12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


Оngning kеlib chiqishi vа mаvjudligi muаmmоlаri



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə7/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

4.Оngning kеlib chiqishi vа mаvjudligi muаmmоlаri.

Inson azal-azaldan o‘zigagina xos bo‘lgan ongning nima ekanligi

to‘g‘risida o‘ylab bahslashib keladi. Bu bahslarning bir jihati, ong tabiat mahsulimi

yoki inson ongi ilohiy yaratilganmi? Degan masaladan iborat. Ikkinchi jihati esa,

inson dunyoni doimo bir xil anglaganmi? Ya'ni, asrlar davomida inson ongi

takomillashib kelganmi yoki hamon o‘sha-o‘shami? Degan muammo bilan bog‘liq.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, ongning tabiatini anglash masalasi – eng

qadimiy falsafiy masalalardan biri deyish mumkin. Garchand ong va uning turli

xususiyatlari insonga xos hodisa sifatida psixologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi

fanlarning tadqiqot mavzi doirasiga kirgan bo‘lsa-da, ongning mohiyati, uning turli

ko‘rinishlari o‘rtasidagi munosabat kabi masalalarni o‘rganish bilan aynan falsafa

shug‘ullanadi.

Ongni diniy tushunish uni ilohiy hodisa, Xudo yaratgan mo‘jiza tarzida talqin

qilishga asoslanadi. Ko‘pgina dinlarda inson ongibuyuk ilohiy aqlning mittigina aks etishi, namoyon bo‘lishi shakli tarzida tavsiflanadi. Inson tanasidagi ruh bizning istak va fikrlarimizning tashuvchisidir. Jon o‘lishi bilan ong ham o‘ladi. Bunday

qarashlarning ildizi juda qadimiy bo‘lsa-da, hamon o‘zining ko‘plab tarafdorlariga

ega. Zero, u olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong ham Yaratganning

qudrati ekanligini tan olishi tabiiy. Shu tariya bashariyat tarixida animizm – odamlar, hayvonlar hayoti, narsalar va hodisalarga jon va ruhlar ta'sir ko‘rsatishiga bo‘lgan e'tiyod paydo bo‘ldi, shu asnoda shakllangan dunyo haqidagi tasavvurlar ekyinchalik u yoki bu tarzda turli dinlar negizini tashkil etdi.

XVIII asrga kelib ongning bevosita inson miyasi faoliyati bilan bog‘lashga

harakat qilgan qarashlar ham shakllandi. Ayni paytda materialistik yo‘nalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo bo‘lgan. Falsafa tarixida ―Vulgar materializm‖ deb nom olgan oqim namoyondalarining qarashlari bunga misol bo‘la oladi. Ularning fikricha xuddi jigar safro ishlab chiyqani kabi miya ham ongni ishlab chiyaradi. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, balki moddiy hodisa, degan xulosa chiyadi. Vaholanki, safroni ko‘rish mumkin, ammo ongni ko‘rib ham, ushlab ham, o‘lchab ham bo‘lmaydi.

Ongning mohiyatini anglashda uni ijtimoiy hodisa sifatida olib qarash muhim

ahamiyatga ega. Insonni hayvonot olamidan ajralib chiyishida va biologik

mavjudotdan ijtimoiy mavjudotga aylanishida muhim rol o‘ynagan omillar ongni ham shakllanishida zamin bo‘lib xizmat qilgan. Bu omillar sifatida uzoq ajdodlarimizning birgalikda hayot kechirishlari, o‘zaro axborot uzatishga bo‘lgan ehtiyoj, atrof-muhit sharoitiga 2sun'iy2 ravishda moslashishga bo‘lgan moyilligi va nihoyat, ―mehnat‖ qilishga o‘rgana borishini ko‘rsatish mumkin. Ana shu omillar ta'sirida oxir-oqibat insonning tashqi muhitni o‘zgartiruvchi faolligi namoyon bo‘lib borgan. Ongimizdan muhim o‘rin olgan mavjud bilimlarimiz uzoq davom etgan ham tabiiy, ham ijtimoiy evolyutsiya jarayonining mahsuli ekanligi shundandir.

Yangi davrda ong aqidagi tasavvurlar ancha kengaydi. R.Dekart (1596-1650 y)

ongni tafakkur bilan tenglashtirib, uni umumiyroq tusdagi ―ruhiyat‖ tushunchasidan ajratdi va ongni mustaqil erkin fikrlovchi substantsiya deb hisoblab, yonma-yon joylashgan boshqa – ko‘lamli, fikrlamaydigan, moddiy substantsiyaga qarshi qo‘ydi.

Dualizm deb nomlangan mazkur falsafiy yondashuv keyinchalik ongning tabiatini

tushunishga nisbatan ikki qarama-qarshi yondashuvni yuzaga kelishiga zamin

hozirladi. Shulardan biri ruhiyatni jismoniyga (Gobbs); ma'naviyni – moddiyga

bog‘lash bilan tavsiflanadi. Ikkinchi yondashuv sub'ektiv (Berkli, Yum, Fixte, Max va boshqalar) va ob'ektiv (Platon, Foma Akvinskiy, Gegel) idealizm bilan bog‘liq bo‘lib, moddiy va jismoniy narsalar va hodisalarni ikkilamchi, ideal, ma'naviy, ruhiy narsalar va hodisalar mahsuli deb tushunishi bilan ajralib turadi. Ikkala yondashuv ham nemis klassik falsafasida faol rivojlantirildi. Masalan, Gegel individual ongga butun rivojlanish negizi sanalgan mutlaq g‘oyaning pirovard shakllaridan biri sifatida yondashdi. Bu erda ong tarixan belgilangan faol asos sifatida tushuniladi. Mazkur asosda uning strukturasi darajalari, xususan, hissiy, mantiyiy, individual va ijtimoiy darajalar farqlanadi..




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin