1. To’lqinlar, siltashlar orqali burulishlar To’lqinlar texnikasining tuzilishi va asoslari



Yüklə 36,23 Kb.
səhifə5/11
tarix03.05.2023
ölçüsü36,23 Kb.
#106785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Gimnastikada burilish

Yaxlit siltash – bu tur eng murakkab harakat turlaridan biri. Ularni bajarganda tananing barcha a’zolari ishtirok etadi. Qoidadagidek, yaxlit siltash – tizza, tos-son va umurtqalararo a’zolarni yozishga asoslangan harakatdir.
Gavda bilan siltash o’zida yaxlit to’lqinning bir “qismi”ni aks ettiradi.
Qo’llar bilan siltash – badiiy gimanstikada keng qo’laniladigan ifodali plastikaning muhim elementidir. Ular to’lqinlar va qo’llarning turli “mayin” harakatlari bilan birga panjalar bilan ifodali harakatlarni to’ldiruvchi qo’llar harakati “tili”ni tashkil qiladi.
Oyoqlar bilan siltashlar – oddiy qo’llar bilan siltash harakati, lekin ifodali imkoniyatlari va oyoq bilan siltash turlari qo’l bilan siltashga nisbatan chegaralangan.
Oyoq bilan siltashni bajarganda gimnastikachining harakat sifatlari: kuchli, tezkor harakatlarni amalga oshirish, tos-son bo’g’imi harakatchanligi, bo’shashish va erkin harakat qila olish qobiliyatlari namoyon bo’ladi.Oyoqlar bilan siltashning asosiy turlari siltanuvchi oyoqning harakat yo’nalishi va harakteriga bog’liqligiga qarab ajratiladi. Bu siltashlar oldinga, yonga, orqaga, shu bilan birga aylanma siltashlardirMurakkab siltashlar – yuqorida aytib o’tilgan siltashlarning barchasini yoki ko’pchiligini o’z ichiga oladi. Xarakterli misol –oldinga (yonga) yaxlit siltash bilan bir nomli oyoq bilan siltashni birga olib borish.
3. Sakrashlarning tasnifi
Sakrashlar – badiiy gimnastikadagi eng yorqin elementlardan biri bo’libgina qolmay, balki gimnastikachidan yaxshi jismoniy va texnik tayyorgarlikni talab qiluvchi murakkab harakat turlaridan biridir. Gimnastikachi sakrashni bajarganda minimal vaqt ichida esda qoladigan obrazni yarata olishi kerak.
Badiiy gimnastikada turli sakrashlarning extimolga yaqin soni asosan chegaralanmagan. Bu sakrash shaklini aniqlovchi omillar ancha ko’pligini izoxlaydi, bir sakrashda birlashadigan bu omillarning turli kombinasiyalari imkoniyatlari esa turli harakatlarni paydo bo’lishiga olib keladi. Shu sababli sakrashning moxiyatiga ko’ra qat’iy va to’liq tasniflab bo’lmaydi. Lekin, uslubiy va amaliy maqsad uchun sakrash to’g’risida ma’lum darajada tasavvurga ega bo’lish mumkin bo’lgan qisqa va qoniqarli tasnifi paydo bo’ldi.
12 – rasmda berilgan sxemada sakrashlarning eng harakterli turlari ko’rsatilgan.
Irg’ishlar – sakrashning oddiy turidir. Irg’ishlar oddiy hollarda yugurib kelmasdan, qo’llar bilan va bo’sh oyoq bilan siltanmasdan bajariladi (agar bir oyoq bilan depsinsa).
Bunday sakrash turi uchun tana a’zolarining kichik amplitudadagi erkin harakati va uchishning minimal balandligi xarakterlidir. Murakkabroq irg’ishlarda harakat uncha ifodali bo’lmagan shaklda imitatsiya qilinishi mumkin, masalan oyoq holatlarini almashtirish, burilishlar. Lekin bunday irg’ishlarda bu belgilar sakrashning umumiy qiyinchiligini o’zgartirmaydi.

Yüklə 36,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin