Hozirgi vaqtda asosiy terminlardan bo'lgan hujayra so'zi (grekcha «sytos»
birinchi bor 1665-yilda Robert Guk tomonidan po'kakning
mikroskopik tuzilishini
o'rganish davomida fanga kiritilgan.
Ingliz botanigi S. Geyls o'simliklarda ikki xil oqimning mavjudligini, ya'ni suv
va ozuqa moddalarining pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga qarab oqishini
tasdiqladi. O'simliklarda suvni harakatga keltiruvchi kuch ildiz bosimi va transpiratsiya
ekanligini isbotladi.
Fotosintez haqida dastlab to'g'ri ma'lumotlarni olimlar J. Senebe, J.Bussengo,
Yu.Saks, A.Famintsin, K.Timiryazev, M.Svet va boshqalar keltirganlar. Ular
fotosintezni uglerodli oziqlanish deb qaragan va bu jarayonda yutilgan karbonat
angidrid va ajralib chiqqan kislorod miqdoriy aniqlangan.
O'simliklarning nafas olishi A.Borodin, L.Paster, A.Bax, G.Bertran kabi olimlar
tomonidan o'rganilgan bo'lsa, suv almashinuvi jarayoni G.Dyutroshe, G.De Friz va Yu.
Sakslar tomonidan yaxshi o'rganilgandir. O'simliklarning mineral oziqlanishi jarayoni
Yu.
Libix,
J.Bussengo,
G.Gelrigel,
A.Knop,
S.Vinogradskiy,
M.Beyernik,
D.Prya'nishnikov, moddalarning tashiluvi jarayoni V.Pfeffer, E.Votshal, o'sish va
rivojlanish Yu.Saks, O.Branetskiy, A.Batalin, N.Levakovskiy, G.Fexting, G.Klebs,
moddaarning harakati T.Nayt, Ch.Darvin, Yu.Vizner, V.Rotert, qo'zg'aluvchanlik
B.Sanderson, N.Levakovskiy, o'simliklar chidamliligi fiziologiyasi D.Ivanovskiy,
K.A.Timityazev, G.Molish kabi olimlar tomonidan birinchi bo'lib, o'rganilib
asoslangan.
Rossiyada o'simliklar fiziologiyasi XIX asrning
ikkinchi yarmidan rivojlana
boshladi. Unga A.S. Faminsin (1835-1918) va K.A. Timiryazev (1848-1920) asos
soldilar. A.S. Faminsin (1867) Peterburg universitetida mustaqil o'simliklar
fiziologiyasi kafedrasini tashkil etdi. Uning asosiy ilmiy izlanishlari fotosintez va
o'simliklardagi modda almashinuv jarayonlarini o'rganishga qaratilgan edi.
O'simliklar fiziologiyasi sohasida Moskva maktabining tashkilotchisi
K.A.Timiryazev bo'ldi. U yangi fizik va kimyoviy usullarini qo'llash natijasida
fotosintezning muhim qonuniyatlarini aniqlashga muvaffaq bo'ldi,
xlorofillning
fizikaviy va kimyoviy xossalarini o'rganishga katta hissa qo'shdi. U fotosintezning
yorug'lik miqdoriga, spektral tarkibiga va quyosh yorug'ligining energiyasiga bog'liq
ekanligini tajribalar orqali isbotlab berdi.
O'simliklar ekologik fiziologiyasiga asos solgan olimlardan biri N.A.
Maksimovdir.
O'simliklarning
noqulay
muhit
omillari
ta'siriga,
sovuqqa,
qurg'oqchilikka chidamlilik fiziologiyasi, o'sish va rivojlanish, sun'iy yorug'likda o'sish
kabi jarayonlarning nazariy asoslarini ishlab chiqdi.
XX asrning birinchi yarmidan o'simliklar fiziologiyasi yanada tezroq rivojlandi.
Murakkab fiziologik jarayonlarning biokimyoviy mexanizmlari o'rganila boshlandi.
Jumladan, fotosintez (M.S. Svet, R. Xill, M. Kalvin, R. Emerson, D.A. Arnon, M.D.
Xetch va K.R. Slek va boshqalar) va o'simliklarning nafas olishi (V.A. Palladin, S.P.
Kostichev, G.A. Krebs, G. Kalkar va V.A. Blitser, L. Romberg, P. Matchel va
boshqalar) kabi jarayonlar aniqroq yoritildi.
O'simliklar
fiziologiyasining
rivojlanishida
o'simliklarning
o'sishi
va
riyojlanishi jarayonlarini idora qiluvchi moddalar-fitogormonlarning
ochilishi va
o'rganilishi juda katta yutuq bo'ldi. (N.G. Xolodniy va F. Vent, F. Kegel, M.X.
Shaylaxyan, T. Yabuta, S. Skug, F. Eddikkot va boshqalar).
O'zbekistonda o'simliklar fiziologiyasi fanining rivojlanishini biz 1918-yil
tashkil topgan Turkiston universiteti (hozirgi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston
Milliy universiteti) bilan bog'lab qarashimiz mumkin. Chunki 1920-yilda uning
tarkibida, o'simliklar fiziologiyasi va biokimyosi kafedrasi tashkil etilishidan boshlab
jadal rivojlana boshladi. Ammo o'simliklar fiziologiyasi fani o'tgan asrning ikkinchi
yarmidan, ya'ni ushbu sohada o'zbek olimlari paydo bo'la
boshlaganidan keyin jadal
rivojlana boshladi. 1930-yilda Samarqand Davlat universiteti tashkil etilgandan so'ng,
hozirgi Botanika va o'simliklar fiziologiyasi kafedrasida o'simliklar fiziologiyasi
fanining rivojlanishi yanada jadallashdi. Keyinchalik O'zR FA qoshida O'simliklar
eksperimental biologiyasi (hozirgi Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi)
ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilganidan so'ng o'simliklar fiziologiyasi fani sohasida
juda katta yutuqlarga erishildi.
O'zbekiston Respublikasida fltoflziologiyaning rivojlanishiga ulkan hissa
qo'shgan olimlardan biz A.V. Blagoveshenskiy, N.D. Leonov, V.A. Novikov, A.P.
Ibragimov, M.H. Avazxo'jayev, V. Shardakov, N.A. Todorov, A.A.
Imomaliyev,
A.Q.Qosimov, R.A. Azimov, N.N. Nazirov va boshqalarni ko'rsatib o'tishimiz mumkin.
Ular birinchi navbatda mamlakatimizning asosiy texnik ekini g'o'za hamda boshqa bir
qancha o'simliklarning fiziologik-hayotiy jarayonlarini keng o'rganib, nazariy va amaliy
xulosalar qildilar. Bugungi kunga kelib akademiklar: A.A. Abdukarimov, O.J. Jalilov;
q/x.f. akademiyasining muxbir a'zolari: X.K. Kimsanboyev, S.R.
Rahmonqulov, H.S.
Samiyev; professorlar: M.N. Valixonov, J.X. Xo'jaev, K.S. Safarov, Sh.Y. Yunusxanov,
A.Z. Zikiryayev, A.A. Umarov, R.Q. Shodmonov, R.M. Usmonov, A.A. Axmadjonov
va boshqa olimlar o'simliklar fiziologiyasi fani sohasida keng ko'lamda ilmiy izlanishlar
olib bormoqdalar. Hozirgi vaqtda respublikamizning bir qator universitetlarida
o'simliklar fiziologiyasi yoki unga turdosh kafedralar mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: