1. seminar: mavzu: qadimgi sharq tarixi manbashunosligi (4–soat) Maqsad: Talabalarda quyidagi muammolar boyicha bilim va tushunchalar hosil qilish



Yüklə 249,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix11.05.2023
ölçüsü249,29 Kb.
#111394
1   2   3   4   5   6   7   8
1. seminar mavzu qadimgi sharq tarixi manbashunosligi (4–soat)

 
I. Tashkiliy qism: Talabalarni mashg‟ulotga jalb qilish va darsga tayorligini aniqlash: “Jahon 
hafta ichida” yoki “O‟zbekiston hafta ichida” ruknida xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
II. Yangi mavzu rejasi: 
1.Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi va tarixshunosligi tushunchasi.
2.Qadimgi Misr manbashunosligi va manbashunosligi. 
3.Ikki daryo oralig‟i (Mesopatamiya) manbashunosligi va tarixshunosligi. 
4. Kichik Osiyo manbashunosligi va tarixshunosligi, arxeologik izlanishlar. 
5.Qadimgi Eron manbashunosligi va tarixshunosligi.
6.Qadimgi Hindiston va Qadimgi Xitoy manbashunosligi va tarixshunosligi
 
Yangi mavzu qisqa bayoni: 
1.Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi va tarixshunosligi tushunchasi. 
Qadimgi Sharq jamiyatlari uzoq davom etgan notekis tarixiy taraqqiyot yo'lini bosib 
o'tdilar. Ba'zi Qadimgi Sharq mamlakatlari yuksak ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy 
taraqqiyot darajasiga erishdilar. (Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Finikiya, Kichik Osiyo
Qadimgi Hindiston va Xitoy, Eron hamda O'rta Osiyo) Bu hududlarda yuksak rivojlangan 
madaniy, iqtisodiy va siyosiy markazlar shakllandi hamda qo'shni mamlakatJarga o'z ta'sirini 
o'tkazdi. Er. av. IV—III ming yilliklarda Qadimgi Sharqning turli sivilizatsiya markazlari (Misr, 


Mesopotamiya, Hindiston) nisbatan yopiq rivojlandi. Er. av. II ming yillikning o'rtalaridan Yaqin 
Sharqning turli hududlari o'rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar o'rnatildi. Er. av. I 
ming yillikda esa bu aloqalar yanada kuchaydi va madaniyatlarning o'zaro ta'siri natijasida sharq 
madaniyatlari boyidi. Shu tarzda Qadimgi Sharq dunyosining yaxlitligi amalga oshdi. Qadimgi 
Sharq tarixini o'rganishda yozma manbalarning ayrim, uzuq-yuluq parchalar shaklida yetib 
kelishi va ularni tarixiy sharhlashning murakkabligi katta qiyinchilik tug'dirdi. Yirik sharqshunos 
olimlar G.Maspero, Ed.Meyer, B.A.To'rayev va Kembrij qadimgi tarixi mualliflari, qadimgi 
Sharq mamlakatlarinmg siyosiy, madaniy va diniy tarixi bo'yicha noyob asarlar yaratdilar. 
G'arbning ba'zi sharqshunoslari Qadimgi Sharq jamiyatini feodal tuzumga ega ekanligi 
tushunchasini ilgari surdilar. Qadimgi Sharq jamiyatining o'ziga xos xususiyati to'g'risidagi 
munozaralarda ko'pincha u yoki bu mamlakatda qullar sonining ozligi ko'rsatib o'ttlgan edi. 
Ularning sonini taxminan belgilashga to'g'ri kelar edi. Bir qancha hollarda tegishli statistika 
ma'lumotlari topilmagan, boshqa manbalardan keltirilgan qo'shimcha dalillar esa qullar 
mehnatining salmog'ini kutilgandan kamroq ko'rsatar edi.

Yüklə 249,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin