1. Sintaksisga kirish Dastur yaratish muhiti



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə12/34
tarix19.09.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#63802
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
1 kurslarga moljallangan Dasturlash 2 fanidan C Builder muhitida (2)

1 - Misol.

Dastur tasnifi


Masala quyidagicha qo‘yiladi: Standart o‘lchovli (8x8) shaxmat taxtasiga bug‘doy donlari quyidagicha qo‘yiladi: birinchi maydonga bitta don, keyingi har bir maydonga oldingi maydonga qo‘yilgan donning ikki baravarida don qo‘yiladi, ya’ni birinchi maydonga bitta, ikkinchi maydonga ikkita, uchinchiga to‘rtta va hakazo. Taxtaning barcha maydonlaridagi donlarning umumiy sonini toping.

Zarur ko‘nikmalar


Mazkur dasturni yozish uchun quyidagi ko‘nikmalargi ega bo‘lish zarur:

  1. Shakllar yaratish uchun kamida standart panelning oddiy komponentlaridan tashkil topgan dasturlar yaratish muhitidan foydalanishni bilish. Taymer tizimli komponentdan foydalanishni bilish.

  2. O‘zgaruvchilar turlarini va ularning qiymatlari chegarasini bilish.

  3. Sonli o‘zgaruvchilarni satrga o‘tkazuvchi standart protseduralarni bilish.

  4. Shartli buyruqni ishlatishni bilish.

Muammolar


1. Mazkur dasturning asosiy muammosi unsigned __int64 turidagi satr o‘zgaruvchiga o‘tkazuvchi standart funksiyani ishlatishning va shuncha katta sonning boshqa tur o‘zgaruvchisida saqlash imkoniyatining yo‘qligidadir. Bu muammoni hal qilish uchun unsigned __int64 tur o‘zgaruvchini ikkita __int64 turiga va so‘ngra mos ravishda satrga o‘tkazuvchi standart funksiyalarni (ya’ni shu nom bilan, ammo boshqa tur uzatuvchi parametrlar bilan) yuklovchi funksiya tashkil qilingan. Dastur kodida bu funksiya alohida izoh bilan ajratib ko‘rsatilgan.

2. Mazkur dasturning ikkinchi muammosi quyidagilardan iborat: agar shaklga faqat natijaviy qiymatlarni chiqarsak, u holda dasturning ko‘rsatmali ishlashi yo‘qoladi. Bu esa bizni sikllardan foydalanishdan mahrum qiladi.


Bu muammoni sikllarni global o‘zgaruvchilardan foydalanib ishlatishni simulyatsiya qilish yo‘li bilan hal qilinadi. Shunday qilib, siklning tanasi alohida protsedura sifatida tashkil qilinadi va biror-bir xodisada u protsedura ishlatiladi, masalan, foydalanuvchi tomonidan tugmachalar bosilganda yoki taymerning holatlarida.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin