1. Yurakning tuzilishi va joylashuvi. Yurak avtomatiyasi, o’tkazuvchi tizimi va vazifalari. Yurak sikli va uning asosiy ko’rsatkichlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə2/8
tarix24.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#160590
1   2   3   4   5   6   7   8
1 – o’pka stvoli,
2 – chap quloqcha,
3 – chap tojsimon arteriyasining oldingi qorinchalararo shoxi,
4 – yurakning katta venasi,
5 – chap qorincha,
6 – o’ng qorincha,
7 – o’ng tojsimon arteriyasi,
8 – o’ng quloqcha,
9 – aorta yoyi,
10 – yuqorigi kavak vena
Kovak venalar quyiladigan joy o’rtasida venalararo do’ngi hosil bo’ladi. Pastki kovak vena quyiladigan joy ostida yarim oysimon klapanlar joylashadi. Bo’lmachaning ichki yuzasi silliq bo’lib, quloqcha qismida va oldingi devor sohasida tarmoqsimon muskullar joylashgan. Chap va o’ng bo’lmachalar orasida to’siq joylashgan bo’lib, uning o’rta qismida ovalsimon chuqurcha joylashgan. Embrional taraqqiyot dav-rida chuqurcha o’rnida oval teshik bo’ladi va bu teshik chap bo’lmachani o’ng bo’lmacha bilan tutashtiradi. Bola tug’ilgandan so’ng bu teshikcha bekilib ketadi, ba’zan ovalsimon teshikcha bitmasdan qolishi mumkin.
Yurakning o’ng bo’lmachasi bilan o’ng qorinchasi chega-rasida qorinchaning o’ng bo’lmacha qorincha teshigi bor. Bu teshik qorincha qisqarganda (sistolasida) uch tabaqali qopqoq (klapan) bilan yopiladi. Uch tabaqali klapan yuzasidan ingichka pay iplari boshlanadi va bu paylar borib so’rg’ichsimon muskullarga birikadi.
Natijada har bir so’rg’ichsion muskul klapanga pay iplari yordamida tutashib turadi.
O’ng qorincha qon o’ng bo’lmachadan o’ng bo’lmacha-qorincha teshigi orqali o’ng qorinchaga o’tadi. Bo’lmacha-qorincha teshigining chetida uch tabaqali klapan joylashgan bo’lib, uning tarkibida oldingi, orqa va to’siqli tabaqalar farqlanadi. Tabaqalar – endokard burmalari bo’lib, zich tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Tabaqalarni tutashish joyida biriktiruvchi to’qima o’ng bo’lmacha-qorinchali teshikni atrofini chegaralab turgan fibroz halqaga aylanadi. Tabaqalarning bo’lmachali sirti silliq, qorinchali sirti esa notekis bo’lib, bo’rtiqlaridan payli ipchalar boshlanadi.
O’ng qorincha uch qirrali piramida shaklida bo’lib, qorinchaning yuzasida muskul tutamlari bir-biri bilan kesishib murakkab muskul chigali – et to’siqlarini hosil qiladi. Qorincha devoridan bo’shlig’ ichiga chiqib turadigan uchta so’rg’ichsimon muskullarni hosil qiladi.
Uch tabaqali klapanning tabaqalari qorincha bo’shlig’iga ochilganda, qorincha diastola – bo’shashgan holda bo’ladi. Qorin-chalar sistolasida (qisqarganda) tabaqalar yopiladi. Natijada, qon bo’lmachaga qaytmasdan, o’pka stvoliga qarab yo’naladi.
O’ng qorinchadan o’pka stvoli boshlanadi, uning teshigida uchta yarimoysimon klapanlar bo’ladi. Klapanlar o’pka stvoli tomonga qarab ochiladi va qonni o’sha tomonga o’tkazib, orqaga qaytarmaydi va qon qayta qorinchaga tushmaydi.
Yurakning chap bo’lmachasi kubsimon shaklda bo’lib, uning oldingi devoridan yurakning chap quloqchasi boshlanadi. Bu yerda tojtaroqsimon muskullar joylashgan. 4 ta o’pka venasi arterial qonni yurakning chap bo’lmachaga kelib quyadi.
Yurakning chap bo’lmachasi bilan chap qorinchasi o’rta-sida chap bo’lmacha - qorincha teshigi bor. Bu teshikning chetiga ikki tabaqali klapan birikkan.
Chap qorincha konus shaklida bo’lib, bo’shlig’ining devori-dan ikkita so’rg’ichsimon muskul va et to’siqlari yaxshi ifodalan-gan. So’rg’ichsimon muskullardan klapan tabaqalari chetiga payli iplar tortilgan bo’ladi. Chap va o’ng qorinchalar orasidagi qorinchalararo to’siq muskul to’qimadan tuzilgan, faqat yuqorigi qismi fibroz to’qimali bo’lib, ikki tomondan endokard bilan qoplangan.
Qorinchaning asosida chap arterial teshik joylashgan, undan aorta boshlanadi. Aorta teshigi uchta yarimoysimon qopqoq bilan ta’minlangan. Chap qorinchaning devori o’ng qorinchaga nisbatan 2-3 marta qalinroq bo’lib, asosan miokard hisobidan yaxshi rivojlangan. Yurak devori uch qavatdan: 1) ichki qavat – endokard, 2) o’rta qavat – miokard, 3) tashqi qavat – epikarddan tuzilgan.
Endokard – yurakning ichki pardasi, yurak kameralarining ichki yuzasini, muskul so’rg’ichlarini, pay iplarini qoplab turadi. Yurakning tabaqali va yarimoysimon qopqoqlari endokard hisobiga takomil etadi. Endokard bir necha qavatdan iborat. Yurak bo’shlig’iga qaragan qavati bazal membranada joylashgan yupqa endoteliy bilan qoplangan. Endoteliy ostida subendotelial qavat joylashadi. Undan chuqurroqda muskul-elastik qavat yotadi. Bu qavat tarkibiga silliq muskul hujayralari va elastik tolalari kiradi. Endokardning miokardga tegib turgan qavati tashqi biriktiruvchi to’qimali qavat deb ataladi.
Miokard – ko’ndalang-targ’il muskul to’qimadan tuzil-gan. Bu qavat tipik miotsitlar va atipik miotsitlardan tashkil topgan. Tipik miotsitlar skelet muskulaturasidagi miotsitlardan tuzilishi jihatdan bir oz farqlanadi. Muskul tolalari bir-biridan qo’shim-cha disklar orqali ajraladi. Qo’shimcha disklar skelet muskula-turasida bo’lmaydi.
Atipik miotsitlar kelib chiqishi jihatidan muskul to’qima hisoblanadi, lekin bajaradigan funksiyasi nerv hujayralarni funksiyasini eslatadi. Bu hujayralar impulьslar ishlab chiqaradi. Impulьslar ta’sirida tipik miotsitlar qisqaradi. Morfologik jihat-dan atipik miotsitlar tipik miotsitlardan farqlanadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin