10-mavzu: global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqirozning oqibati


-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar



Yüklə 44,55 Kb.
səhifə4/18
tarix03.04.2023
ölçüsü44,55 Kb.
#92733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
10- Mavzu

2-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar
7-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
(7-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
(7-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.08.00.00 Davlat ta’minlash organlarining o‘zaro va chet davlatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan bo‘lgan munosabatlari]
8-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalar
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi (bundan buyon matnda Idoralararo komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2752-sonli qarori bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar (bundan buyon matnda hududiy idoralararo komissiyalar deb yuritiladi) qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
(8-modda uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.07.00 Prokuratura organlarining tashkiliy tuzilmasi va faoliyatiga oid boshqa masalalar]

Yüklə 44,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin