1. Sintaksisga kirish Dastur yaratish muhiti



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə15/34
tarix19.09.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#63802
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
1 kurslarga moljallangan Dasturlash 2 fanidan C Builder muhitida (2)

While buyrug‘i


while sikl buyrug‘i sharti oldindan berilgan sikl buyrug‘i deyiladi va quyidagi ko‘rinishga ega:
while (ifoda) {tana};
Ifoda sifatida C tilining ixtiyoriy ifodasini ishlatish mumkin. Tana sifatida ixtiyoriy buyruqni, jumladan bo‘sh va tarkibli (murakkab) buyruqlarni ham, ishlatish mumkin. while buyrug‘ining ishlash sxemasi quyidagicha:

  1. Ifoda hisoblanadi.

  2. Agar ifoda yolg‘on bo‘lsa while buyrug‘ining bajarilishi tugallanadi va boshqarish navbatdagi buyruqqa uzatiladi, aks holda while buyrug‘ining tanasi bajariladi.

  3. Jarayon 1-punktdan davom ettiriladi.

Quyidagi ko‘rinishdagi sikl buyrug‘i


for ( 1-ifoda; 2-ifoda; 3-ifoda ) {tana};
while buyrug‘i bilan quyidagicha almashtiriladi:

1-ifoda;
while (2-ifoda)


{
tana
3-ifoda;
}

for buyrug‘ining bajarilishidagi kabi while buyrug‘ida ham avvalo shartning bajarilishi tekshiriladi. Shuning uchun ham buyruq tanasini bajarish shart bo‘lmagan hollarda while buyrug‘idan foydalanish qulay.


for va while buyruqlarining ichida ma’lum mos turlar bilan e’lon qilingan lokal o‘zgaruvchilarni ishlatish mumkin.

do while buyrug‘i


do while sikl buyrug‘i sharti oxirida berilan sikl buyrug‘i deyiladi va sikl tanasini kamida bir marta bajarish zarur bo‘lgan hollarda ishlatiladi. Bu buyruq quyidagi ko‘rinishga ega:
do {telo} while (ifoda);
do while buyrug‘ining bajarilish sxemasi:

  1. Sikl tanasi bajariladi (tarkibli buyruq bo‘lishi ham mumkin).

  2. Ifoda hisoblanadi.

  3. Agar ifoda yolg‘on bo‘lsa, u holda do while buyrug‘ining bajarilishi tugallaniladi va navbatdagi buyruq bajariladi. Agar ifoda rost bo‘lsa, u holda bajarish 1-punktdan davom ettiriladi.

while va do while buyruqlari ichma-ich joylashgan bo‘lishi ham mumkin.


Misol:
int i,j,k;
...
i=0; j=0; k=0;
do
{
i++;
j--;
while (a[k] < i)
{
k++;
}
}
while (i<30 && j<-30);

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin