1. Odob -axloq tushunchasi


 Odob -axloqning vazifasi va tuzilishi



Yüklə 240 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix13.01.2023
ölçüsü240 Kb.
#79144
1   2   3
Mavlayonova N I

2. Odob
-axloqning vazifasi va tuzilishi 
Odob-axloqning vazifalari masalasini o’rganib quyidagilarga ajratish 
mumkin:
- tartibga soluvchi,
- tarbiyalavchi,
- bildiruvchi,
- qat’iy-baho beruvchi,
- mo’ljal beruchi,
- asoslantiruvchi,
- aloqa uchun xizmat qiladigan,
va boshqa vazifalar[1].
Yuristlar uchun odob-axloqning tartibga soluvchi, tarbiyalavchi vazifalari 
birlamchi qiziqish uyg’otadi.
Tartibga soluvchi vazifa odob-axloqning birlamchi vazifasi hisoblanadi.
Odob-axloq insonning amaliy faoliyatini jamiyatning va boshqa 
odamlarning manfaatlarini hisobga olish nuqtai nazaridan yo’naltiradi va tartibga 


solib boradi. Shu o’rinda odob-axloqning ijtimoiy munosabatlarga faol ta’siri 
individual xatti-harakatlar orqali amalga oshiradi.
Odob-axloqning tarbiyaviy vazifasi inson shaxsini shakllantirish uning o’z-
o’zini anglashida ishtirok etadi.
Odob-axloq hayotning mazmuni va maqsadiga qarashlarning paydo 
bo’lishiga, inson tomonidan o’z qadr-qimmatini, jamiyat va boshqa odamlar 
oldidagi burchini, boshqalarning qadr-qimmati va huquqlariga hurmatning 
zarurligini anglab olishga xizmat qiladi. Odob-axloq bu -vazifasini insoniylik deb 
tavsiflash qabul qilingan. Odob-axloqning tartibga soluvchi vazifasi uning boshqa 
vazifalariga ham ta’sir ko’rsatadi.
Yuqorida aytib o’tilganidek odob-axloq sub’ektlari alohida shaxslar, 
shuningdek butun jamiyat hisoblangan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 
bo’lib xizmat qiladi.
Ushbu ijtimoiy munosabatlar jarayonida shaxsning axloqiy xatti-harakatlari 
o’zini o’zi tartibga solish va butun ijtimiy borliqning ma’naviy o’zini o’zi 
boshqarishi yuzaga keladi.
Odob-axloq inson hayot faolyatining barcha jabhalarini tartibga soladi. 
Insonning xulq-atvorini tartibga solar ekan odob-axloq unga nisbatan yuqori 
talablarni qo’yadi. Bundan tashqari odob-axloqning tartibga soluvchi vazifasi 
jamoat fikrining obro’siga va insonning axloqiy ishonchiga, jamiyat va shaxs haq 
bo’lmasa-da, tayangan holda amalga oshiradi.
Odob-axloqga ijtimoiy ongning muhim shakli tariqasida ham qaraladi, 
ijtimoiy munosabatning ko’rinishi sifatida ham, shuningdek insonning axloqiy 
faoliyatini tartibga soluvchi jamiyatda mavjud xatti-harakat normalari qaraladi. 
Xulqiy ong odob-axloqning, uning ideal va sub’ektib tomonini ifoda 
qiluvchi, bir qismi hisoblanadi. Axloqiy ong insonlarga ularning burchi tariqasida 
muayan xulq-atvor va xatti-harakatlarni yuklaydi. Xulqiy ong ijtimoiy 
borliqning turli ko’rinishlariga - qilmishga, uning motiviga, xatti-harakatiga, 
hayot tarziga va b.larga odob-axloq normalariga muofiqligi nuqtai nazaridan kelib 
chiqib baho beradi. Bunday baho ma’qullashda yoki rad qilishda, maqtashda yoki 
tanqid qilisgda, yoqtirish yoki yoqtirmaslikda, sevishda yoki ko’rolmaslikda 
ifodalanadi. Axloqiy ong ijtimoiy ong shakli hisoblanadi shu bilan bir vaqtda 
shaxning individual ongi doirasi ham hisoblanadi. Bu o’rinda insonning o’ziga 
o’zi vijdon, g’urur, uyat, pushaymonda bo’lish bilan va b. axloqiy sezgilari 
bilan bog’liq holda baho berishi muhim o’rin egallaydi.


Odob-axloqni axloqiy ong bilangina bog’lab bo’lmaydi.
Xulqni va xulqiy ongni birxillashtirishga qarshi chiqib, М. S. Strogovich 
yozgan edi: ―Xulqiy ong bu qarashlar, ishonchlar, yaxshilik va yomonlik 
to’g’risida g’oyalar, loyiq va noloyiq xatti-harakatlardir, xulq esa jamiyatda 
insonlarning xatti-harakatlari, ularning o’zaro munosabatlarini tartibga soluvchi 
ijtimoiy normalardir.‖
Axloqiy munosabatlar insonlar o’rtasida faoliyatlari jarayonida vujudga 
keladi. Axloqiy munosabatlar mazmuniga, shakliga, sub’ektlar o’rtasidagi ijtimoiy 
alloqa usuli bilan farqlanadi. Ularning mazmuni kimga nisbatan ba (jamiyatga ba 
odamlarga nisbatan) qanday axloqiy majburiyatlarni olishi bilan belgilanadi.
Barcha holatlarda inson oxir oqibatda axloqiy munosabatlar tizimida boladi. 
Axloqiy munosabatlarda inson xulqiy faoliyatning ham sub’ekti va ham ob’ekti 
tariqasida qatnashadi. Demak, u boshqa odamlar oldida uning o’zi jamiyatga 
nisbatan, ijtimoiy guruhga nisbatan sub’ekt hisoblanadi, ammo bir vaqtning o’zida 
u boshqalar uchun bir vaqtning o’zida axloqiy majburiyatlar ob’ekti bo’ladi, 
chunki ular uning manfaatlarini himoya qilishi, u to’g’risida g’amxo’rlik qilishi 
lozim.
Axloqiy faoliyat odob-axloqning ob’ektiv tomonini o’zida ifoda etadi.
Axloqiy faoliyat to’g’risida shunda gapirish mumkin-ki, qachonki xatti-
hararat- qilmish, xatti-harakat, ularning motivi yaxshilik va yomonlik, loyiq va 
noloyiq, va b.larning chegaralanish talablari bo’yicha baholanish mumkin bo’lsa. 
Xulqiy faoliyatning birlamchi belgisi qilmish hisoblanadi, chunki uning zamirida 
xatti-harakatning maqsadi, motivi va mo’ljal yotadi. Qilmish motivni, mo’ljalni, 
maqsadni, harakatni, qilmishning natijasini o’z ichiga oladi. Qilmishning xulqiy 
oqibati insonning o’ziga baho berishi va unga atrofdagilar tomonidan baho 
beririshidir.
Insonning doimiy yoki o’zgarib turuvshi sharoitlarda sodir etgan xulqiy 
ahamiyatga ega bo’lgan harakatlari yig’ndisi axloq deb qabul qilinadi. Insonning 
xatti-harakati axloqiy sifati, xulqiy ko’rinishining birgina ob’ektiv ko’rinishi 
hisoblanadi.
Axloqiy faoliyat faqat asoslantirilgan va maqsad sari yo’naltirilgan 
harakatlarni o’z ichiga oladi. Bu erda istak, xohishlar hal qiluvchi o’rinda turadi, 
chunki inson ularga tayanadi, ularning o’ziga xos xulqiy motivlari yaxshilik 
qilishni istash, burch hissini amalgam oshirish, ma’lum bir maqsadga erishishdan 
iborat bo’ladi.


Odob-axloqning o’ziga xos tomonlari, elementlari bor bo’lib, ular o’z ichiga 
axloqiy normalarni, axloq tamoillarini, axloqiy maqsadlarni, axloqiy mezonlarni 
qamrab oladi.
Axloqiy normalar bu insonning jamiyatdagi xatti-harakati, uning boshqa 
kishilar bilan muomalasi, jamiyatga va o’ziga nisbatan bo’lgan muomalasi 
hisoblanadi. Axloqiy normalar ijtimoiy normalar bo’lib, ularning bajarilishi 
ijtimoiy fikr, yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, ezgulik va yomonlik va 
b.lar haqida ushbu jamiyatdan olgan tushunchalar asosidagi ichki ishonch orqali 
ta’minlanadi.
Axloqiy normalar ushbu jamiyatga, axloqning ijtimoiy guruhiga mos muayan 
holatga xos xatti-harakatning mazmunini belgilaydi. Axloqiy normalar jamiyatda 
mavjud tartibga soluchi boshqa – iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, estetik normalardan 
insonlarning xatti-harakatlarini tartibga solish usuli bilan farqlanadi. Xulq, fe’l-
atvorlar jamiyat hayotida an’analar kuchi, obro’ va umumtanolingan va barcha 
tomonidan qo’llab – quvvatlangan intizom, jamoaviy fikr, muayan sharoitlarda 
lozim xulq-atvorda bo’lishga jamiyat a’zolarini ishontirish bilan amalda bo’ladi.
Oddiy odatlarda masalan tug’ilgan kunni nishonlash, armiyaga kuzastish 
kabi insonlarning bir xildagi xatti-harakatlardan farqli o’laroq, axloqiy normalar 
hafaqat umumqabul qilingan tartibda amalga oshiriladi, balki inson tasavvurida 
jamiyatda yoki muayan hayotiy sharoitda losim yoki lozim bo’lmagan xatti-
harakatning g’oyaviy asosi b’olib, unga asosan amalga oshiriladi.
Axloqiy tamoillarga quydagilar kiradi:
- insonparvarlik – insonni oily qadriyat deb bilish;
-al’turizm – yaqin kishisiga beg’araz xizmat qilish;
- rahmdillik - nimagadir muhtoj bo’lgan har qanday insonga yordamga tayorlik;
-jamoaviylik - umumiy manfaatga ko’maklashishga ongli intilish.

Yüklə 240 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin