152
joylashtiriluvidan tashqari boshqa faoliyatdan ham daromad olishi mumkin
32
.
Bunday daromadning manbalari:
- depo mukofotlar hisobiga o‘tkazilgan foiz summalari;
- regress tartibida olingan summalar;
- asosiy fondlar, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni
sotishdan olingan
foyda;
- ijarachilik faoliyatidan olingan daromadlar;
- sug‘urta zaxiralarining qaytim summalari;
- o‘qitish, maslahat ishlarini olib borish bo‘yicha undirilgan to‘lovlar
hisoblanadi.
Sug‘urtachining sug‘urta xizmatlarini sotuvidan tashqari olgan daromadlari
asosan o‘z filiallariga ish qog‘ozlarini (hisobot blanklari va shu kabilarni)
tayyorlab berish, ularning yangi «mahsulot»ini reklama qilish kabilar
hisobiga
olinadi. Ayrim hollarda ular ijara munosabatlari orqali ham shakllantiriladi.
Sug‘urtachining sotuvdan tashqari daromadlarini hajmi sug‘urta tashkilotining
kattaligiga bog‘liqdir.
Sotuvdan tashqari daromadlarni olish uchun amalga
oshirilgan xarajatlarni
sug‘urta faoliyatiga yoki sug‘urtadan boshqa faoliyatga taalluqli ekanligini
aniqlash murakkab kechadi. SHuningdek, sug‘urta tashkiloti ma’lum bir sug‘urta
turi bo‘yicha sug‘urtalashni amalga oshirmayotgan bo‘lsa-da, uni yo‘lga qo‘yish
yuzasidan xarajatlarni sotuvdan tashqari daromadlari hisobiga bajaradi.
Ma’lumki, sug‘urtada risklar transformatsiyasi jarayonida hamda bosh
tashkilot va filiallar (yakuniy moliyaviy natija
balansi yoki hisob raqamiga
egaligiga ko‘ra) o‘rtasida mas’uliyat taqsimotining mexanizmi turlichadir.
Sug‘urta
faoliyati
–
sug‘urta
hodisasi
yuz
berishi
oqibatida
sug‘urtalanuvchining zararini qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos iqtisodiy
faoliyat turidir. Sug‘urta hodisasi yuz berishi yoki bermasligiga ko‘ra qoplama
to‘lashning ilmiy asoslanganlik (o‘rganilgan, hisoblangan, aniqlangan) me’yorini
belgilash va ko‘rilgan zararni sug‘urta tashkilotining zaxira fondidan to‘lash
maqsadga muvofiqdir.
Sug‘urta hodisasining yillar bo‘yicha yuz berishi ehtimolligi turlichadir.
Ayrim aniq bir yilda bu hodisalarning soni ko‘p bo‘lishi ham mumkin. Aynan shu
yil bo‘yicha sug‘urta tashkilotining faoliyati zarar bilan tugashi mumkin.
Zaxira
fondining mablag‘i etishmasligi holatida sug‘urta tashkilotida qolgan daromad
hisobidan uning har yilgi zaxira fondiga ajratma me’yorini qayta ko‘rib chiqish
zarur. Statistik ma’lumotlarga asoslanib,
qayd etish kerakki, sug‘urtaning ko‘p
turlari bo‘yicha amalga oshirilgan sug‘urta qoplamasi undirilgan mukofotlari
summasiga nisbatan past foizlarni tashkil etadi. SHunga asoslanib, tariflarni
oshirish emas, balki uning tarkibini o‘zgartirish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
Qayta sug‘urtalash shartnomasini tuzishda qayta sug‘urtalovchi (xalqaro
terminda «sedent») qayta sug‘urtalash mukofotining ma’lum
qismini yoki
hammasini deponentga o‘tkazishi nazarda tutilishi mumkin. U shartnoma davri
32
Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993.
153
tugashi hamda sug‘urta hodisasi yuz bermagan taqdirda mazkur mukofotlar
hisobidan olingan depo foizlari bilan birgalikda qayta sug‘urtalovchi hisobiga
o‘tkaziladi. Uning hajmi (foizda) shartnomada qayd etilgan bo‘ladi
33
.
SHunday kafolat berilishi qayta sug‘urtalash mukofotlarini moliyaviy zaxira
sifatida ishlatish imkoniyatini oshiradi.
Fuqarolik qonunchiligiga binoan sug‘urta tashkiloti o‘z mijozi manfaatlarini
himoya qiluvchi vakil sifatida sug‘urta hodisasiga sababchi bo‘lgan aybdor
shaxsga regress da’vo qilish huquqiga ham egadir.
Odatda regress tartibidagi
summa sug‘urtachi o‘z kafilligini bajarib bo‘lganidan keyin undiriladi. Bunday
faoliyat natijasida undirilgan summa sug‘urta tashkilotining sug‘urta ta’minoti
to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun manba hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: