1. Sotsial mobillik tushunchasiga ta’rif Uning turlari



Yüklə 46,62 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü46,62 Kb.
#195646
Sotsial mobillik


Reja:
1.Sotsial mobillik tushunchasiga ta’rif
2.Uning turlari
3.Sotsial mobillikka oid ma’lumotlar
4.Xulosa.

Sotsial mobillik deb individ yoki guruh tomonidan jamiyat stratifikatsion tizimida egallagan sotsial maqomini, statusini o'zgarishi, ya'ni insonlarning sotsial ko'chishiga aitiladi. Mobillik inglizcha mobilite- «ko'chish», «safarbarlik» ma'nosini anglatadi.


«Sotsial mobillik» termini sotsiologiyaga P.Sorokin tomonidan 1927 yilda kiritilgan. (1889 – 1968). Sorokinga ko'ra, sotsial mobillikning 2 turi mavjud: vertikal va gorizontal.Endi bularning har ikkisiga ta’rif beramiz:





  • Vertikal mobillik o'z o'rnida yuqoriga va pastga yo'naltirilgan bo'ladi. Yuqoriga yo'naltirilgan sotsial ko'tarilish, yuqoriga harakatni Pastga yo'naltirilgan-sotsial tushish, pastga harakatni anglatadi.




  • Gorizontal sotsial mobillik individning bir sotsial qatlamdan shu darajada joylashgan boshqa qatlamga o'tishini anglatadi. Mobillikning bu turi yashash joyi (migratsiya)ni, boshqa diniy guruhga (dinini o'zgartirishi va h.k.) bildiradi. Vertikal sotsial mobillik bir stratadan boshqasiga o'tishni nazarda tutadi. Vertikal sotsial mobillik hayot davomida insonning yuqori statusni quyiga, quyi statusni yuqori darajadagisiga almashishidir.

Shu bilan birga quyidagi ma’lumotlarni ham keltirib o’tishimiz mumkin:


Sotsial stratifikatsiya nazariyasi jamiyatni turli qatlamlarga bo’lish kriteriylarini ishlab chiqish bilan birga sotsial mobillik nazariyasi uchun nazariy asos sanaladi. Jamiyatning ierarxik tuzilishi doimiy va o’zgarmas emas, undagi elementlar orasida doimiy ravioshda o’zaro ta’sirlar, o’zgarishlar va harakatlar bo’ladi


Mana shu holatlar sotsiologiyada sotsial mobillik nuqtai nazaridan tadqiq etiladi. Sotsial mobillik – individ yoki guruhning jamiyat stratifikatsion tizimida egallagan sotsial maqomini,statusini o‘zgartirilishi,ya'ni insonlarning sotsial ko‘chishlaridir.
Bu yerda shaxsning bir sinfdan ikkinchi bir sinfga, bir ijtimoiy guruhdan ikkinchi bir ijtimoiy guruhga o‘tishi va jamiyat ijtimoiy tarkibida tutgan o‘rnini o‘zgarishinazarda tutilmoqda.
Shaxsning umri misolida bu uning go‘daklik, o‘smirlik, yoshlik, o‘rta yoshlik,
qarilik davrlarida namoyon bo’ladi. Undan tashqari insonma'lumot olishi, oila qurishi, hunar o‘rganishi, kasb egallashi orqali ijtimoiy o’zaruvchanlikka uchraydi va uning jamiyatdagi o‘rni - statusi o‘zgarib boradi. O‘quvchi, talaba, muhandis, nafaqaxo‘r kabi.
Jamiyat misolida bu undagi insonlar hayotida ro’y beruvchi ijtimoiy
o‘zgaruvchanlik jarayoni orqali namoyon bo’ladi. Sinflarning paydo bo‘lishi, sinflarning
bir ko‘rinishdan ikkinchi bir ko‘rinishga o‘tishi, jamiyat sinfiy strukturasining
o’zgarishi,jamiyat ishlab chiqarish kuchlari joylashuvining o’zgarishi, fan, texnika, madaniyat va sa'nat taraqqiyotida o‘z aksini topadi. Masalan, qul, dehqon, ishchi, sovxozchi, pomeshchik, kapitalist, fermer.

«Sotsial mobillik» termini sotsiologiyaga P.Sorokin tomonidan 1927 yilda


kiritilgan.Mobillik inglizcha“mobilite” so’zidan olingan bo’lib, «ko‘chish», «safarbarlik» ma'nosini anglatadi. P.Sorokin o’z nazariyasida sotsial mobillikni ikki turga ajratgan: vertikal va gorizontal sotsial mobillik.

Gorizontal mobillik individning bir sotsial qatlamdan shu darajada joylashgan


boshqa qatlamga o‘tishini anglatadi.Mobillikning bu turi yashash joyini o’zgartirishboshqa diniy guruhga o’tish kabilarda namoyon bo’ladi.Vertikal sotsial mobillik bir stratadan boshqasiga o‘tishni, ya’ni hayoti davomida insonning yuqori statusni quyiga, quyi statusni yuqori darajadagisiga almashtirishni nazarda tutadi.

Masalan, oddiy ishchining korxona prezidenti darajasiga ko‘tarilishi yoki teskari jarayon. Vertikal mobillik o‘z o‘rnida yuqoriga va pastga yo‘naltirilgan bo‘ladi.Yuqoriga yo‘naltirilgan sotsial ko‘tarilish,yuqoriga harakatni,pastga yo‘naltirilgani -sotsial tushish,pastga harakatni anglatadi.


Shunga ko‘ra, P.Sorokin ko‘tariluvchi sotsial mobillik va quyiga yo‘naltirilgan sotsial mobillik tushunchalarini ham kiritgan. Sotsial ierarxiya bo‘yicha yuqoriga ko‘tarilish ijtimoiy ko‘tarilish nomi bilan atalgan. Uning aksi esa sotsial tushish nomi bilan yuritiladi. Sotsial mobillik boshqa shaxs va guruh nuqtai nazaridanindividual va guruhiy mobillik turlariga ajratiladi.
Individual mobillik-individning boshqalarga bog‘liq bo‘lmagan holda gorizontal yoki vertikal chiziq bo‘yicha yuqoriga va pastga ko‘chishidir.
Guruhiy mobillikda ko‘chishlar guruhiy,kollektiv holda sodir bo‘ladi,u yoki bu strataning sotsial mavqe’i o‘zgaradi.P.Sorokinning fikricha, guruhiy mobillikning sababi sifatida quyidagi holatlar namoyon bo’ladi:

 sotsialistik revolyusiyalar


 chet el intervensiyasi, bostirib kirishi
 davlatlararo urushlar
 fuqarolik urushlarti
 harbiy to’ntarishlar
 siyosiy rejimlarning o’zgarishi
 eski konstitutsiyaning yangisiga almashtirilishi
 dehqonlar qo’zg’olonlari
 aristocrat zotiga mansub bo’lgan zodagonlarning o’zaro yer yuzasidan olib
borilgan urushlari imperiyaning tashkil etilishi.
Individual mobillik omillariga kasbiy-prfessional zinapoyada ko‘tarilish(malaka oshirish natijasida), ta'lim darajasi,ma'muriyatda egallagan o‘rni,ya'ni kasbiy karera bilan
bog‘liq bo‘lgan omillar kiradi.Individual mobillik siyosiy va tadbirkorlik faoliyati, armiyada va boshqa davlat institutlaridagi faoliyati bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Individual sotsial mobillik omillari – oilaning ijtimoiy maqomi,millat,ta'lim
darajasi,jismoniy va aqliy xususiyatlar,tashqi ko‘rinish,tarbiya,yashash joyi va h.k. Individual sotsial mobillikning yuqoriga yo‘naltirilgan turining eng samarali usuli – manfaatli nikohdir.
Sotsiologiyada yanaavlodlararo va avlodlar ichidagi sotsial mobillik120
ham farqlanadi. Avlodlararo mobillikda farzandlar o‘z ota-onalaridan ko‘ra yuqoriroq sotsial pozitsiyani egallashadi yoki ularga nisbatan quyi pog‘onaga tushib qoladi.Avlodlar ichidagi mobillik individning uning ota-onasining pozitsiyasiga solishtirmasdan turib o‘zining sotsial statusini o‘zgartirishini anglatadi.Individ sotsial maqomini o‘zgartirganda o‘zi uchun yangi statusni o‘zlashtirishi va bunga bog‘liq bo‘lgan o‘zaro harakat va munosabatga,muloqatga kirish muammosi yuzaga keladi.Madaniy to‘siq va munosabat,muloqat to‘siqlarini buzib o‘tish uchun individ oldingi hayot tarzini o‘zgartirishi,o‘zi uchun yangi statusning hatti-xarakatlari namunalarini shakllantirishi, ijtimoiy muhitini o‘zgartirishi lozim.Ammo hayotiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki,barcha individlar ham bunday sotsio-madaniy nazoratdan muvoffaqiyatli o‘tib, yangi stratada qulay joylasha olmaydi.Barcha ob'ektiv mezonlarga ko‘ra, yuqoriroq pog‘onaga ko‘tarilgan individ sotsio-madaniy shart-sharoitlarga ko‘ra yangi strataga kiruvchi eshik ortida qoladi,lekin u eski stratani tark etgan bo‘ladi. Uning yangi holati,yangicha tarzdagi hayot kechirishga intilishi va h.k. uni bu yerda «begona»ga aylantiradi.Individ ikki strata, ikki madaniyat orasida «osilib» qoladi.O‘xshash xolat pastga yo‘naltirilgan vertikal mobillikda ham sodir bo‘lishi mumkin.Jamiyatning yuqori qatlamlarida bo‘lish
imkoniyatini yo‘qotgan,sotsial ierarxiyaning quyi pog‘onasiga tushib qolgan inson yangi holatiga,yangi hayot tarziga moslashishga qiynaladi.Individ yoki sotsial guruhning sotsial ko‘chish oqibatida ikki sotsial birlik, ikki madaniyat orasida bo‘lish fenomeni marginallikdeb ataladi. Individlar marginallashuvi ko‘pincha gorizontal mobillik natijasida (avvalo,
migratsiya, emigratsiya,shahardan qishloqqa,qishloqdan shaharga)sodir bo‘ladi.

Ko‘p xollarda sotsial mobillik darajasi jamiyatning “an'anaviy”, “zamonaviy”, “industrial” yoki “postindustrial” jamiyat turiga tegishliligini belgilab beradi. Undan tashqari jamiyat a'zolarining sotsial mobillikni amalga oshirishdagi imkoniyatlari darajasi va sotsial mobillik turlari jamiyatning ochiq yoki yopiq turda ekanligidan darak beradi.


Jamiyatda o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi juda muhim va chetlab bo‘lmaydigan jarayon. Uni boshqarish hamda nazorat qilish maqsadida chuqur o‘ylangan uzoqni ko‘ra biluvchi siyosat olib borish lozim. Aks holda mazkur jarayon stixiyali va o‘ta irratsional tarzda kechadi. Natijada jamoatchilik ongida yuz berayotgan voqealar yuzasidan norozilik va ularning adolat mezonlariga mos tushmasligi kabi tushunchalar paydo bo‘lib, xatto ijobiy islohotlar ham salbiy qabul qilinishi mumkin. Globallashuv jarayoni bizning ijtimoiy
maydonimizda ham o‘ziga xos ravishda namoyon qilmoqda. Misol uchun makro darajada va birlamchi ijtimoiy-ishlab chiqarish tuzilmalari darajasida o‘tkazilgan qator o‘zgarishlar ijtimoiy doirada yangi tengsizlikni ifodalovchi lavozimlarni yaratdi. Mulkchilik shakllari va hokimiyat institutida qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, jamiyatdagi ayrim guruh yoki tabaqalar yo‘qolishi, yangilarining esa paydo bo‘lishi kuzatilmoqda, sotsial rollar o‘zgarib, yangi statuslar yuzaga kelayapti va hakazo. Bu holatni biz o‘z mamlakatimiz hayotida ham
kuzatishimiz mumkin. Ittifoq parchalangach, mustaqillikka erishgan ko‘plab
mamlakatlarda yangi tuzumga hali moslashmagan va ongida egalitar g‘oyalar ustun
bo‘lgan fuqarolar islohotlarga noto‘g‘ri javob bildirishi uchrab turdi. CHunki aholining deyarli barcha qismi eyforiya holatini boshdan kechirardi. Oqibatda jamiyatda yuzaga kelgan sotsial tarranglik vaziyati ayrim hududlarda konfliktli vaziyatlarni paydo qildi. Shuning uchun sotsial tengsizlik va adolat masalasini ayniqsa o‘tish davri va modernizatsiya sharoitida o‘rganish talab etiladi.

Ammo shuni aytib o‘tish kerakki, mamlakat fuqarolarida egalitar kayfiyati ustunlik qilar ekan o‘rta qatlamni shakllantirib, jamiyatning ko‘rinishini limon (rivojlangan mamlakatlarda) yoki Eyfel minorasi (Lotin Amerikasi mamlakatlarida)shakliga keltirish osonroq kechadi. Shuning uchun mazkur holatdan paytida foydalanish lozim. Shunda ko‘pchilik o‘rta qatlam vakili sifatida o‘zini yaxshi his qiladi va sinflar o‘rtasidagi masofa kamayib, norozilik kayfiyati pasayadi. Demak, o‘rta qatlamni shakllantirgach, mavjudsotsial tensizliklarning sotsial adolatga mos bo‘lishini o‘rta sinf doirasida o‘rganish va unga moslash maqsadga muvofiq.


Sotsial integratsiya va dezintegratsiya jarayonlarini o‘rganish sotsial tengsizlikni tushunish imkonini beradi. CHunki dezintegratsiya tarqoqlik belgisi bo‘lib, fikrlar va qarashlarning qarama-qarshiligini ifodalaydi. Sotsial integratsiya esa turli sotsial guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarning uyg‘unligi, birdamligini nazarda tutadi. Integratsiyaning absolyutlashuvi qaysidir ma’noda sotsial konfliktning oldini olishi mumkin. Bunda ijtimoiy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch va jamiyat rivoji inobatga olinmaydi. Asosiy urg‘u jamiyat elementlarining uyg‘unligiga qaratiladi. Platon, Gobbs, O. Kont,


E. Dyurkgeym va ayniqsa T. Parsons shu g‘oyaning tarafdori bo‘lgan. Sotsial
dezintegratsiyaning integratsiyaga zid jarayon sifatida eng keng tarqalgan ko‘rinishi umumiy sotsial qadriyatlar, sotsial tashkilotlar va institutlarning yo‘qolib ketishidir. U tizimni parchalaydi, ammo uning tarkibiy elementlariga ta’sir etmasligi mumkin.
Ko‘pchilik sotsiologlar ijtimoiy nazoratning susayishini ifodalash maqsadida mazkur tushunchani ishlatishadi. Ba’zilari esa sotsial xulq-atvor qoidalarining ta’siri pasayishiga nisbatan qo‘llaydi (U. Tomas, F. Znanetskiy). Sotsial dezintegratsiya tushunchasi shaxs yoki guruh tashkilot normalari, ya’ni qabul qilingan institutsional xulq-atvor me’yorlaridan chekinishi holatini ham ifodalaydi. Shu nuqtai nazardan uni «anomiya» tushunchasiga yaqinligini ko‘rishimiz mumkin. Sotsial integratsiya istalgan jamiyatda majburlov shakllari va stixiyali ravishda paydo bo‘lgan birdamlikka asoslanadi. Integratsiya va jamiyatdagi birdamlik bir-biriga uzviy bog‘liq. Agar jamiyatdagi birdamlik kuchsiz bo‘lsa, undagi
munosabatlarni ratsionallashtirish juda qiyin kechadi. Misol qilib aytadigan bo‘lsak,
Rossiyada121 bugungi kunda jamiyatning dezintegratsisi tendensiyasi o‘sib bormoqda. Olimlar buning asosiy sababini sotsial guruhlar va individlarning «yagona» sotsial muhitni tasavvur qilishdagi farqlarida, deb baholashmoqda. Bu erda integratsiya va dezintegratsiya jarayonlarida ratsional asos (qadriyat va maqsadlari yuzasidan konsensus) dan ko‘ra irratsional va emotsional turtki (etnomilliy, diniy va mahalliy) ustunlik qiladi. Sotsial stratifikatsiya tamoyillari tubdan o‘zgarmoqda. Rossiya jamiyati yangi asoslarga tayangan holda qayta tuzilishni boshdan kechirmoqda.O‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, shunday holatni mamlakatimizda ham ko‘rishimiz mumkin. Bizning jamiyatimiz ham mustaqillikka erishilgach, demokratiya yo‘lida yangi islohotlar natijasida transformatsiya hodisasini boshdan kechirdi. Bu sharoitda yangi sotsial tengsizliklarning vujudga kelishi va ularga nisbatan fuqarolarning o‘ziga xos fikri shakllanishi tabiiy holat. Har doim yangilik omma tomonidan qarshilik bilan kutib olinishini yodda tutmoq zarur. CHunki islohotlarni amaliyotga tez tadbiq qilish imkoni bo‘lsada, ammo fuqarolar ongida o‘zgarishlar sekin-astalik bilan qabul qilinadi. Siyosiy o‘zgarishlar bilan birgalikda mustaqillikning ilk yillarida iqtisodiy jarayonlar – ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik, inflyasiya – jamiyatning katta qismi maoshlari va
nafaqalariga ta’sir qilib, real daromadlarini sezilarli darajada kamaytirdi. Bugungi kunda mazkur ahvol ancha yaxshilandi. Mamlakatimizdagi keyingi ijtimoiystratifikatsion jarayonning rivojlanishi, sotsial strukturaning transformatsiyasi iqtisodiy va siyosiy islohotlarning tezligi va yo‘nalishiga, shuningdek, mamlakatning sotsiomadaniy xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.

O‘zbekistonda yuz berayotgan modernizatsiya jarayonini va bugungi kundalik hayotni o‘rgangan holda quyidagi holatlarni ko‘rishimiz mumkin:


1) institutsional asoslarning o‘zgarishi, ya’ni xususiy mulk paydo bo‘lishi. Bugungi kunda mamlakatda xususiy mulk miqdorining ortib borayotganini aytib o‘tish lozim.
2) rejali taqsimot tizimining o‘rniga erkin, bozor munosabatlariga asoslangan
tizimning shakllanishi bir xil imkoniyatlar sharoitida raqobat hissining shakllanishi va turli hildagi daromad olish, bandlik tizimidagi chuqur o‘zgarishlar. O‘rta va kichik biznesning rivojlanishi natijasija jamiyatimizda iqtisodiy kriteriy bo‘yicha tadbirkorlardan tashkil topgan o‘rta sinf shakllantirilmoqda. Albatta ushbu holatni ijobiy deya baholash o‘rinli.
3) ilk yillarda iqtisodiyotda kuzatilgan notekisliklar aholi ko‘p qismining turmush darajasiga salbiy ta’sir etdi, ya’ni pasayishi kuzatildi. Ammo bugungi kunda aholi daromadlari yildan-yilga orta bormoqda, jumladan, 2009 yilda123 o‘rtacha oylik darajasining o‘sishi 40 foizga, aholi daromadlari esa 26,5 foizga ko‘payganini ko‘rish mumkin.
4) sotsial anomiya, ya’ni qadriyat va normalardan tarkib topgan bir tizimning
buzilishi va yangisining xali to‘la shakllanmaganligi. Fuqarolarda iqtisodiy ong va tafakkurni shakllantirishdagi muammolar. Undan tashqari huquqiy, siyosiy tafakkur borasida ham muammolar mavjud. SHuningdek, e’tiqod masalasi bugungi kunda o‘rganilishi kerak bo‘lgan masala bo‘lib kelmoqda.
5) sotsial deprivatsiya yoki hayotiy ehtiyojlarni qondiruvchi moddiy va ma’naviy resurslarga etishish imkonining cheklanganligi, ba’zan esa bunday imkonning yo‘qligi. Deprivatsiya tengsizlikning bir ko‘rinishi bo‘lib, mazkur holatda individ yoki guruh o‘zini boshqalarga nisbatan kamsitilganday his qiladi. Uning bir qancha ko‘rinishlari bor:
iqtisodiy (daromadning noteng taqsimlanishi), ijtimoiy (prestij, hokimiyat, yuqori maqom kabilarni taqsimlashda ayrim individlarning boshqalarga nisbatan yuqori baholanishi), ahloqiy (jamiyatdagi qadriyatlar va individ dunyoqarashining mos tushmasligi), psixologik (jamiyat individni tan olmaganligi uchun unda qadriyatlar vakuumi yuzaga kelib, yangi e’tiqod, qadriyat, an’analarni qidira boshlaydi). Deprivatsiyaning sabablarini inson anglangan yoki anglanmagan bo‘ladi. Har ikki holatda shaxs ushbu holatdan chiqishni istaydi. Ammo kasta kabi stratifikatsion tizimda yashovchi insonlar deprivatsiyalar qadriyat va normalar bilan mustahkamlangani uchun chorasiz vaziyatda qoladi125. Ammo ochiq demokratik jamiyatlarda adolat istagi namoyish, konflikt va boshqa o‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston qonunchiligida fuqarolarning har biri ularning dini, millati, jinsi va boshqa sotsial xarakteristikalaridan farqli ravishda tengligi belgilab qo‘yilgan.
«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2006 yilda olib borgan tadqiqoti natijasida so‘ralganlarning aksariyati (94,7) ularning huquqlari etarli darajada muhofaza qilinayotganini aytib o‘tishgan126. Bu holat mamlakatda fuqarolarning konstitutsion huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda samarali olib borilgan siyosatdan darak beradi. Jamiyatimizda shakllangan steriotiplar tufayli barchani birday ko‘rmaslik holatlari kundalik hayotda namoyon bo‘ladi. Misol uchun genderdagi farqlar, tanish-bilishchilik, mahalliychilik, jismoniy nuqsonlarga ega bo‘lgan shaxslarga munosabat va boshqalarda buni ko‘rish mumkin.
O‘zbekistonda viloyatlararo turmush darajasi o‘rtasidagi farqlar mavjud.
Mamlakatimizda aholi jon boshiga YAMM (VRP) ning eng yuqori ko‘rsatkichlari Navoiy viloyati va Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. O‘rta darajadagi ko‘rsatkichlar Tashkent va Buxoro viloyatlarida, eng past ko‘rsatkichlar esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan va Surhondaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Aholining daromadi bo‘yicha respublika viloyatlaridagi farqlarga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida, eng quyi ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Samarqand va Jizzax viloyatlarida aniqlangan. Umuman olganda turmush darajasi indeksi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlar Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, eng yomon ko‘rsatkichlar esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surhondaryo viloyatlarida kuzatilgan. Aytish mumkinki, maoshning nisbatan past ko‘rsatkichlari ishlab chiqarishda qishloq ho‘jaligining salmog‘i yuqori bo‘lgan viloyatlarda namoyon bo‘lmoqda (Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand va Surhondaryo vil.). SHundan kelib chiqqan holda sanoat nisbatan rivojlanayotgan Toshkent shahri, Navoiy viloyati va Toshkent viloyatida maosh yuqori miqdorni tashkil etadi
.
Jamiyatning tabaqalashuvi, jumladan, kambag‘allashuv jarayoni sotsial
tengsizlikning gipertrofiyalangan shakllari paydo bo‘lishiga olib keladi. Dunyoning barcha mamlakatlarida boy va quyi tabaqa vakillari mavjud. Jamiyatda shu kabi qutblanish sharoitida o‘rta sinf salmog‘i kam bo‘lsa, «kamsitilgan» insonlarda o‘z hayotidan qoniqmaslik va bu holatning adolatsiz ekanligi borasida fikr paydo bo‘ladi. Bu holat mamlakat ichidagi bo‘linishga olib keladi. Kambag‘allik muammosi barcha mamlakatda mavjud, jumladan O‘zbekistonda ham aholining 27,5 foizi kam ta’minlanganlar toifasini tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkichni 2015 yilda 14 foiz128ga tushirish maqsadi rejalashtirilgan

Me’yoridagi tengsizlik jamiyatda sog‘lom raqobat va rivojlanishni ta’minlaydi. U ijtimoiy-iqtisodiy resurslarni samarali ishlatishga undaydi129. Insonlar o‘zining jamiyatdagi holatini adekvat baholay boshlashadi. Ular jamiyatdagi aniq farqlarni seza boshlaydi.


Jamiyatning yangi sotsial stratifikatsion modeli nafaqat ob’ektiv reallikka, balki sub’ektiv jihatdan shaxs, guruh tomonidan anglanib, sotsial tengsizlikni yumshatib, jamiyat integratsiyasiga olib keladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, jamiyatda o‘zgarishlarning sodir bo‘lish
jaryonini boshqarish hamda nazorat qilish maqsadida chuqur o‘ylangan uzoqni ko‘ra biluvchi siyosat olib borish lozim. Aks holda mazkur jarayon stixiyali va o‘ta irratsional tarzda kechadi. Natijada jamoatchilik ijobiy islohotlarni salbiy qabul qilishi mumkin.
Yangi lavozimlarning paydo bo‘lishi, mulkchilik shakllari va hokimiyat institutida qator o‘zgarishlar, jamiyatdagi ayrim guruh yoki tabaqalar yo‘qolishi, yangilarining esa paydo bo‘lishi, sotsial rollar o‘zgarib, yangi statuslar yuzaga kelishi holatlari mustaqillikning ilk yillaridan boshlab davom etib kelmoqda.

Mustaqil mamlakatlarda ittifoq parchalangach, yangi tuzumga hali moslashmagan va egalitar g‘oyalar bilan ongi to‘la fuqarolar islohotlarga noto‘g‘ri javob bildirishi uchrab turdi. Oqibatda ayrim hududlarda konfliktli vaziyatlarni paydo qildi. SHuning uchun sotsial tengsizlik va adolat masalasini ayniqsa o‘tish davri va modernizatsiya sharoitida o‘rganish talab etiladi.


O‘zbekistonda yuz berayotgan modernizatsiya jarayonini o‘rgangan holda buning quyidagi sabablarini ajratib ko‘rsatish mumkin:



  1. institutsional asoslarning o‘zgarishi, ya’ni xususiy mulk paydo bo‘lishi va uning asosida kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi.

Bugungi kunda mamlakatda xususiy mulk miqdori ortib bormoqda.

2) rejali taqsimot


tizimining o‘rniga erkin bozor iqtisodiyoti munrosabatlarining shakllanishi;

3) ilk yillarda iqtisodiyotda kuzatilgan notekisliklar aholi ko‘p qismining turmush darajasiga salbiy ta’sir etdi, ya’ni pasayishi kuzatildi.


4) sotsial anomiya, ya’ni qadriyat va normalardan tarkib topgan bir tizimning buzilishi va yangisining xali to‘la shakllanmaganligi;


5) sotsial deprivatsiya yoki hayotiy ehtiyojlarni qondiruvchi moddiy va ma’naviy resurslarga etishish imkonining cheklanganligi, ba’zan esa bunday imkonning yo‘qligi.



Jamiyatning asosiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan muassasalar sotsial institutlar deb ataladi. Oila, ishlab chiqarish, din, ta’lim, davlat — ular qadimiy davrdan hozirgacha yashayotgan insoniy jamiyatning asosiy institutlaridir. Sotsial institut — juda ham murakkab muassasa hisoblanib, rmihimi — u aniq voqelikka xos bo‘lgan hodisadir. Sotsial institutlaming jamlanmasi jamiyatning sotsial tizimi deyiladi. U nafaqat institutlar bilan, balki sotsial tuzilish, o‘zaro sotsial ta’sir qilish, sotsial rollar bilan ham o‘zaro bog‘liqdir. Sotsiologiyaga doir xulosalarning yakuni sifatida shuni aytish mumkinki, maqomlar, rollar, sotsial guruhlar o‘z-o‘zidan mavjud bo‘lmaydi. Ular jamiyatning asosiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida shakllanadi. Bu kabi qondirish mexanizmi sifatida asosiy (oila, ishlab chiqarish, davlat, ta’lim va din) va asosiy bo'lmagan (ular ancha ko‘p), sotsial tajribalar deb ataladigan va qismlarga bo‘lingan sotsial institutlar faoliyat yuritadi. Jamiyat sotsiologik tushunchalar vositasida tavsiflanganda uning bir butun tasviri ana shunday qiyofada namoyon bo‘ladi. Bu tasvirning ikki tomoni mavjud — strukturalar bilan tavsiflanadigan statistik va tizim bilan tavsiflanadigan dinamik (o'zgarish va o‘sishga moyillik). Mazkur tasvirlangan «bino»ning dastlabki asosi — bu maqom va roldir. Jamiyatni to‘liq tasvirlash uchun yana ikkita tushunchaga ehtiyoj seziladi. Ular sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillikdir (harkatchanlikdir)


Xulosa qilib aytganda, sotsial munosabatlar muammosini yangi, yuqori ilmiy darajada tadqiq qilish imkoniyatlari vujudga keldi. Endi bu muammoni konkret sotsiologik tadqiqot bilan o'rganish joizdir. Chunki Sotsiologiya nafaqat bu muammonigina emas, balki butun ijtimoiy hayot jarayonlarni keng qamrovda kompleks harakterda va amaliy natijalar asosida chuqur tadqiqot qiladi.
Yüklə 46,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin