1. Nomoddiy aktivlar tushunchasi va uni dastlabki baholash


Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi



Yüklə 30,33 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü30,33 Kb.
#169237
1   2   3
10. Nomoddiy aktivlar

3. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.
Amortizatsiya - bu nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning foydali xizmat muddati davomida tizimli taqsimlash hisoblanadi.2
Amortizatsiyalanadigan qiymatni aniqlash uchun nomoddiy aktivning boshlang’ich qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirib tashlash orqali aniqlanadi:
Amortizatsiyalanadigan qiymat = Boshlang’ich qiymati – Tugatish qiymati.
Nomoddiy aktiv qachonki foydalanishga tayyor bo‘lsa, amortizatsiya boshlanadi.
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi quyidagi ikki sananing oldingisida to‘xtatiladi:
Nomoddiy aktivlar tan olinishi bekor qilingan sanada (IAS 38);
Nomoddiy aktivlar sotish uchun mo‘ljallangan aktiv sifatida klassifikatsiya qilingan sanada (IFRS 5).
Nomoddiy aktivning balans qiymati - bu shunday qiymatki, bunda aktiv har qanday jamg‘arilgan amortizatsiya va/yoki yig‘ilgan qadrsizlanish bo‘yicha zararlarni chegirilgandan so‘ng moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda tan olinishi lozim.
Nomoddiy aktivning tannarx - bu aktivni uning xaridi yoki qurilishi paytida sotib olish uchun to‘langan pul mablag‘i va/yoki pul mablag‘i ekvivalentidagi qiymat yoki boshqa turdagi uning evaziga berilgan tovonning haqqoniy qiymati yoki, tegishli hollarda, boshqa BHXSlarning, misol uchun BHXS 2 “Aksiyaga asoslangan to‘lov” ning aniq talablariga muvofiq ushbu aktivning dastlabki tan olinishidagi qiymat hisoblanadi.
Nomoddiy aktivning eskirish hisoblanadigan qiymat - bu aktivning tugatish qiymati chegirilgandagi tannnarxi yoki tannarx o‘rniga aks ettiriladigan boshqa qiymatidir.3


Tayanch iboralar
Nomoddiy aktiv, foydali xizmat muddati, nomoddiy aktivni tan olish, oldingi hodisalar, iqtisodiy naf, shartnomaviy yoki boshqa yuridik huquqlar, identifikatsiyalanish, nazorat qilish, qiymat, baho, qiymati ishonchli baholanish, ichki yaratilgan nomoddiy aktiv, alohida xarid qilish, aktivlarni ayriboshlash orqali xarid qilish.

Yüklə 30,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin