1. seminar: mavzu: qadimgi sharq tarixi manbashunosligi (4–soat) Maqsad: Talabalarda quyidagi muammolar boyicha bilim va tushunchalar hosil qilish


An'anaviy Xitoy tarixnavisligi fanida



Yüklə 249,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix11.05.2023
ölçüsü249,29 Kb.
#111394
1   2   3   4   5   6   7   8
1. seminar mavzu qadimgi sharq tarixi manbashunosligi (4–soat)

An'anaviy Xitoy tarixnavisligi fanida Xitoy tarixini sulolalar bo'yicha davrlashtirish 
xarakterlidir. Shunga ko'ra, afsonaviy «besh imperatorlar» davridan so'ng, «uch sulola» Sya, 
Shan-In va Chjou davrlari boshlandi. An'ana bo'yicha Chjou davri Chunsyu va Chjango 


davrlarini o'z ichiga olgan ikki qism G'arbiy Chjou (er.av XI-VIII asrlar) va Sharqiy Chjou (er.av 
VIII—III asrlar) ga bo'linadi. Sin sulolasi (er.av. Ill asr) o'rniga hukmronlik vaqti g'arbiy va 
sharqiy davrlarga bo'linadigan Xan sulolasi keladi. Sulolaviy davrlashtirish hozirgi tadqiqot 
talablariga javob bermaydi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotini ishlab chiqarish kuchlari va mehnat 
qurollari, tayyorlangan asosiy buyumlar bo'yicha jamiyat taraqqiyotini bosqichlarga bo'ladigan 
arxeologik davrlashtirishdan foydalanamiz. Demak, Xitoyda «uch sulola»dan oldingi davr neolit 
davriga to'g'ri keladi. Shan-In davrida qadimgi Xitoy jamiyati jezdavriga kiradi. Chun Syu davri 
(er.av. VI—V asrlar) oxiridaqadimgi Xitoyda temir davri boshlanadi.Qadimgi Xitoy tarixini 
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotimezoni asosida quyidagi davrlashtirishni ko'rish 
mumkin: 
1. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va ilk davlatlarning vujudga kelishi. (er. av. II ming 
yillik). 
2. Er. av. VIII—HI asrlarda qadimgi Xitoy. 
3. Xitoyda birmchi markazlashgan davlat-Sin imperiyasi (er. av. 221-207-yillar). 
4. Qadimgi Xitoy I—III asrlarda. 
Qadimgi Xitoy tarixiga oid juda ko'p aniq davrlashtirilgan yozma yodgorliklar mayjud. 
Bu bizgacha kitob holida yetib kelgan tarixiy asarlardir. Yozma manbalar ichida qadimgi Xitoy 
yilnomalari, eng avvalo, Lu podsholigi davrida tuzilgan er. av. VIII—V asrlar voqealari 
yoritilgan Chun Syu yilnomasi muhim ahamiyatga ega. Chun Syu matni bilan an'anaviy ravishda 
uning muallifi qadimgi Xitoy faylasufl Konfusiya nomi bog'lanadi. Yilnomalar bilan yaqin 
bog'langan, eng avalo, Shan-shu (Shiszin-qo'shiqlar kitobi) nomli kitob va boshqa qadimgi Xitoy 
tarixiy asarlari janridir.
Bu asarlarda hukmdorlar va ularning yaqinlarining so'zlari mavjud. Bizgacha yetib 
kelgan Shan-shu matni qismlarigina haqiqiy deb hisoblash mumkin. Chunki bu manbaning ba'zi 
boblari keyingi davrlarga oid. Eramizdan avalgi I asrda qadimgi Xitoyda yangi tarixiy asarlar 
paydo bo'ldi. Bu asarlar Xitoy tarixnavisligida katta o'rin tutadi. Ana shunday asarlardan bin 
Sima Syanning (er. av. 105-90-yillar) Tarixiy yozishmalari edi. Bu asar qadimgi Xitoy ijtimoiy-
siyosiy va madaniy hayoti to'g'risida boy ma'lumotlar beradi. Sima Syan tarixiy voqealarni bayon 
qilishda kishilar faoliyatini bayon qilish usulini tanlaydi. 
Sima Syanning tarixnavislik usulidan Xan tarixi muallifi Gu Garbiy Xan (er.av. 206-yil) 
sulolasining tarixini yozishda foydalanadi. Ban Gu Xitoy tarixnavisligining yangi sulolalar tarixi 
nomini olgan janr asoschisi bo'lgan. Xitoy tarixini arxeologik o'rganishda amalga oshirilgan 
ishlar muhim ahamiyatga ega. Arxeologik qazishmalar natijasida ilk Shan davriga oid Ermitou 
shahri, Chansha yaqinida boy qabrlar (er. av. Ill asr) topilgan. 
An'anaviy Xitoy tarixnavisligida ikki o'ziga xos xususiyat: - Xitoy madaniyatining 
boshqa qo'shni madaniyatlardan Xitoy davlatchiligini kelib chiqishini afsonalarga bog'lab o'ta 
qadimiylashtirish ajralib turadi. Xitoy tarixini o'rganishni o'rta asrlarda Yapon olimlan boshlab 
berdilar Yaponiyada Xitoy tarixini barcha davrlari o'rganildi. Mashhur xitoyshunos olim 
Kaydzuka Sigeki Qadimgi Xitoy davlatlarim shakllanishiga oid kapital tadqiqotlar muallifi 
hisoblanadi. Yevropada Xitoy tarixini o'rganishda fransuz tadqiqotchilari katta yutuqqa 
erishdilar. XX asr boshlarida E. Shavann Sima Syanning Tarixiy yozishmalarini tarjima qila 
boshladi. Mashhur sharqshunos olim fransuz A. Maspero Qadimgi Xitoy nomli kapital asarini 
yaratdi. AQSHda XX asrning 60-yillari oxirida Qadimgi Xitoy tarixini o'rganish xalqaro jamiyati 
tashkil topdi. AQSHda Xitoy tarixini kelib chiqishi Xitoydan bo'lgan olimlar o'rganadi. 

Yüklə 249,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin