1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi


Parazitizm quyidagi ko‘rinishlarda uchraydi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə4/27
tarix21.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#188979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
1. Parazitologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish ta

Parazitizm quyidagi ko‘rinishlarda uchraydi.

  • Indifferent-betaraf munosabatlar.

  • Antogonistik-qarama-qarshi munosabatlar.

  • Simbioz-o‘zaro foydali munosabatlar.

Indifferent-betaraf munosabatlar.
Ular bir xil sharoitda, bitta muhitda (hududda) yashaydi, bir-biriga zarar ham foyda ham keltirmaydi. Bularga korall poliplar, ignaterililardan–dengiz yulduzlari va dengiz nilufarlari misol bo‘ladi.
Antogonistik-qarama-qarshi munosabatlar.
Bunday munosabatda birga yashovchilarni bittasi ikkinchisiga zarar keltiradi. Bularga yirtqichlik hamda parazitlik misol bo‘ladi.
Yirtqich bilan parazit bir-biridan ajralib turadi. Yirtqichlar hamma vaqt o‘z o‘ljalaridan kuchli bo‘lib, ularni o‘ldirib to‘liq yoki qisman iste’mol qiladi (masalan, bo‘ri bilan qo‘y).
Simbioz.
Biotik munosabatlarning simbioz (yunoncha – «sim» – birga, «bios» – hayot) ko‘rinishida birgalikda yashaydigan organizmlarning har ikkalasi yoki bittasi ushbu munosabatdan o‘ziga foyda oladi.
Parazit esa o‘z xo‘jayiniga nisbatan kuchsiz, shuning uchun uni o‘ldirishga kuchi yetmaydi, faqatgina kasallantiradi. U o‘z egasining tanasida doimiy yoki vaqtincha yashab, uning hisobiga hayot kechiradi.
Simbioz munosabatning quyidagi
turlari mavjud:

  • mutualizm

  • protokooperatsiya

  • kommensalizm

Mutualizm (lotincha «mutus» – o‘zaro) – har ikki populatsiya uchun o‘zaro manfaatli va majburiy munosabat turi. Bu munosabatlarning buzilishi bir yoki har ikkala populatsiya hayotiy faoliyatini cheklab qo‘yadi.
Lishayniklar tanasidagi zamburug‘ va suvo‘tining o‘zaro simbioz usulda yashashi misol bo‘ladi.
Zamburug‘ mitselliylari suv va unda erigan mineral tuzlarni shimib, suvo‘tining yashashi uchun sharoit yaratadi. Suvo‘tida sodir bo‘ladigan fotosintez jarayoni natijasida sintezlangan uglevodlar zamburug‘ning oziqlanishi, o‘sishi va rivojlanishiga zamin tayyorlaydi.
Mikoriza – qalpoqchali zamburug‘lar va yuksak o‘simliklar o‘rtasidagi munosabat bo‘lib, yuksak o‘simliklar zamburug‘dan suv va unda erigan mineral tuzlarni shimadi, zamburug‘ esa o‘z navbatida hamkoridan uglevodlarni o‘zlashtiradi.
Dukkakli o‘simliklarning ildizida uchraydigan tugunak bakteriyalar o‘simlik ildizida joylashib, havo tarkibidagi azotni o‘zlashtiradi, azotdan avval ammiak, so‘ngra aminokislotalar sintezlaydi.
Dukkakli o‘simliklarning azotfiksatsiyalovchi bakteriyalar bilan hosil qilgan simbioz munosabati ularning tuproq tarkibida azot kam bo‘lgan joylarda ham o‘sishi va rivojlanishiga zamin tayyorlaydi va tuproq unumdorligini orttiradi.
Termitlar va ularning ichagida yashovchi bir hujayrali xivchinlilar o‘rtasidagi munosabatlar. Termitlar yog‘och bilan oziqlanadi, lekin ular sellulozani parchalaydigan fermentlari bo‘lmagani uchun uni hazm qila olmaydi. Bir hujayrali xivchinlilar esa sellulozani parchalovchi ferment sintezlab, sellulozani shakarga parchalaydi. Termitlar xivchinlilarsiz ochlikdan nobud bo‘ladi. Xivchinlilar termitlar ichagida yashash uchun qulay joy, oziq bilan ta’minlanadi.
Protokooperatsiya – (yunoncha – «protos» – dastlabki, «cooperatio» – hamkorlik) har ikki populatsiya hayot faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, ikki tomon ham manfaatdor, lekin majburiy bo‘lmagan, ya’ni har bir 70 populatsiya alohida faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘zaro munosabat turi.
Kommensalizm (fransuzcha «commensal» – hamtovoq) – birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu munosabatdan foyda oladi, ikkinchisi hech qanday naf yoki zarar ko‘rmaydigan o‘zaro munosabatning bir turi sanaladi.
O‘z navbatida kommensalizm:

  • hamsoyalik,

  • hamtovoqlik,

  • hamxo‘raklik kabi turlarga ajratiladi.

Masalan, daraxtlarning tanasi va shoxlarida epifit o‘simliklar (orxideya, yo‘sinlar) va lishayniklar joylashib oladi. Qushlar, kemiruvchi hayvonlarning uyalarida turli o‘rgimchaksimonlar va hasharotlar yashaydi. Ayrim baliqlar meduzalar va aktiniyalarning paypaslagichlari orasiga yashirinib oladi.
Hamtovoqlik – bitta oziq manbayining turli qismlarini iste’mol qilishda ifodalanadi. Masalan, tuproqda yashovchi saprofit bakteriyalar va o‘simliklar o‘rtasidagi munosabat chirituvchi bakteriyalarning o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanib, ularni mineral moddalargacha parchalashi va o‘simliklarning shu mineral moddalarni o‘zlashtirishida aks etadi.
Kommensalizmning yana bir shakli hamxo‘raklik bo‘lib, bu munosabat oziq orqali bog‘lanishlarga asoslangan. Bir tur boshqa turning oziq qoldiqlari bilan oziqlanishi hamxo‘raklik deyiladi.
Masalan, ayrim qushlar timsoh va sirtlonning, tasqara esa sherning ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Odamning yo‘g‘on ichagida yashovchi bakteriyalar odamga ziyon yoki foyda yetkazmagan holda hazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Yopishqoq baliq esa maxsus so‘rg‘ichlari bilan akulalar terisiga yopishib olib akula bilan birgalikda harakat qiladi va uning ovqatlari qoldiqlari bilan oziqlanadi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin