12-mavzu: inklyuziv ta’lim modellari reja: Inklyuziv ta’lim tushunchasi



Yüklə 329,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix13.12.2022
ölçüsü329,07 Kb.
#74419
  1   2   3   4
12-seminar Inklyuziv ta\'lim modellari



12-MAVZU: INKLYUZIV TA’LIM MODELLARI 
 
REJA: 
1. Inklyuziv ta’lim tushunchasi 
2. Inklyuziv ta’lim madaniyati 
3. Inkyuziv ta’limning maqsad va vazifalari. 
4. Inklyuziv ta’Iimda resurs pedagog va uning vazifalari. 
Tayanch tushunchalar: inklyuziya, inklyuziv, inklyuziv ta’lim, integratsiya, 
resurs, resurs pedagog. 
Inklyuziv ta’lim tushunchasi. Inklyuziv ta’lim (ingliz tilidan olingan bo‘lib, 
inclusive, inclusion - uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish 
ma’nolarini bildiradi) nogiron va sog’lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlami 
(diskriminatsiyani) bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim 
sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar 
yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga 
yo'naltirilgan umum ta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovcbi ta’lim tizimidir. 
Inklyuziv ta’lim siyosati turli xil ehtiyojli bolalaming ta’lim olishini qo‘llab-
quwatlaydi, va yutoqga erishishiga yordam beradi hamda yaxshi hayot qurishiga 
imkon yaratadi. Inklyuziv ta’lim umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha 
bolalarga mos bo‘lgan ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalaming 
ta’lim olishiga oid qo‘shimcha inoslamalami tashkil qilib, qulay sharoit yaratadi. 
Inklyuziv ta’lim turli xil ehtiyojli 
bolalaming ta’lim olishiga qaratilgan metodologiyani rivojlantirishga harakat 
qiladi. Inklyuziv ta’lim turli xil ehtiyojlami 188 qondirishga qaratilgan ixcham 
turdagi dars berishga yondashadigan ta’limni ishiab chiqishni amalga oshiradi. 
Agarda inklyuziv ta’limni tatbiq etishda dars berish, o'qitish bir muncha samarali va 
unumli bo‘lsa, bu nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar balki barcha bolalar uchun 
foydali boladi. Inklyuziv ta’Km maktablari bolalaming bilim olishi uchun shaxsiy 
huquqlarini himoyalaydi.Bunday yondashuv diskriminatsiyani bartaraf etadi
kamaytiradi. 
Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim-tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng 
dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormoqda.Maxsus ta’lim imkoniyati cheklangan 
bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan 
bolalaming ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bo'lmaydi degan 
taxminlar asosida qurilgan. Maxsus ta’lim butun dunyoda maktab yoki intemat 
shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining uncha katta bo‘lmagan qismi 
sifatida faoliyat yuritadi.Imkoniyati cheklangan bolalaming maxsus ta’lim tizimida 
o‘qitilishi ulaming maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib 
ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek, ulaming o‘z oilasidan uzoqda bo‘lishga 
majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o‘rganib qoladilar, o‘z-o‘ziga xizmat 
qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko‘plab maxsus 
ehtiyojli 


bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda 
alohida yordamga muhtoj bolalaming rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson 
xususiyatlari va qobiliyatlariga ko‘ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim 
olishini amalga oshirish maqsadida inkyuziv ta’lim siyosati faol amalga 
oshirilmoqda. 

Yüklə 329,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin