1. To’lqinlar, siltashlar orqali burulishlar To’lqinlar texnikasining tuzilishi va asoslari


Gimnastikada burulish va tik sakrashlarni o’rgatish



Yüklə 36,23 Kb.
səhifə2/11
tarix03.05.2023
ölçüsü36,23 Kb.
#106785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Gimnastikada burilish

Gimnastikada burulish va tik sakrashlarni o’rgatish
Oyoq uchida, yarim cho’qqayib, o’tirib, o’tkir qadam bilan, tovondan oyoq uchiga asta o’itish bilan qadamlash, purjinasimon qadam bilan, baland qadam bilan, yumshoq qadam bilan, tashlanishlar bilan yurish va boshqalar.
Yugurishning stilizatsiyalangan (ma’lum uslubga solingan) shaklidan xam shu sifatda foydalaniladi, lekin, bundan tashqari, birikmalarda sakrashga, tezkor burilishlarga, dumalashlarga tayyorlavchi harakat sifatida ham qo’llaniladi. Badiiy gimnastikada qo’llaniladigan yugurishning turlari o’tkir, baland tashlanishlar bilan, keng, qisqa qadamlar bilan (oyoq uchida) yugurishlardir.
Parter holati – mashqlarni ifodali elementlari sifatida ishlatiladigan oddiy holatdir. Bular turli (poza) holatlar, masalan o’tirish, tayanish, chalqancha, qorin bilan, yon bilan yotishga o’xshash holatlar bo’lishi mumkin.
Qoidaga ko’ra, parter holati tashkiliy ritmik, bir qator plastik birikmalar tarkibiga kiradi. Shuning uchun statik parter holat kam uchraydi, bu ko’pincha bog’lovchi holat xisoblanadi.
Parter holatni bajarish bog’lovchi harakatlarga qo’yilgan talablarga javob berishi kerak. Ko’pincha parter holatni yakuniy xolati va eng muhimi keyingi harakatlar uchun dastlabki holat sifatida ko’rish mumkin.
Bo’shashtiruvchi harakatlar ham ifodali vositalardan iborat oddiy harakatdir. Parter holat kabi dinamik sakrash va yugurishlarning aksi bo’lib, tezkor, keskin, zo’r beruvchi elementlarga qarshi turuvchi bo’shashtiruvchi harakatlardir. Bo’shashtiruvchi harakatlardan qo’llar, gavda harakatidagi kabi “yirik” elementlar harakatida (egilishlarda, muvozanat saqlashning final fazasida va boshqalar) ham foydalanish mumkin. Bo’shashtiruvchi harakatlar boshqa turdagi mashqlar bilan olib borilishi mumkin.
Bo’shashtiruvchi harakat elementlari boshqa guruh mashqlarining ko’pchiligi uchun xarakterlidir. Bu harakatni erkin, tabiiy bajarish zarurati bilan bog’liq. Haddan ortiq zo’r berish – nafaqat harakat texnikasining etishmasligi, ifodali nuqtai nazardan uning takomillashmaganligi belgisidir. Gimnastikachi eng avvalo malakaning shakllanmaganligi va harakat koordinasiyasining yaxshi emasligidan darak beradi. Fiziologik nuqtai nazardan buning aniq sabablari “tonik zo’riqish”, gimnastikachi mushaklarini etarli darajada tez bo’shashmasligi, “koordinatsion zo’riqish”dir. Birinchisi ma’lum bir mashq va mashq turini bajarishda uchraydi. Ikkinchisi gimnastikachidan tayyorgarlik darajasining umumiy belgisi sifatida chiqadi.
Badiiy gimnastika mashqlarini ijro etishni takomillashtirishda, harakatni bajarish paytida band bo’lmaydigan mushak guruhlarini tabiiy bo’shashtirib, erkin harakatga erishish juda muhim hisoblanadi.
Bunda ginastikachi tanasi a’zolariga birinchi bo’lib qo’llar va oyoqlar holatlariga e’tibor beriladi.
Ballistik harakatda, masalan oyoqlar, boshida tana a’zolarini faol tezlashish fazasida antogonist – mushaklar ishlaydi, keyin esa ular bo’shasha turib tana a’zolarini inertsiya bo’yicha erkin harakatlanishga imkon beradi. Bunday harakat koordinatsiyasining buzilishi (masalan, antogonist – mushaklarni asossiz zo’riqishi yoki ular kechikib bo’shashishi) butun bir harakat strukturasini buzilishiga olib keladi. 1.To’lqinlar, siltashlarorqali burulishlar
To’lqinlar va siltashlar – buyumlarsiz va buyumlar bilan bajariladigan mashqlarda keng qo’llaniladigan ifodali elementlar sifatida xarakterlidir. Stilistik yakunlangan to’lqinlar va siltashlar gimnastikachidan juda yaxshi harakat koordinatsiyasini talab qiladi.
Bu ayniqsa, tananing barcha a’zolari ishtirok etadigan, tananing katta a’zolaridan boshlanib qo’l barmoqlari bilan tugatilib bajariladigan harakatlarga ya’ni, yaxlit to’lqinlarga tegishlidir. To’lqinlar va siltashlarga o’xshash mashqlarda ayniqsa gimnastika harakat elementlarining ayrimlari orasidagi bog’liqlik, ularning tutashligi, shu bilan birga gimnastikachining mushak apparatiga zo’r berish va birlashtirishni navbatlashtira olish qobtiliyati ko’rinib turadi.
Mazkur mashqlarni turlari 2-jadvalda ko’rsatilgan. Ko’rinib turibdiki, mazkur mashqlar turlari to’lqinlar va siltashlarni bajarishda qanday tana a’zolari ishtirok etishi va ularning asosiy harakat yo’nalishiga bog’liqdir.
Mazkur mashqlarning keyingi konkret mashqdagi harakat koordinatsiyasi va mashqning harakat tarkibi va uning murakkabligiga bog’liq.
2. To’lqinlar texnikasining tuzilishi va asoslari

Yüklə 36,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin