1. Odob -axloq tushunchasi



Yüklə 240 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix13.01.2023
ölçüsü240 Kb.
#79144
  1   2   3
Mavlayonova N I



1.Odob, xulq, axloq tushunchalariga ta’rif bering. 
2.Etikaning asosiy kategoriyalarini ko’rsating. 
3.Etiket deganda nimani tushunasiz. 
4.Estetik ong shakllarini tushuntiring. 
5.Estetika kategoriyalariga ta’rif bering. 
 
 
1. Odob
-axloq
 tushunchasi
Odob-axloq (moral) (lotincha ―moralis‖ - axloqiy; ―mores‖ - fe’l-atvorlar) 
odamning xulqini normativ tartibga solishning usullaridan biri, ijtimoiy ongning 
alohida shakli va ijtimoiy munosabatning korinishi hisoblanadi. Odobning bir 
nechta tavsiflari bor bolib, uning o’ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Odob-axloq 
jamiyatda odamlarning yurish-turishini tartibga solish usullaridan biri hisoblanadi. 
U o’zida kishilarning ushbu jamiyatda yaxshilik va yomonlik, adolat va 
adolatsizlik, loyiqlik va noloyiqlik haqida qabul qilingan tushunchalarga muofiq 
o’zaro munosabatlarining xususiyatini belgilavchi norma va tamoillarni ifodalaydi.
Odob-axloq talablariga rioya qilishlik ruhiy ta’sir kuchi bilan, jamoat fikri, 
insonning ichki ishonchi, vijdoni bilan ta’minlanadi. 
Odob-axloqning o’ziga xosligi shundan iboratki, u odamlarning yurish-
turishini hayotning barcha jabhalarida, ya’ni ish faoliyatidagi, oiladagi, kishilar 
o’rtasidagi va boshqa munosabatlarda tartibga solib boradi. Odob-axloq guruhlar 
va davlatlararo munosabatlarga ham joriy etiladi.
Odob-axloq tamoillari umumhususiyatga ega bo’lib, barcha insonlarni 
qamrab oladi, jamiyatning tarixiy rivojlanis jarayonida yaratiladigan o’zaro 
munosabatlari madaniyatining asosini mustahkamlaydi.
Insonning har qanday harakati, muomalasi turli mazmunda-huquqiy, siyosiy 
yoki boshqa bo’lishi mumkin, ammo uning xulqiy tomoni, axloqiy mohiyati bir xil 
daraja korsatkichida baholanadi.
Odob-axloq normalari jamiyatda an’analar kuchi, umumtanolingan va 
barcha tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan tartib-intizom, jamoatchilik fikri bilan 
qayta ishlanib boraveradi. Odob-axloq normalariga rioya qilinishi barcha 
tomonidan nazorat qilinadi.


Odob-axloqda javobgarlik ma’naviy va yuksak bo’ladi, yani xatti-harakatni 
qoralaydi yoki ma’qullaydi, axloqiy baho berish shaklida bo’lib odam avvalo 
anglab olishi, dildan qabul qilishi va bunga mos holda o’zining xatt-harakatlarini 
tartibga solishi va yo’naltirishi lozim bo’ladi. Bunday baho berish umume’tirof 
etilgan norma va tamoillarga, barcha tomonidan qabul qilingan zarur va zarur 
bo’lmagan, loyiq va loyiq bo’lmagan va boshqa tushunchalarga mos bo’lishi 
kerak.
Odob-axloq albatta insoniyatning turmushiga, insonniy ehtiyoji mohiyatiga 
bog’liq bo’ladi, ammo ijtimoiy va individual ong darajasi bilan belgilanadi.
Jamiyatda insonlarning xatti-harakatini boshqa shakllar qatorida odob-axloq 
ham ko’plab individlarning faoliyatlarini muvofiqlashtirishga, uni muayan ijtimoiy 
qonunlarga bo’yinsungan birlashgan umumiy faoliyatga aylantirishga xizmat 
qiladi. 

Yüklə 240 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin