilmiy-falsafiy an’ana ruhida yaratganlar.

Yevropa falsafasida materializm o’rta asrlarda Sharqdagidek keng tarqalmagan va madaniyatga kuchli ta’sir ko’rsatmagan. U sxolastikada realizm bilan bir qatorda paydo bo’lgan nominalistik falsafa ko’rinishida rivojlangan va avval ayrim narsalar va hodisalar, so’ngra ularning in’ikoslari narsalarning nomlari sifatida talqin qilinuvchi umumiy tushunchalarda mavjud, degan g’oyadan kelib chiqqan. Ammo falsafani ilohiyotga qaram qilishga harakat qilgan din mafkuraning hukmron shakli sanalgan.

Ilk o’rta asrlarda falsafiy tafakkur rivojlanishining asosiy shakllari apologetika va patristika bo’lgan. Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va Shimoliy Afrikaning ellinlashgan markazlarida xristianlikning tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika, ya’ni xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan.

Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta’limoti – patristika (lot. pater – ota) paydo bo’lgan. Patristikaning eng yorqin vakili Gippon (Shimoliy Afrika)dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-430)dir. U o’rta asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko’pgina vakillariga kuchli ta’sir ko’rsatgan.

Avgustin «haqiqiy falsafa va haqiqiy din»ni bir deb hisoblagan. Xristianlik asoslarini u Platon falsafasidan topishga harakat qilgan. Uning fikricha, Platon g’oyalari – «bu ijodkor ijodga kirishish oldidan yuritgan mulohazalar»[1]dir. Xudo dunyoni yo’qlikdan yaratgan. Inson panoh topishining asosiy yo’li uning xristian cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy shahar»ning Yerdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining ikki qarama-qarshi turini tahlil qiladi: birinchi – «dunyoviy shahar», ya’ni «Xudoga nisbatan nafrat darajasiga ko’tarilgan o’z-o’ziga bo’lgan muhabbatga» asoslangan davlatchilik; ikkinchi – «o’z-o’ziga nisbatan nafrat darajasiga ko’tarilgan Xudoga bo’lgan muhabbat»ga asoslangan «ilohiy shahar». Avgustinning eng mashhur asarlari: «Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba».

Avgustin ikki muhim muammo: shaxs dinamikasi va kishilik tarixi dinamikasi muammolarini yechishga harakat qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning o’zligini, uning ruhiy holatlarini o’rganadi. Avgustin shaxsning ichki dunyosini uning go’daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida shakllanadigan davrgacha tavsiflaydi. U shaxsga nisbatan zo’rlik ishlatishning har qanday shakllarini (maktabda bolaga zo’rlik ishlatishdan davlat darajasida zo’rlik ishlatishgacha) qoralaydi. Avgustin shaxs erkinligi muammosini ilgari suradi. Oradan bir necha asrlar o’tgach, ayni shu muammo ekzistensializm vakillarida Avgustin falsafasiga nisbatan qiziqish uyg’onishiga sabab bo’ldi. Avgustin inson subyektiv tarzda erkin harakat qiladi, lekin uning barcha harakatlarini u orqali Xudo bajaradi, deb hisoblagan. Xudoning borlig’ini insonning o’zligidan, inson tafakkurining o’z-o’zi uchun ishonchliligidan keltirib chiqarish mumkin. Avgustin shaxs uchun o’zlikning rolini ko’rsatib berdi. Zero «Men» - tashqi dunyodan ajralib chiqadigan va hatto undan «berkinib» oladigan intim mavjudot. Avgustin inson o’z «Meni»ni qanday kashf etadi, degan savolga javob topishga harakat qiladi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin