158
javob beradigan zamonaviy sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish bosqichidan
tortib, yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va aholining sug‘urta tizimiga bo‘lgan
ishonchini oshirishgacha bo‘lgan faoliyat samaradorligini
yuksaltirishni taqozo
qiladi.
Darhaqiqat,
so‘ngi yillarda mamlakat sug‘urta bozorida amalga
oshirilayotgan islohotlarning samarasi natijasida uning barcha jabhalarida
rivojlanish tendensiyalari kuzatilmoqda, shu jumladan qayta sug‘urtalash
yo‘nalishida ham iqtisodiy munosabatlar o‘rnatilgan
talablar doirasida amalga
oshirib kelinmoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston sug‘urta bozorida faqat qayta sug‘urta
sohasida faoliyat yuritadigan kompaniya hanuz tashkil etilmadi, bu esa milliy
bozorda qayta sug‘urtalash amaliyoti qo‘llanilmaydi, degani emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-
sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar to‘g‘risida”
gi Farmoniga asosan, sug‘urta faoliyatini yanada
takomillashtirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini
oshirish,
ularning
hududiy
tarmoqlarini
kengaytirish
va
sug‘urta
kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish,
shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya
qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va
Iqtisodiyot
vazirligining taklifiga binoan, 2018 yilning 1 iyuliga qadar
sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlarini oshirish
belgilandi. Yuqorida qayd etilganidek, sug‘urtalovchilar yuqori riskli ob’ektlarni
sug‘urtalashda qayta sug‘urtadan foydalanish orqali o‘zlarini
moliyaviy jihatdan
himoyalaydi, shundan kelib chiqadiki yuqori risklar natijasida yuzaga keladigan
zararlarni qoplash uchun kompaniyalar etarlicha kapitalga ega bo‘lmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: