1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə1/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
она тилидан қулланма


1-MAVZU: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. SO‘ZNING GRAMMATIK STRUKTURASI.
Reja:
  1. Morfema va uning turlari.


  2. Affiksal morfemalarning turlari


  3. Affiksal morfemalarning tuzilishiga ko‘ra turlari


  4. O‘zak va affiksal morfemalar munosabati


5. So‘zning forma yasalish (morfologik) strukturasi.


6. So‘zning yasalish va morfem strukturasi.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 1. Morfema. 2. Morf. 3. O‘zak (asosiy) morfema. 4. Affiksal (ergash) morfema. 5. Morfema - invariant birlik. 6. Morf – nutq birligi. 7. Allamorf. 8. Kategorial forma yasovchi affiks morfemalar. 9. Nokategorial forma yasovchi affiks morfemalar. 10. Affiksal polisemiya. 11. Affiksal omonimiya. 12. Affiksal sinonimiya. 13. Affiksal antonimiya. 14. So‘zning umumiy strukturasi (SUS). 15. So‘zning grammatik strukturasi (SGS). 16. So‘zning yasalish strukturasi (SYS). 17. So‘zning morfem strukturasi (SMS). 18. So‘zning forma yasalish strukturasi (SFYS). 19. So‘z yasalish asosi (SYA). 20. So‘z yasovchi vosita (SYV). 21. O‘zak va affiksal morfema.
Morfema va uning chegarasi.

1-savol bayoni:
Morfemika – tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, u so‘zning ma’noli qismlari haqida ta’limot beradi. So‘zning ma’noli qismlari morfema deb yuritiladi. Masalan, temirchilik so‘zi temir-chi-lik kabi morfemalardan, paxtakorlarning so‘zi esa paxta-kor-lar-ning morfemalaridan tuzilgan.
Bu so‘zlardagi har bir morfema shu so‘zlar to‘qimasida o‘ziga xos maxsus ma’no va vazifa bilan qatnashmoqda. Misollardagi morfemalar yana bo‘linadigan bo‘lsa, ularning ma’nosi yo‘qoladi. Demak, morfema so‘zning bo‘linmas, eng kichik ma’noli qismidir.
So‘z tarkibidagi eng kichik ma’noli ana shu qism – morfema tilshunoslikda turli qirralariga ko‘ra tavsiflanadi.
Avvalo, morfema til birligi sifatida invariant xususiyatga ega: ya’ni morfema morflardan tarkib topgan bo‘ladi. Morflar morfemaning semantik tarkibiga ko‘ra ham, semantik-fonetik shakliga ko‘ra ham tarmoqlanishi mumkin. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida ko‘plikning (otlarda) ko‘rsatkichi -lar affiksi bo‘lib, u morfema sifatida invariant (til) birlikka teng keladi. Uning nutqdagi dadamlar (hurmat ma’nosi), soat o‘nlar (noaniqlik), boshlarim (ma’noni kuchaytiruv), suvlar, unlar, yog‘lar (tur), professorlar (kesatiq) kabi ko‘plab modal ottenkalarni ifodalash uchun qo‘llangan holati "sema"ga, ya’ni morflarga teng shaklidir. Shuningdek, -lar morfemasi nutqda -ar (bizar) -la (adamla), -a (biza); -nar (odamnar) kabi shakllarda qo‘llanadiki, bu shakllar allamorflar deb yuritiladi.
Morfemika – tilning morfema – morflar tarkibi haqida ta’lim berishdan tashqari, morfemaning ma’no ifodalash zanjiridagi xususiyati: o‘zak yoki affiksal morfemaligi (lug‘aviy ma’no yoki grammatik ma’no tashishi), affiksal morfemalarning vazifasiga ko‘ra turlari: so‘z yasovchi yoki forma yasovchi affiksal morfemalarga bo‘linishi, shuningdek so‘zning morfem strukturasida bo‘ladigan ayrim o‘zgarishlar haqida ta’limot beruvchi soha hamdir.
Shuni ham aytish o‘rinliki, so‘zda ana shunday minimal ma’noli qismlar bo‘lishi va ular morfema deb atalishi haqidagi ilk ta’limotni tilshunoslik faniga qozon tilshunoslik maktabining asoschisi Boduen de Kurtene olib kirdi.
So‘zning tarkibini grammatik tahlil qilganimizda, unda ma’no anglatadigan qismlari borligini va bu qismlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘langanini sezamiz. Jumladan, o‘zak morfema ham, so‘z ham leksik ma’no anglatadi. Lekin ularni bir narsa deb hisoblab bo‘lmaydi, ya’ni morfema va so‘z bir hodisa emas.
Ular orasida quyidagicha farqlar mavjud:
1. So‘z morfemalarga bo‘linadi.
2. So‘z nutqda boshqa so‘zlar bilan munosabatga kirishadi.
3. So‘z gap bo‘lagi bo‘lib keladi.
4. Morfema nutqda mustaqil qo‘llanmaydi.
5. Morfema so‘z ichidagina mavjud bo‘ladi.
6. Morfema ma’noli qismlarga bo‘linmaydi. So‘z birgina morfemadan iborat bo‘lishi mumkin: tosh, bosh, qosh, ish kabi. Bir morfemali bunday so‘zlar faqat o‘zakdangina iborat bo‘ladi va ular tub so‘zlar sanaladi. Yasama so‘zlar esa ikki va undan ortiq morfemali bo‘ladi.
So‘zning forma yasalishi strukturasida shartli va erkin o‘zak tushunchasi haqida gapirilganda, bu hodisaning asosan o‘zlashma so‘zlarga xosligi e’tiborga olinadi. Nutqda faqat (har doim) affikslar bilan ishlatiladigan o‘zaklar bog‘li (shartli): fash-izm, ate-ist kabi va affiksal morfemalarsiz, o‘zlari mustaqil ishlatiladigan mashina, vagon kabilar erkin o‘zaklar deb qaraladi. Chunki vagon-soz, vagon-chi, vagon-li; mashina-li, mashina-soz kabi qo‘llana oladi.
So‘zlarning morfem tahlilida tarixiylik va hozirgi holat masalasi aniq chegaralanishi zarurligi yuqorida aytilgan edi. Chunki qismlarga ajraladigan so‘zlar davrlar o‘tishi bilan ajratilmaydigan holga kelib qoladi va bu hodisa tilshunoslikda soddalashish (oproshenie) deyiladi. M: ichak (ich-ak, kichraytish), yurak (yur-ak, ot yasovchi), bo‘yin (bo‘y-in, kichraytish), bugun, sakson, to‘qson, intizor kabi.
So‘zning morfematik tarkibida o‘zgarish sodir etuvchi ikkinchi xil ko‘rinish qayta bo‘linishdir. Qayta bo‘linishda ilgari bir xil bo‘linishga ega bo‘lgan so‘z keyinchalik yoki hozir boshqacharoq bo‘linish shakliga ega bo‘ladi: ular – ul-ar - u-lar, bitik – biti-k - bit-ik kabi.


Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin