O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING YURIDIK TEXNIKUMLARIDA TA’LIMNING KREDIT-MODUL TIZIMIDA O‘QUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILISH TARTIBI VA BAHOLASH MEZONLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 2 martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3351] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son
“O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
Farmoni
, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qarori
, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-
oktabrdagi 858-son
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik
texnikumlarida o‘qishni tashkil qilish choralari to‘g‘risida”
gi va 2021-yil 10-
iyundagi 359-son
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim
muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi
qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida
ta’limning kredit-modul tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va
baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizom
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 9-mh-son
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari o‘quvchilarining
bilimini baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrug‘i
(ro‘yxat
raqami 3117, 2019-yil 9-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
09.01.2019-y., 10/19/3117/2445-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.