Как использовать этот шаблон



Yüklə 1,1 Mb.
tarix30.04.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#105233
Yoritish

Ishlab chiqarishda yoritish va ularning me’yorlari


Tayyorladi: Djurabekova Shaxrizoda
Yorug’lik inson mavjudligining muhim shartlaridan biri sanaladi. U inson organizmi holatiga ta’sir etadi, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan Yorug’lik oliy asab faoliyati jarayonlarining amalga oshishini rag‘batlantirib, ishga layoqatlilikni oshiradi.

Etarli bo‘lmagan Yorug’likda inson besamar ishlaydi, tez charchaydi, oqibati shikastlanishga ham etib boradigan xato, yanglish harakatlar qilish ehtimoli ortadi. Shikastlanishlarning 5 foizi kasbiy kasallik – ishdagi uzoqni ko‘ra olmaslik (blizorukost) sabab bo‘ladi.

Etarli bo‘lmagan Yorug’likda inson besamar ishlaydi, tez charchaydi, oqibati shikastlanishga ham etib boradigan xato, yanglish harakatlar qilish ehtimoli ortadi. Shikastlanishlarning 5 foizi kasbiy kasallik – ishdagi uzoqni ko‘ra olmaslik (blizorukost) sabab bo‘ladi.

To‘lqin uzunligiga qarab, Yorug’lik qo‘zg‘atuvchi (olovrang-qizil) yoki tinchlantiruvchi (sariq-yashil) ta’sir ko‘rsatadi. Yorug’likning spektral tarkibi mehnat samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar tabiiy yoritilishda 100 foizni qabul qilinsa, qizil va shafaq rang yoritilishda u 76 foizni tashkil etadi. To‘liq yoki qisman tabiiy Yorug’likdan mahrum etilganda- Yorug’likdan ochiqish (ochlik) mumkin.

Ishchi binolarini yoritish qo‘yidagi shartlarga

Ishchi binolarini yoritish qo‘yidagi shartlarga

javob berishi kerak:

  • Ish bajariladigan yuzalarning yoritilish darajasi, shu ish turi uchun gigienik me’yorlariga javob berishi lozim.
  • Binoda yoritilishning tengo‘lchamliligi va shartlarining barqarorligi, keskin zidma-zidlikning bo‘lmasligi kerak.
  • Ko‘rish maydonida Yorug’lik manbalari tovlanish hosil qilmasligi lozim.
  • Sun’iy Yorug’lik spektral tarkibi bo‘yicha tabiiy Yorug’likka yaqinlashishi kerak.

Tabiiy yoritilish Ishlab chiqarish sharoitlarida 3 turdagi Yorug’likdan foydalaniladi: tabiiy, ya’ni quyosh, sun’iy (elektr yoki lyuminessent lampalar) va uyg‘unlashgan.
Tabiiy yoritilish qo‘yidagilarga bo‘linadi:
 Ustki (shiftlar, tomlar, shuningdek, baland perepadlar, aralash bino oralari orqali teshiklardagi Yorug’lik beradigan fonarlar orqali);
 Yonboshlama (derazalar orqali);
 Uyg‘unlashtirilgan.
Tabiiy yoritilishning etarliligi 2 omil bilan belgilanadi:
tabiiy yoritilish koeffitsienti va derazaning Yorug’lik tavsifi (Yorug’lik maydoni va Yorug’lik chuqurligi) bilan. Aloqa korxonalarida tabiiy yoritilishni hisobkitob qilinayotganda quyidagi zarur, (shart bo‘lgan) sanitariya me’yorlari, deraza maydonlari – F0 ning Fn maydoniga nisbatiga rioya qilish zarur.
Sun’iy yoritilish Aloqa korxonalarida ishlab chiqarish binolarini yoritish uchun sun’iy yoritishning 2 tizimi qo‘llanadi:
  • teppa-teng (simmetrik) yoki yoritg‘ichli lokalizatsiyaga joylashtirib umumiy yoritish;
  • bir vaqtning o‘zida umumiy va mahalliy yoritishdan foydalangan holda uyg‘unlashma yoritish.

Yoritilish me’yorlari quyidagi holatda 1 pog‘onaga ko‘tariladi.
  • agar ko‘rilayotgan ob’ektdan ko‘zga qadar bo‘lgan masofa 0.5 m dan ortiq bo‘lsa,Iv, Ig, IIb, IIv, IIg, III va IV razryadli ishlarda;
  • agar farqlash ob’ektlari harakatlanayotgan yuzalarda joylashgan bo‘lib, ularni ajrata bilish qiyin bo‘lsada Iv, Ig, IIb, IIv, IIg, III va IV razryadli ishlarda;
  • agar farqlash ob’ektlari harakatlanayotgan balandliklarda joylashib, ularni farqlash qiyin bo‘lsa, Iv, Ig, IIb, IIv, III va IV razryadli ishlarda;
  • insonlar doimo mavjud bo‘lgan binolarda tabiiy yoritilish bo‘lmaganida;
  • IV, V, va VI razryadli ishlar uchun jarohatlanishning yuqori xavfi bo‘lganda (notsirkulyar arralardagi ishlar);
  • O‘smirlarning ishlashi yoki ishlab chiqarish uchun maxsus mo‘ljallangan binolarda (agar ular uchun me’yoriy yoritish lyuminessent yoritilishda 300 lk dan kam yoki cho‘g‘lanma lampalarda 150 lk bo‘lsa);

Yoritilish me’yorlari quyidagi holatlarda 1 pog‘onaga pasayadi:
  •  ishlab chiqarish binolarida, agar insonlar qisqa muddat bo‘lsa;
  •  doimiy xizmat ko‘rsatish talab qilmaydigan uskunalar bilan jixozlangan binolarda.

Cho‘g‘lanish lampalar yordamida mahalliy yoritilayotganda, umumiy – lyuminessent lampalari bilan esa umumiy yoritilayotganda yoritish 100 lk dan kam bo‘lmasligi kerak.
Lyuminessent lampalar va chug‘lanma lampalarni birgalikda qo‘yidagicha qo‘llash mumkin:
 lyuminessent lampalar uchun me’yorlar bo‘yicha 1 umumiy yoritish tizimida;
 mahalliy yoritish yoritg‘ichlarida belgilangan lampalar uchun me’yorlar bo‘yicha uyg‘unlashma yoritish tizimida.
Эътиборингиз учун рахмат!!!
Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin