1. Yurakning tuzilishi va joylashuvi. Yurak avtomatiyasi, o’tkazuvchi tizimi va vazifalari. Yurak sikli va uning asosiy ko’rsatkichlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə7/8
tarix24.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#160590
1   2   3   4   5   6   7   8
Dinamokardiografiya- Yurak faoliyatining mexanik o’zgarishlarini yozib olish usullaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu usulni Ye.B.Babskiy hamkasblari bilan ishlab chiqqan. Yurakning ko’krak qafasidagi harakati va qonni qon tomirlarda siljishi natijasida, odam yotgan joyda nisbatan ko’krak qafasi og’irlik markazini o’zgarishini yozib olish usuli.
Exokardiografiya (Exo KG) Ultra tovush yordamida yurakning mexanik faoliyati va tuzilishini qayd qilish usuli. Bunda ultra tovush, yuqori chastotali (2,25-3 m Gts gacha) shaklida odam tanasi orqali o’tib, asbob yordamida qabul qilinadi. Exosignal ostsillograf ekranida ko’rinadi yoki fotoplenkaga yozib olinadi. Yurak tsikli fazalarida uning mexanik aktivligini baxolash uchun ExoKG doimo EKG bilan bir vaqtda yozib olinadi.
Elektrokordiografiya. Ishlayotgan yurakning bioelektrik potentsiallarini yozib olib, yurak muskullarini tekshirish usuli. Normal sharoitda yurakning bo’lmacha va qorinchalari ketma-ket qo’zg’alib turadi, natijada yurakning qo’zg’algan va qo’zg’almagan qismida potentsiallar farqi hosil bo’ladi, yurak elektr toki manbai bo’lib qoladi. Tana to’qimalari elektr o’tkazuvchanlik hossasiga ega bo’lgani uchun yurakning elektr tokini tana yuzasidan maxsus asboblar yordamida yozib olish mumkin.
Yurak tsikli vaqtida yurakning elektr maydonini ikki nuqtasida potentsiallar farqini yozib oluvchi egri chiziqqa – elektrokardiogramma (EKG) deyiladi, tekshirish usuli esa elektrokardiografiya deyiladi.
EKG birinchi bo’lib 1887 yil A.D. Uoller tomonidan yozib olingan bo’lib, keng qo’llanilmagan. V. Eyntxoven, A.F.Samoylov, T.Lьyuis, V.F.Zelenin va boshqalar (1903 y) joriy etgan usul keng ko’llamda qo’llanilmokda.
EKG diagnostik usul bo’lib tibbiyotda keng qo’llaniladi, bu usul yurak faoliyatida bir qator buzilishlar harakterini aniqlashda keng qo’llanilmokda.
Hozirgi vaqtda EKGni qayt qilish uchun maxsus pribor elektrokardiograflar, elektron kuchaytirgich va ostsilograflar qo’llanilmokda. Qayd qilingan egri chiziq harakatlanayotgan qog’ozga chizilib boriladi. EKG yozib olishni yangi-yangi takomillashgan usullari kashf qilinmoqda. Jismoniy ish vaqtida masofadan turib yozib olish, radioaloqa orqali EKG teleelektrokardiografga uzatiladi. Huddi shu yo’llar bilan kosmonavtlar, akvalanglar, alpinistlar va sportchilarda yozib olish mumkin. Yurak ko’krak qafasida simmetrik ravishda yotmaganligi va odam gavdasi o’ziga xos shaklda bo’lganligi sababli yurakning qo’zgalgan (-) va qo’zg’almagan (+) sohalarida elektr kuch chiziklari butun tana yuzasida bir tekis taqsimlanmaydi. Shuning uchun EKGni yozib olish uchun potentsiallar qo’l-oyoqlardan va ko’krak qafasining ma’lum nuqtalaridan olinadi. Ko’p hollarda Eyntgoven kashf qilgan standart ulash usullari qo’llaniladi: I ulash usuli: o’ng qo’l, chap qo’l; II ulash usuli: o’ng qo’l, chap oyok; III ulash usuli: chap qo’l, chap oyoq; (rasm). Bu ulash usulida har ikkala elektrodlar aktiv hisoblanadi.
Bundan tashqari yana Goldberg taklif qilgan uchta unipolyar kuchaytirilgan usul yordamida: AVR, AVL, AVF, ya’ni aktiv elektrod o’ng qo’lga, chap qo’lga va chap oyoqqa ulanadi. Bularga qo’shimcha ravishda Vilson taklif qilgan ko’krak qafasining oltita nuqtasidan biriga aktiv elektrod o’rnatilib, ikkala qo’l va chap oyoqqa qo’yilgan elektrodlar passiv elektrod vazifasini o’taydi. Bu usul unipolyar usul bo’lib, lotin alifbosi V xarfi bilan belgilanadi. (V1, V2, V3, V4, V5, V6,)
Normal EKG da 5 ta, 3 ta musbat va 2 ta manfiy tishlar tafovut qilinadi. Bu tishlar yurakdagi qo’zg’alishlarning tarkalishini o’zida aks ettiradi. Tishlar qo’zg’algan va qo’zg’almagan orasidagi joylar orasidagi potentsiallar farqini o’zida aks ettiradi. Yozib olingan to’g’ri chiziq izopotentsial chiziq deb atalib, qo’zg’algan sohalar orasida potentsiallar farqi yo’qligini yoki qo’zgalish shu sohani to’liqligicha qamrab olganligini anglatadi. Tishlar lotin xarflari bilan belgilanadi: P, Q, R, S, T tishlar oralig’i - segmentlar deb ataladi. Tishlar va segmentlar yig’indisi esa interval deb ataladi. Uchta yirik tishlar ya’ni P, R, T yuqoriga yo’nalgan bo’lib, musbat tishlar deyiladi, ikkita kichik tish Q, S lar esa pastga yo’nalgan bo’lib, manfiy tishlar deyiladi va izochiziqdan pastda joylashadi.
R tish chap va o’ng bo’lmachalar qo’zg’galgandagi potentsiallarning algebraik yig’indisidir. Uning davomiyligi 0,1 sek ga teng. Voltaji esa 0-3 mv ga teng. RQ segmenti qo’zg’alishlarni atrio-ventrikulyar tugunga o’tayotganligini anglatib, izochiziqda 0,12-0,2 sek davom etadi.
Q R S T kompleksi qorinchalar miokardida qo’zg’alishlar paydo bo’lgani va tarqalganligini anglatadi. Shuning uchun ham qorinchalar kompleksi deb ataladi.
Qorinchalarning qo’zg’alishi, qorinchalararo to’siqning yurak uchi, o’ng so’rg’ichsimon muskul va qorinchalar ichki yuzasining depolyarizatsiyasi EKG da pastga yo’nalgan Q tish bilan belgilanadi, voltaji 0-0,3 mv. R tishlar EKG da eng yuqori tish hisoblanib, yurak asosi va qorinchalar tashqi yuzasining qo’zg’alganligini anglatadi va voltaji 0,6-1,6 mv ga teng.
S tish qorinchalar miokardini qo’zg’alishlar to’liqligiga qamrab olganligini anglatadi, endi yurakning barcha qismi elektromanfiy bo’lib qoldi. Voltaji 0,25-0,14 mv ga teng. ST segmenti har ikkala qorincha qo’zg’alganligi tufayli qorinchalar orasida potentsiallar farqi yo’qligini anglatadi va izochiziqda yotadi. T tish miokardning repolyarizatsiyasini ko’rsatadi. Bu tish EKG da eng ko’p o’zgaruvchi qismi hisoblanadi va uning voltaji 0,25-0,6 mv ga teng. T tish va keyingi R tish oraligida izochiziq chizilib, yurak 70 marotaba qisqarganda 0,4 s davom etadi. T R segmenti yurak tinch turgan umumiy pauza va diastola vaqtiga to’g’ri keladi. Q R S T kompleks davomiyligi 0,40 sekga to’g’ri keladi (0,36-0,44 s).
EKG yurak o’tkazuvchi tizimida o’zgarishlar birligini ko’rsatib beradi. Masalan P-Q interval ko’rsatkichi bo’yicha bo’lmachalardan qorinchalarga qo’zg’alishlar normal tezlikda o’tayotganligini ko’rsatadi. Q R S kompleksi esa qorinchalar miokardida qo’zg’alishlar qamrab olish tezligini ko’rsatadi va 0,06-0,1 sek davom etadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin