1-Mavzu: O’simliklar fiziologiyasi faninig predmeti, metodi, maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi. Reja



Yüklə 219,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix23.11.2022
ölçüsü219,84 Kb.
#70116
1   2   3   4   5
1-Mavzu O’simliklar fiziologiyasi faninig predmeti, metodi, maq

Birinchidan, yashil o'simliklar energiya manbai sifatida yorug'hkning 
elektromagnit energiyasidan foydalanib, ularni organik moddalar tarkibidagi erkin 
kimyoviy energiyaga aylantirish qobiliyatiga ega (fotosintez). Shuning bilan birgalikda, 


o'simliklar tashqi muhitdan bir qancha anorganik moddalarni o'zlashtirib, ularni 
hujayradagi moddalar almashinuvi jarayonida energiya bilan boyitadi va organik modda 
ko'rinishida yer sharidagi barcha tirik mavjudotlar uchun moddiy va energetik asosni 
yaratadi. 
Ikkinchidan, yashil o'simliklar nisbatan yuqori rivojlangan foto assimilatsion 
yuzaga hamda yer ostki va ustki organlarining yuqori darajada shoxlanish qobiliyatiga 
ega. Bu hoi o'z navbatida o'simliklarning ildiz orqali tuproqdan suv va unda erigan 
moddalarning o'zlashtirilishiga, barglar orqali esa atmosfera havosidan oziqlanish 
doirasining kengayishiga olib kelgan. 
Uchinchidan, qishloq xo'jaligida o'simliklarning yangidan-yangi navlarini 
yaratishda, ekinlarning turli noqulay muhit omillariga nisbatan chidamliligini oshirish 
va ularning hosildorligini ko'paytirishda, hosil sifatini yaxshilash va ularni saqlashda 
mazkur fanning ahamiyati yildan- yilga ortib bormoqda. 
O'simliklar fiziologiyasida asosan oltita yo'nalish mavjuddir, ya'ni: 

biokimyoviy yo'nalish-fotosintez va nafas olish jarayonida hosil bo'ladigan-
turli xildagi moddalarning funksional ahamiyatini o'rganadi. Shu bilan birga 
o'simliklarni tuproqdan oziqlanish qonuniyatlarini va turli xildagi anorganik 
moddalardan organik moddalarni sintezlanish qonuniyatlarini ochib beradi. 

biofizik 
yo'nalish-bu 
hujayra 
energetikasi 
masalalarini, 
o'simlik 
elektrofiziologiyasini suv rejimining fizik-kimyoviy qonuniyatlarini, o'sish, qo'zg'alish 
hamda nafas olish va fotosintez masalalarini o'rganadi. 

ontogenetik 
yo'nalish-bu 
o'simliklarning 
yoshiga 
qarab 
rivojlanish 
qonuniyatlarini, 
morfogenez 
hamda 
o'simliklar 
rivojlanishining 
boshqarish 
qonuniyatlarini o'rganadi. 

tadrijiy yoki solishtirma yo'nalish-bu filogenezning xususiyatlarini belgilab 
beradi. U ontogenezga genotip funksiyasi sifatida qaraydi. Bu belgilar filogenezda 
kuzatiigan bo'ladi. 

ekologik yo'nalish-bu o'simlik organizmini ichki jarayonlarini tashqi muhitga 
bog'liqligini o'rganadi. Masalan,: mineral o'g'itlarni qo'llash, yorug'lik va suv rejimini 
.yaxshilash, ekin maydonlarida o'simliklarni taqsimlash va boshqalar. Natijada, 


o'simliklarda moy, qand, oqsil moddalarini oshirish bilan tashqi muhitning noqulay 
ta'sirlarga chidamliligini oshiradi. 

sintetik 
yoki 
kibernetik 
yo'nalish-o'simliklar 
o'sishining 
umumiy 
qonuniyatlarini hamda bir-biriga bog'liq bo'lgan hujayra energetikasini va 
kibernetikasini o'rganadi. Masalan, oziq organlarning hosil bo'lishi. 
O'simliklar fiziologiyasidagi ushbu yo'nalashlarining barchasi o'zaro bir-biriga 
bog'liq bo'lib, bir xil miqyosli ahamiyatga ega. 
Hozirgi vaqtda o'simliklar fiziologiyasi fani oldida turgan vazifalarni 
umumlashtirib quyidagicha izohlash mumkin. 
1. 
O'simliklar hayot faoliyati qonuniyatlarini o'rganish. 
2. 
Qishloq xo'jaligi o'simliklaridan eng yuqori hosil olishning nazariy asoslarini 
ishlab chiqish. 
3. 
Sun'iy sharoitda fotosintez jarayonini amalga oshirish imkonini beruvchi 
moslamalarni yaratish. 

Yüklə 219,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin