1. seminar: mavzu: qadimgi sharq tarixi manbashunosligi (4–soat) Maqsad: Talabalarda quyidagi muammolar boyicha bilim va tushunchalar hosil qilish


Qadimgi Hindiston va Qadimgi Xitoy manbashunosligi va tarixshunosligi



Yüklə 249,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix11.05.2023
ölçüsü249,29 Kb.
#111394
1   2   3   4   5   6   7   8
1. seminar mavzu qadimgi sharq tarixi manbashunosligi (4–soat)

6.Qadimgi Hindiston va Qadimgi Xitoy manbashunosligi va tarixshunosligi
Janubiy Osiyoga xos jihat taraqqiyotning merosiyligi va davomiyligidir. Qadimgi va o'rta 
asrlarda bu yerda keskin etnik o'zgarishlar yuz bermadi. Ijtimoiy munosabatlarda kasta tuzumi va 
madaniy an'analarning barqarorligi ko'rinib turadi. Qadimgi Hindistonning ko'pgina asarlari 
hozirgacha hinduizm va buddizmning muqaddas kitoblari hisoblanadi. Yozma manbalar 
bizgacha juda ko'plab yetib kelgan. Sanskrit tilini o'rganish qadimgi til grammatik asarlariga
asosan Panini grammatikasiga (er. av. IV asr) asoslanadi. 
Ijtimoiy munosabatlarni o'rganish uchun asosiy manba bo'lib, diniy-axloqiy majburiyat-
draxmalar («Manu qonunlari») siyosat san'ati to'g'risidagi (Artxashastra), muhabbat to'g'risidagi 
(Kamasutra) maxsus traktatlardan foydalaniladi. Bu manbalarda fikrlar sxolastik, an'anaviy rahda 
bayon qilingan, shu bilan birga bu asarlar qachon va qayerda tuzilganligini aniqlash mumkin 
emas. Tarixiy voqealar adabiyotda kam tilga olinadi. U ko'p hollarda yarim afsonaviy kissalarda 
aks etadi.
Yilnomalar eramizning I asrlarida Seylondagi budda monastirlarida tuzilgan va boshqa 
asosan budda ta'limotiga oid siyosiy-xo'jalik hujjatlari bo'lgan. Davlat va xususiy arxivlar yetib 
kelmagan. Hujjatlar palma daraxti barglari, po'stloq yoki mato parchasi kabi mo'rt asosda 
yozilgani uchun saqlanmagan. Bizgacha faqat eramizdan avalgi III—II ming yilliklarga oid 
o'qish qiyin bo'lgan Hind sivilizatsiyasiga oid muhrlardagi qisqa yozuvlar va Ashoki davri (er. 
av. Ill asr) yozuvlarigina yetib kelgan.
Qadimgi Hindistonda qurilish materiali sifatida asosan yog'och ishlatilgan. Tosh va 
bronza haykaltaroshligi keyingi asrlardagina paydo bo'lgan. Yana shuningdek, Hind qadimiy 
obidalarini o'rganish asoan XX asrda boshlandi. Faqat ozgina shaharlar, Moxenjo Daro, Xarappa 
katta maydonlarda qazib ochilgan. Tarixnavislik Janubiy Osiyo tarixini o'rganish XVII oxiridan 
aniqrog'i, 1784-yil Kalkuttada sharqshunoslarning birlashmasi Osiyo jamiyatiga asos 
solinishidan boshlandi. XVIII asr oxirida Sanskrit adabiyotining yodgorliklari: «Manu 
qonunlari», Kalidasining «Shakuntali » dramasi, falsafiy poema «Bxagavagita» tarjima qilindi. 
Nemis tadqiqotchilari Hindistonda jahon madaniyatining ildizini qidirdilar. XIX asrning birinchi 
yarmida Sanskrit tilining qadimgi fors, lotin va yunon tillari bilan qarindoshligi nazariyasi ilmiy 
asoslandi. XIX asrning o'rtalarida va ikkinchi yarmida hind adabiyotning yodgorliklari asosan 
vedalarni tarjima qilish va chop qilish yuzasidan muhim ishlar qilindi. Jumladan, Sharqning 
muqaddas kitoblari 50 tomli (Oksford universitetida Maks Myuller asos solgan) seriya, ko'p 
tomli Sanskrit lug'atlari paydo bo'ldi. XIX asrning oxirida T.Ris, Devids pali tilidagi matnlarini 
o'rganish va chop etish jamiyatini tashkil etdilar. 
XIX asrning 70-yillari XX asrning boshlarida Hindistonda arxeologik qazishlar 
boshlandi. Asrimizning 20—30-yillarida janubiy Osiyoning eng qadimgi hind sivilizatsiyasi 
ochildi. XX asr boshlarida hindshunoslikning umumiy konsepsiyasida yevrosentrizm an'anasi 
kuchli edi. Qadimgi hind jamiyati turg'un, mustaqil taraqqiyotga qobiliyatsiz, hind davlati 
teokratik va despotik, tafakkur chalg'itilgan va faqat diniy deb talqin qilindi.
Hindistonga makedoniyalik Iskandarning yurishini siyosiy ahamiyati bo'rttirib ko'rsatildi. 
Hind madaniyatin 

Yüklə 249,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin