11-Mavzu: Genlarning komplementar ta’sirini o’rganish. Mashg’ulotning maqsadi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#178538
  1   2   3   4

11-Mavzu: Genlarning komplementar ta’sirini o’rganish.
Mashg’ulotning maqsadi: Genlarni komplementar ta’sirini, birinchi F1 va ikkinchi F2 avlodda naslga o’tish qonuniyatlarini, ota va ona organizmlarda bir hil belgisi bilan farq qiladigan o’simliklarni chatishtirish misollarida o’rganish.
Mashg’ulot bo’yicha umumiy ma’lumotlar: Genlarning o’zaro ta’siri.
Organizmlardagi belgilar G.Mendel qonunida ko’rsatilganidek faqat bitta gen ta’sirida emas, balki bir necha juft noallel genlarning o’zaro ta’sirida ham irsiylanadi. Noallel genlar xromosomalarning har xil lokuslarida joylashgan va har xil oqsillar sintezini ta’minlovchi genlardir. Noallel genlarning o’zaro ta’siriga:
epistaz, komplementarlik, polimeriya misol bo’ladi.
Komplementar ta’sir
Komplementariya so’zi inglizcha “complement”– to’ldirish degan ma’noni anglatadi. Noallel genlar bir-birini to’ldirishi natijasida yangi belgi rivojlanadi. Belgining rivojlanishiga ta’sir etuvchi noallel genlarning ta’siri tufayli F2 avlodida belgilarning ajralishi 9:7; 9:6:1; 9:3:4; 9:3:3:1 nisbatda bo’ladi. Masalan, noallel genning har biri mustaqil ravishda yangi belgini yuzaga chiqarsa, F2 da ajralish 9:3:3:1 nisbatda bo’ladi.
Komplementar irsiylanishga misol qilib qush boquvchi havaskorlarga tanish bo’lgan avstraliya xoldor to’tilarining pat rangining irsiylanishini olish mumkin. Xoldor to’tilarning pat rangi oq, sariq, havorang, yashil bo’ladi. Agar havorang patli to’ti oq patli to’ti bilan chatishtirilsa, birinchi avlodda patning havorang belgisi dominantlik qiladi. Birinchi avloddagi erkak va urg’ochi havorang to’tilar o’zaro chatishtirilsa, olingan F2 avlod to’tilari orasida esa 75 % havorang, 25 % oq rangli bo’ladi. Xuddi shunday holatni biz sariq patli to’tilar bilan oq patli to’tilarni chatishtirganda ham ko’ramiz. Bu tajribada birinchi avlod to’tilari sariq patli bo’lib, ularning erkak, urg’ochilari bir-birlari bilan chatishtirilsa, hosil bo’lgan ikkinchi avlodda 75% to’tilar sariq, 25 % to’tilar oq patli bo’ladi. Har ikki tajriba tafsilotini tahlil qilib, xoldor to’tilarda pat rangi bittadan gen ta’sirida rivojlanadi degan xulosaga kelish mumkin. Ammo mazkur xulosa havorang patli to’tilar bilan sariq patli to’tilarni chatishtirishda o’z tasdig’ini topmaydi. Chunki keyingi chatishtirishdan olingan birinchi avlod to’tilarining pati yashil rangda bo’ladi. Ularning erkak va urg’ochilarini chatishtirib olingan ikkinchi avlodda esa xuddi diduragay chatishtirishga o’xshash 4 ta fenotipik sinf (8-jadval) hosil kelib chiqadi.
8-jadval

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin