1. Sintaksisga kirish Dastur yaratish muhiti


- misol: «Ko‘rsatkichlardan foydalanuvchi ro‘yxatlar»



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə29/34
tarix19.09.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#63802
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
1 kurslarga moljallangan Dasturlash 2 fanidan C Builder muhitida (2)

7 - misol: «Ko‘rsatkichlardan foydalanuvchi ro‘yxatlar»

Dastur tasnifi


Mazkur dasturda mustaqil ravishda dasturchilar tomonidan tez-tez ishlatiladigan, «Ikki yo‘nalishli ro‘yxat» konstruksiyasini tuzishga to‘g‘ri keladi. Bu konstruksiya nomer bo‘yicha tartiblangan strukturalar majmuini bildiradi. Unda har bir struktura o‘z tarkibida to‘plamning yaqin o‘zgaruvchilariga ikkitadan ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. Tabiiyki, struktura bu ko‘rsatkichlardan tashqari dastur uchun ba’zi foydali ma’lumotlarga ham ega bo‘ladi.
Bu misol uchun masala quyidagicha qo‘yiladi: Foydali ma’lumotlar sifatida belgilar qatorini qamrab oluvchi, ikki yo‘nalishli ro‘yxat hosil qilish imkoniga ega struktura, hamda ro‘yxatga elementlar qo‘shuvchi va ro‘yxatdan elementlarni o‘chiruvchi protseduralar tuzilsin. Bu protseduralar tugmachalar bilan biriktirilsin va ro‘yxatda saqlanuvchi ma’lumotlarni chiqarish ta’minlansin.

Muammolar


Dinamik xotira bilan ishlashda zaxiralangan ma’lumotlar blokining o‘z vaqtida bo‘shatilishini nazorat qilib borish, ya’ni bunday protsedurani nazarda tutish, zarur. Bundan tashqari, dasturni tugatishdan oldin xotiraning barcha zaxiralangan bloklari bo‘shatilishi kerak. Buning uchun «Shakllarni yopish» - «Закрытие формы» (FormClose) xodisalarni qayta ishlash protsedurasidan xotirani bo‘shatish protsedurasini chaqirish zarur.

Zarur ko‘nikmalar


Ikki yo‘nalishli ro‘yxat bilan ishlash uchun ko‘rsatkichlar va strukturalar bilan ishlash ko‘nikmalari zarur. Dasturda ko‘rsatkichga ko‘rsatkich bilan bog‘liq murakkab kostruksiyalar ishlatiladi (masalan, manzilini o‘z navbatida boshqa ko‘rsatkich saqlovchi ko‘rsatkich saqlanadigan manzilni o‘z ichiga oluvchi o‘zgaruvchiga biror qiymat o‘zlashtirishda). Bu dasturda “->” buyrug‘i ishlatiladi. Bu buyruq strukturaning bir qismi bo‘lgan, manzili shu buyruq tadbiq etilayotgan ko‘rsatkich bo‘lgan o‘zgaruvchini aniqlaydi (qaytaradi). Agar buyruq aniqlagan o‘zgaruvchi strukturaga ko‘rsatkich bo‘lsa, u holda unga shu buyruqning o‘zi yana tadbiq qilinishi mumkin. Buning oqibatida ko‘p o‘tishlardan iborat uzun konstruksiyalar paydo bo‘ladi.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin